10
biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining
alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab
chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati
hisoblanadi.
Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari,
mineral ichimliklari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish
mumkin.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati
hisoblanadi.
Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan
Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da)
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni
juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste'molchisi yoki
xaridor mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakka hukmronlik holati
hisoblanadi.
Misol tariqasida dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan
yetishtirilayotgan paxta tolasi va
ularni shartnoma asosida
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibida paxta xomashyosini qabul
qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha “O’zpaxtasanoat”
aksiyadorlik
jamiyati va uning hududiy filiallariga sotishini keltirishimiz mumkin. Bunda paxta
yetishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular tomonidan yetishtirilgan paxta xom-
ashyosini faqatgina “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi.
Dostları ilə paylaş: