Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning turlari va amal qilish mexanizmi.
I-bob.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo,
iqtisodiyotning o’zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob
berish lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’’ qirrali va
g’oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq,
davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining
borgan sari ko’’ayib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga
keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab
ko’rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at,
adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug’ullanishlari uchun hayotiy
ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir
kishi, o’zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari
- kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi
ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan ‘ul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga to’ish kerak
degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni echish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli
yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari
ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol to’ishini ta’minlaydigani
moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat
bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli tuman bo’lganligi uchun
iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko’’dir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi,
kamol to’ishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va
iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal
qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan,