21
edi.
Lekin bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan shart-sharoitlar va talablar
o‘zgarib bu qonunlar asta sekinlik bilan o‘z kuchini yo‘qota boshladi. Shuning
uchun 2012 yil 6 yanvarda yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilinib, oldingi «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonuni
(1992 yil, avgust) hamda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va
raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni (1996 yil 27 dekabr) o‘z kuchini yo‘qotgan deb
hisoblandi. Qabul qilingan yangi qonun hamda keyingi yillarda mamlakatimiz
Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar asosida tarmoqlarda
monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o‘rnida mustaqil korxonalar
vujudga keltirildi, bu esa raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib
keldi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon
bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash ham dolzarb vazifa hisoblanadi.
Shu sababli ham mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning
raqobatbardoshligini ta’minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirib
borish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: