1
ANGREN UNIVERSITETI
“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu:
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish
mexanizmi
.
Bajardi:Iqtisodiyot
fakulteti,
I-109 guruhi talabasi
Irkabayeva L.
Tekshirdi: Yusupov U.
ANGREN – 2023
Kurs ishi taqrizga topshirilgan
sana
“____” _______2023 y.
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan
sana
“____” _______2023 y.
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2023 y.
Baho “_____” _________
___________
(imzo)
___________
(imzo)
Komissiya aʼzolari:
__________________
_________________
2
Mavzu : Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish
mexanizmi
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………..…...3
I
bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib
chiqishi va vazifalari
LLIqtisodiyot va uning bosh masalasi……………………………………………..5
1.2.
Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi……………………….13
II
bob. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy
ma’lumotlar………………………………………………………………………19
2.1.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyoj qonuni……...19
2.2.
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari …………29
Xulosa...…………………………………………………………………………..33
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………….35
3
Kirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning
chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni
taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi
sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash
jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli,
mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini
erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada
davlatimizning birinchi
rahbari I.Karimovning quyidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir: “Izchillik bilan amalga
oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona
soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga
xizmat qilmoqda. Xususan, 2011
yilda soliq yuki, 1991 yil bilan solishtirganda,
yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib,
41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. 2011 yilda mikrofirma va
kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga
kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining
kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo’shab qolgan qariyb 80
milliard 300 million so’m mablag’ni birinchi
navbatda ishlab chiqarishni
texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo’naltirish
imkoni paydo bo’ldi”.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning
eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy qonun aloqalar ko’p asrlik
tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u
axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab
chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Iqtisodiy
qonunlar unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi
barcha mamlakatlar
manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z
manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy qonunni boshqarishi zarur.
Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekistonning iqtisodiy qonun
va kategoriyalarini va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat.
Kurs ishining predmeti: O’zbekistonning iqtisodiy qonun va
kategoriyalarini kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2ta bob xulosa hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
4
I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari l.l.Iqtisodiyot va
uning bosh masalasi.
Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning
tub mohiyatini
to’g’ri tushunish ko’’ jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy
bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob insoniyat
jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan
vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot
nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning
umumiy bayoni
qisqacha beriladi. Bu erda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi
fanining ‘redmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o’rnini ko’rsatib
berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish
mexanizmini yoritib berishga alohida o’rin beriladi.
Bu bobda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib
berishga alohida e’tibor qaratiladi.