1.2 Respublika iqtisodiyotining jahon bozoriga kirib borishining ustuvor
yo‘nalishlari.
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi rivojining
muhim
tamoyili
milliy
xo’jaliklarning
baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo’jaligi va
avvalo
jahon
bozorining
shakllanishi
va
rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti
uchun ijobiy bo’lgan jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki
qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo’linganligi qarshi ta’sir ko’rsatib keldi.
Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos
ravishda O’zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi
aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi.
O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama
aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va
siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu
mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat
taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan
aniqlanadi.
Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy
rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shunga ko’ra ushbu
bobda jahon xo’jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning
15
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi
aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos
xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro
bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi.
Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi:
Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda
vujudga kelib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida
paydo bo’lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning
rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro
savdoning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kelib, yirik
mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko’proq
foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy
qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori
paydo bo’ldi. Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon
xo’jaligi tizimi shakllandi.
To’rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab
mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida
zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tendentsiyalarini
paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bu tendentsiyalar quyidagilardan iborat:
-
iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;
-
ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
-
jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;
-
jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.
«Jahon xo’jaligi», «butunjahon xo’jaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari
bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari
farqlanadi. Keng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy
16
iqtisodiyotlarning yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning
faqat tashqi dunyo bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu
ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha
mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan
tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab
chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan
turli mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir.
Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar;
- transmilliy korporatsiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi
firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan
farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy
siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib
jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan
xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona
baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy
hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi.
Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib
boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va
alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy
17
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar
manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya
sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan
bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.Dunyo bir-biridan maqsadlari,
amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar,
xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har
xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi
ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini
bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va
mezonlardan foydalaniladi:
- mutlaq va nisbiy YaIM;
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar
mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi
daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv
BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB)
tomonidan qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning
uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy
daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat);
- daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta
mamlakat);
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta
mamlakat).
18
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib
xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini
ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar.
Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past,
o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin
Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport
qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam
rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar
(CHad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal
guruhlarga ajratiladi.Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy
bog’liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining
chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika
inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining
butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali
samarali amal qilishi mumkin emas.
|