Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix25.08.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#140425
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari

 
 
 
 
 
3-chizma. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab 
chiqarish omillarining roli. 
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham 
ikki tomoni borligini ko‘rsatadi. 
 
Yaratilgan tovar va xizmatlar 
Naflilikni yaratishda
qatnashadi 
Qiymatning tashkil topishida 
qatnashadi 
Yer 
Kapital 
Ishchi kuchi 
Mеhnat 
Aniq mеhnat bilan 
o’tkazilgan ishlab 
chiqarish vositalari 
qiymati
Abstrakt mеhnat 
bilan yaratilgan 
yangi qiymat 


31 
 Ishlab chiqarishning natijalari 
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p 
turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan milliy mahsulot vujudga 
keladi. Shu yaratilgan jami tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil 
davomidagi yig‘idisi mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi 
bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol 
qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni 
moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta yaratilgan 
mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda 
mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun mulk 
egalari va tadbirkorlarning shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan mahsulot tarkibida 
zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy 
mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, 
ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari 
juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko‘rsatish bilan 
shug‘ullanadiki, ular mehnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa 
milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini 
ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot 
natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va 
turli xil xizmatlardan iborat buladi. 
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni 
bunday uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy 
ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo‘yicha talab va takliflar 
o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi.
Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat jihatdan 
ham hisobga olinadi va uning qiymat tarkibi tahlil qilinadi. 
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni: 
1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin