Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va qondirish usullari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix25.08.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#140425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari

Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va qondirish usullari
Iqtisodiyot asoslarini, uning amal qilish qoida va tamoyillarini o‘rganish, 
iqtisodiy muammolarni hal etish eng avvalo ehtiyoj tushunchasi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Chunki, birinchidan, inson hayotiga turli ehtiyojlarning paydo bo‘lishi 
va qondirilishi jarayoni sifatida qarash mumkin. Ikkinchidan esa, iqtisodiyotning 
doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning 
cheklanganligi orqali namoyon bo‘ladi. 
Ehtiyojlar turli-tuman bo‘lib, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, 
siyosiy va boshqa turdagi ehtiyojlarga ajratish mumkin. Ular orasida kishilarning 
yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy 
ne’matlardan hamda xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar 
alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlarning asosiy jihati – ularni qondirish uchun 
iqtisodiy faoliyat yoki ijtimoiy ishlab chiqarishning taqozo etilishidir. O‘z navbatida 
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. 
Moddiy 
ehtiyojlar
– bu kishilarning o‘z hayotiy faoliyatlarini ta’minlashda 
qo‘llaniluvchi moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar va xizmatlarga bo‘lgan 
zaruratdir.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari 
ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini 
amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va 
ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining 
umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llari, maktablar, 
kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi. 
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, 
bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega 
bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z 
ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning 
tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog‘liq. Shunday buyum va 



xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim 
olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport 
o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular 
jumlasidandir. 
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin