21
ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu tushunchalar iqtisodiy tizim ichida sodir
bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir. Yaxshi nazariyalar o’z navbatida
kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam beradi.
Ular haridor va ishlab
chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi.
Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni
Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni
ehtiyojni qondirish
hisoblanadi.
Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning
rivojlanishi uchun kerak
bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb
ataladi.
Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat
ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu
barcha turlari uchun umumiy
bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning
ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari
(iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy- iqtisodiy
ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: