11
hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlari (masalan, nodir
metallar, foydali qazilmalar va
h.k.)ga ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur
monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishi sababli raqobatni
rivojlantirib bo‘lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham
kiritiladi.
Tabiiy monopoliya - korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Bunday samaradorlik
ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi
xarajatlarning sezilarli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan
birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar
iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi. 2017-yil
boshida har biri 10 turdagi mahsulotni ishlab chiqaradigan 151 tabiiy monopoliya
subyektlari mavjud.
5 3
Legal (qonuniy) monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi
monopolistik holat.
Ular tarkibiga raqobatdan himoya
qiluvchi quyidagi
monopoliya shakllarini kiritish mumkin:
1) patent tizimi
- bu ixtirochi va mualliflar
tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali
modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga
mutlaq huquqni taqdim
etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;
2) mualliflik huquqi
- ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari,
ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilami yaratish va
ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum vaqtga
yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga
ruxsat berish imkonini
ta’minlaydi;
Dostları ilə paylaş: