30
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish
korxona va
boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan
xattiharakati, xulqi tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati,
faoliyat qilishi va
natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq band
qilish, inflyasiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni
ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishish muammolari bu
tahlil obyektdir.
Qisqacha aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda
milliy xo‘jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ,
xususiy) va jahon xo‘jaligi o‘rganiladi.
Sintez - bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri
asosida umumiy
xulosalar chiqarishdir.
Dostları ilə paylaş: