Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi iqtisodiy qonunda



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix25.08.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#140425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari

ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi iqtisodiy qonunda
o‘z ifodasini topadi
. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib 
borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga 
yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab 
chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks 
ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi 
yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan 
ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. 
Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro 
xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, kompyuter bir mamlakatda paydo bo‘lib, tez 
orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani 
sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, 
baynalminal belgilari rivoj topib boradi. 

Iqtisodiy resurslar
deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, 
oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, 
xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol 
jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va 
manbalar tushuniladi.
Tabiiy resurslar (er, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari), ishchi 
kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar
inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari 



va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish 
omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, 
tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, 
tovar va pul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma 
odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni 
darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto 
eng ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga 
duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni ham cheklab qo‘yadi. Buning natijasida har bir 
korxona, mamlakat o‘z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli 
bo‘lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni 
birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan 
dastlabki paytda respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft 
qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratishga 
majbur bo‘ldi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta 
zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, 
investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga 
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag‘ sarflash kuchaytirilgan sharoitda 
boshqa sohalarga ajratiladigan mablag‘larni obyektiv ravishda nisbatan 
kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni 
qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab 
qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi 
texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar 
va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini 
oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini 
bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar 
manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, yerning chuqur 



qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va 
chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va 
h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi 
o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin