Banklar, bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo‘lganligini aniqlash ancha
qiyinchilik tug‘diradi. Gap shundaki, hozirgi davrda banklar faoliyati
xususiyatidan kelib chiqib turlicha bo‘lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal
moliyaviy tashkilotlarni o‘zida namoyon qiladi. Masalan, birinchi darajali toifaga
kiruvchi chet el banklari o‘z mijozlariga 300 dan ortiq turli xil xizmatlarni
ko‘rsatadilar. Bu operatsiyalarning va xizmatlarning barchasi bir vaqt va bir joyda
paydo bo‘lmaganligi sababli ham bank ishining “boshlang‘ich” nuqtasini aniqlash
aniq tadqiqotlar olib borishni va ular asosida ma’lum bir fikrlarni
mujassamlashtirishni talab qiladi. Banklarning paydo bo‘lishi tarixi bo‘yicha ba’zi
bir fikrlar to‘g‘risida siz tushunchaga egasiz.
Banklar faoliyatining eng “qadimgi” operatsiyalari bo‘lib, pullarni saqlab
berish bo‘yicha operatsiyalar hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham
omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan
ma’lum obro‘ga va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Evropa mamlakatlarida
cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari
(masalan, Delfiya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida o‘ziga xos bank
muassasalari bo‘lib xizmat qilgan. Yillar o‘tishi bilan o‘sha qadimgi davrlardan
boshlab, ayrim hollarda qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan.
Banklarning kelib chiqishiga bag‘ishlangan mavjud adabiyotlarning tahlili shuni
ko‘rsatadiki, banklarning paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich zamini
birinchidan, pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan, pul mablag‘larini
almashtirib berishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Pul ayrboshlash bo‘yicha ehtiyoj alohida paydo bo‘lgan. Bunda Evropani
yorqin misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘rta asrlarda tangalarning yagona tizimi
mavjud bo‘lmagan. Savdo turli mamlakatlar, shaharlar, hatto alohida shaxslarning
tangalari orqali olib borilgan. Barcha tangalar turli vazn, shakl va nominalga ega
edilar. SHuning uchun tangalar bilan shug‘ullanuvchi va ayirboshlashni olib bora
oladigan mutaxassislar o‘z ayirboshlash stollari bilan qizg‘in savdo ketayotgan
joylarga joylashishgan. SHu bois, “bank” so‘zi italyancha “banco” -
ayirboshlovchining oldidagi stol degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan.
Bunga o‘xshash operatsiyalar bundan ancha avvalgi davrlarda qadimgi Gretsiya,
Rim, SHarqda amalga oshirilar edi.
Pulni saqlash va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi
shaxslar yig‘ilgan boyliklar - pullar samarasiz, harakatsiz yotganini tushunishar va
agar mavjud mablag‘larning hech bo‘lmaganda bir qismini bo‘lsa ham vaqtinchalik
foydalanishga berilsa, sezilarli foyda olish mumkinligini bilishar edi. SHunday
qilib, garov asosida pullarni ma’lum muddatga qaytarish va foiz to‘lash shartlari
bilan berishayotgan ssuda (kredit) operatsiyalari paydo bo‘lgan. Bunda garov
sifatida uylar, kemalar, qimmatbaho buyumlar, chorva mollari, qullar qabul
qilingan.
Bir bank, aniqrog‘i pulni saqlab beruvchi xizmatlaridan bir-biri bilan o‘zaro
hisob-kitoblar bilan bog‘langan bir necha shaxslar foydalanish mumkin bo‘lgani
uchun, asta-sekin mijozlarga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish operatsiyalariga
ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. Dastavval ular quyidagicha amalga oshirilar edi. Har
bir omonatchi pulni saqlab beruvchida uning ismi yozilgan jadval shaklidagi o‘z
hisob varaqasiga ega bo‘lgan. Bu jadvalda pullarning harakati (kirim yoki chiqim)
aks ettirilar edi. Butun operatsiyani pulni saqlab beruvchi-bankir omonatchining
og‘zaki yoki yozma buyrug‘i bilan amalga oshirar edi. Bunda mos o‘zgarishlar
o‘zaro hisob- kitoblarda ishtirok etuvchi shaxslar jadvallariga kiritilar edi. Bu eng
sodda xizmatlar naqd pulsiz hisob-kitoblarning dastlabki shakllarini tashkil qilgan.
Barcha yuqoridagi operatsiyalar dastlab alohida mavjud bo‘lgan va
keyinchalik ular biz bank deb nomlashga odatlangan bir xil tashkilotlar
chegaralarida birlashganlar. G‘arbiy Evropada oddiy ayirboshlash idoralaridan
bank uylariga o‘tish jarayoni XVI-XVII asrlarda ro‘y berdi.
Ko‘pchilik iqtisodchilar bank mohiyatini ssuda (kredit) operatsiyalarida
ko‘rishga moyildirlar.
SHuni hisobga olish kerakki, har bir davlatda bank faoliyatining qonuniy
tariflarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. SHunday qilib, bank ishining asrlik
an’analariga ega Angliyada 1979 yilda banklar to‘g‘risida yangi qonun qabul
qilindi. Unda “bank” atamasining ta’rifiga alohida e’tibor berilgan. Britaniyalik
qonun chiqaruvchilar bank ta’rifini ancha soddalashtirganlar, ya’ni ular bank
deganda Angliya Davlat Banki bank deb tan olgan har qanday kompaniya
tushunilishi mumkinligini qayd etganlar. To‘g‘ri, o‘z navbatida Angliya Banki
Jahon tajribasi nuqtai nazaridan umum tan olingan bank xususiyatlariga ega
bo‘lgan mezonlarni o‘rnatgan. Xususan, bank maqomiga da’vo qiluvchi
kompaniya omonatlar qabul qilayotgani, kreditlar berayotgani, eksport-import
moliya operatsiyalarini amalga oshirayotganligi, valyuta ayirboshlayotganligi,
investitsion xizmat ko‘rsatayotganligi va moliya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
maslahatlar berayotganligini isbot qilishlari ham kerak.
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-pul
munosabatlarining o‘sib, takomillashib borishi banklarning operatsiyalari va
ko‘rsatadigan xizmatlari ko‘lamining kengayib borishiga, jamiyat a’zolarining
pulga bo‘lgan talabining oshib borishiga olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik
shaxslarning manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va jamiyat a’zolarining
pul mablag‘lariga bo‘lgan talablarini qondirgan holda davlatning iqtisodiy jihatdan
o‘sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida banklar o‘rtasida bajariladigan
funksiya va operatsiyalar ko‘lami taqsimlana borgan, ya’ni davlat nomidan, davlat
manfaatlarini himoya qilgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi banklar va alohida jamiyat
a’zolari bilan ishlovchi banklar yoki yuqoridagi ikki yo‘nalishni ham o‘zida
mujassamlashtirgan banklar (oxirigisiga Sobiq Sovetlar davridagi Davlat bankini
kiritish mumkin) shakllana borgan.
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo‘lib ikki pog‘onali
bank tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari tarmog‘ini
o‘z ichiga oladi.
Markaziy Bank banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari
faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko‘pchilik moliya
institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga
kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan
holda moliyaviy sarosima paydo bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal
qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini
ikkinchi pog‘ona - tijorat banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank
majburiyatiga tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi.
Markaziy bank tijorat banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga
qobiliyatliligi va likvidliligini ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar
manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi
yordamida amalga oshirilib tijorat banklari pog‘onasiga etkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi pul massasi
ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyasiya, ishsizlikning past darajasini
ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bunda
Markaziy bank emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini
chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi.
Markaziy bank yana tijorat banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib
borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi - bu xalq xo‘jaligi va aholiga xizmat
ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in bo‘lgan mustaqil tijorat banklarning tarmog‘idir. Ular
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit
operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa turli bank
xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, SHvetsiyada Davlat banki 40ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat
qiladi, xolos, AQSH da 13 mingga yaqin tijorat banklari mavjud, SHveysariyada
esa har 10 ming aholiga bittadan moliya muassasasi to‘g‘ri keladi. Rossiyada 1995
yil boshiga kelib, Rossiya Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga
oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan 2486 ta tijorat banki qayd qilingan.
Bank tizimining rivojlanish tarixiga chuqur urg‘u bermasdan, O‘zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tashkil qilingan va takomillashib
borayotgan bank tizimi to‘g‘risida to‘xtalsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
1991 yilning 1 sentyabrida Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun
dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning
respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. SHuning uchun ham respublikamizdagi
bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati
tug‘ildi.
Mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekiston bank muassasalari Sobiq Ittifoq
bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. SHu bilan birga bu banklar Sobiq Ittifoq
bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi
banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR qurilish banki va SSSR Tashqi savdo bankini
va Davlat Mehnat omonat-jamg‘arma kassalarini o‘z ichiga olardi. Sobiq Ittifoq
bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida emissiya
instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish, xo‘jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha
xizmat ko‘rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya funksiyalarini, ham hisob-
kitoblar va kreditlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga
monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va nazorat organiga aylantirgan edi.
Ma’muriy
buyruqbozlik
davrida
kredit
munosabatlari iqtisodiyotni
boshqarishda shaklan yuzaki xarakterga ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari
harakatini ham boshqarish, ham nazorat qilish davlat bankining monopol ta’siri
ostida edi. Bular o‘z navbatida Sobiq Ittifoq bank tizimining tor doirada
rivojlanishiga olib keldi. Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat
ko‘rsatgan respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini boshqarar, lekin
uni boshqaruvchiligini nazorat qilish Sobiq Ittifoq Davlat banki qo‘lida edi.
Iqtisodiyotni
boshqarishning
markazlashtirilgan
usulidan
voz
kechish
va
bozor
iqtisodiyoti
tomon
dastlabki
qadamlar
qo‘yilishi
bilanoq
markazlashtirilgan
bank
tizimining
qator
kamchiliklari
ro‘yobga chiqdi. Bu esa, bank tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab
etardi
.
Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda bank
tizimining tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish, banklarning rolini oshirish, iqtisodiy
tizimning rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy
dastaklarga aylantirish ko‘zda tutilgandi.
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi davlat bankining yangi
tuzilmasini tashkil etish bilan boshlandi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
- ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va
bevosita xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini moliyalashga
o‘tkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan kredit
munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‘zining
kredit tizimidagi markaziy o‘rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga
kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funksiyasini maxsus
ixtisoslashgan banklarga topshirdi. YA’ni bankning emission faoliyatini kreditlash
faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek qo‘yiladi. Davlat banki ixtisoslashgan
banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul- kredit siyosatini
olib boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida
vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: Sanoat qurilish banki, Kommunal
kurilish va Sotsial taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki,
Jamg‘arma banki tashkil qilinib xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi aloqalar tobora
yaqinlashdi, Ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik
rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga
erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to‘liq
ifoda qilolmasdi, shuning uchun ham bank tizimini yanada takomillashtirish ob’ektiv
zaruriyatga aylandi.
1988
yildan
boshlab,
ikki
bosqichli
bank
tizimi
tashkil
etila
boshlandi.
Lekin
bu
davrda,
markazlashtirilgan
rejalashda
Markaziy
bankning
roli
hali
ham
yuqori,
sohalarning deyarli hamma qismi davlat tasarrufida edi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real asos
1991
yil
15
fevralda
“Banklar
va
bank
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida yuzaga keldi. Bu qonunga asosan davlat boshqaruv
organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak edi. U faqat
Respublika Oliy majlisiga hisobot beradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish, asosan,
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini tanlaganligi
bois, 1-bosqichdagi pul - kredit siyosati sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan
iborat qilib qo‘yildi:
-
Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy
banklarni o‘zida mujassamlashtirgan ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish,
respublika hududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va vakolatxonalarini ochish
uchun qulay sharoit yaratish;
-barqaror pul muomalasini ta’minlash;
-kredit va naqd pul massasining asossiz o‘sishini keskin cheklash;
-O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar, hamda imkoniyatlarini yaratish va boshqalar.
SHunday qilib, O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi
bosqichi
,
milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki
pog‘onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini
yaratish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» Qonuni
asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga o‘tish davri
vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari shakllanishini huquqiy asoslarini
belgilab berdi.
Ushbu qonunga muvofiq, Sobiq SSSR Davlat bankining respublika
muassasasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga
respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga
keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Xalq xo‘jaligining turli
sohalarini kreditlash va ularni investitsiyalash funksiyalari yangidan tashkil
qilingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga berildi.
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning
Dostları ilə paylaş: |