4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.
Monopolistlar
iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan
korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z ishchilarining mehnatiga
pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta
darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z
mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‘zlarining
kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin. Bundan ko‘rinadiki,
monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatishi,
taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda
15
deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan
tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu
monopoliyaga qarshi siyosat
deb
ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini
monopoliyaga qarshi
qonunchilik
tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo‘ladi.
Odatda AQSH dagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan
ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta
qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni
(1890-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish,
narxlar bo‘yicha kelishuvlarni ta‘qiqlaydi.
2. Kleyton qonuni
(1914-yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish
sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko'rinishdagi
birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni
ta‘qiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni
(1936-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar
va boshqalarni ta‘qiqlaydi.
1950-yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy
birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlami sotib olish orqali
birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal
ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi
vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
|