Kurs
ishining
obyekti:
Davlatimizni
jahon
bozor
olib
chiquvchi
tamoyillar va usullar
Kurs ishining predmeti
: Iqtisodiyotimizni jahon bozoridagi o’rni va uning
ahamiyati.
Kurs ishining maqsadi:
Oʻzbekistonni mahsulot va tovarlarini jahon bozoriga
mos
hamda
raqobatbardosh
qilish.
Kurs ishi ahamiyati:
Oʻzbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik
aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir.
Kurs ishining vazifasi:
O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi
strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining
tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy
manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro
valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir.
7
I. Bob. O’zbekiston iqtisodiyotining jahon bozoridagi o‘rni va iqtisodiy
islohotlarning chuqurlashuvi.
1.1. O‘zbekistonning jahon bozorida tutgan o‘rni va ahamiyati.
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat
mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi
iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi
aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish,
respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo
etiladi.
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng
huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki
tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli
aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni
chuqurlashtirishga asoslanadi.
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida
ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli
respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq
davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq
davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT
iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro
moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi
boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga
xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan
edi: «Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil
mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz.
Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning
boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida
turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya
8
jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish
hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan
sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining
zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon
hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir»
2
.
Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p
darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin:
global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi
integratsion aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud.O’zbekistonning global
darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi
barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash
uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish
asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita
qo’shilishidir. O’zbekistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
(OBSE), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi,
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki
uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion
vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi
o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil
etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston,
Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va
Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport,
kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi
resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy
hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
O’zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH
mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni
tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi,
2
I.A.Karimov “Biz tanlagan yo’l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li”
9
integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro
iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi
kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o’zining tashkil
topishi chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va
imkoniyatlardan foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga
qo’yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan
kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida
ko’proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida
kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi,
ular manfaatlarining siqib qo’yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari
ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prezidentimiz I.A.Karimov MDHga
a’zo mamlakatlarning turli darajadagi yig’ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan
qarab, uni tubdan isloh qilish borasida o’zlarining amaliy takliflarini berdilar.
O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga,
yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan
qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion
aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy
Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan
biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15
iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va
Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi
nufuzi, obro’-e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan
joy olish istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati
haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik
iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir.
10
ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo
unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada
kattaligini ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi
30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va
Xitoy (31,8%) egallaydi (1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni
1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng
katta ulushga ega – 87,0 %. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan
ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.O’zbekistonning
Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining
kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan
belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega
bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xomashyosi, mashinasozlik,
kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining
savdosini
kengaytirishi
maqsadga
muvofiqdir.
Shuningdek,
telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm,
hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya
aloqalarini kuchaytirish lozim.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’g’risida ma’lumotlar
3
Davlat
nomi
Hududi
Aholisi soni
YaIM
ming
km
2
salmog’i,
%
ming kishi
salmog’i,
%
mlrd. doll salmog’i,
%
O’zbekiston 447,4
1,5
26851,2*** 1,8
45,8**** 0,4
Qozog’iston 2717,3 9,0
15217,7**
1,0
125,9***
1,0
Xitoy
9 597,0 31,8
1317000,0* 87,0
10210,0** 84,1
Qirg’iziston 198,5
0,7
5146,3***
0,3
10,6***
0,1
Rossiya
17075,4 56,6
142026,3* 9,4
1746,0**
14,4
Tojikiston
143,1
0,5
7163,5***
0,5
8,8***
0,1
Jami
30178,7 100,0
1513405,0
100
12147,1
100,0
3
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Shanxay_hamkorlik_tashkiloti
11
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib,
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan barcha muassasalar
(tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar
xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan
tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo’lgan xo’jalik
sub’ektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha
mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham
sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2007 yilga kelib Respublika hududida
ro’yxatdan o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 4089 birlikni,
ularning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining 18,5 foizini tashkil etdi.
Bunday korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy
ovqatlanish (29,9%) sohalarida to’plangan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq
davr davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab
o’tganlaridek, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko’pdan-ko’p muammolar mavjudki,
bizning Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada
erkinlashtirishdan iborat
4
.Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki
yo’nalish bo’yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy
mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga
oshirildi.2008 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH
dollarini tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy
mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksporti
hajmi to’xtovsiz ko’payib borib, 2008 yilda 11572,9 mln. dollarni tashkil qildi,
uning asosiy qismi (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga to’g’ri keldi.
Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shilgan
qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi,
birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va
12
imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning
xom ashyo resurslari narxi tez-tez o’zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga
bog’liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish bo’lib xizmat qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama
aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda.
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasidagi yagona iqtisodiy makon
to’g’risida tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini
integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.MDH mamlakatlari bilan
bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosatning asosiy
yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Hamdo’stlik davlatlari muassasalari –
Davlatlararo iqtisodiy qo’mita, Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil
etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus,
Moldova va boshqalar) bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va
boshqa shartnoma hamda bitimlar imzolanib, ular kuchga kirdi.Respublika tashqi
iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish
uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur bo’lgan tashkilot va muassasalar
tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlaridan
keladigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasini, turli
qo’shma sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida BMT bilan
birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko’maklashuvchi xizmatni, Davlat
mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi
kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda respublikada
vujudga keltirilgan huquqiy me’yorlar xorijiy investitsiya faoliyati uchun qulay
sharoitlarni yaratib, ularning huquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini
kafolatlaydi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada
amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida
amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo’ladi.
Mamlakatimizning yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan
iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorligi, NATOning «Tinchlik yo’lidagi
13
sheriklik» dasturidari ishtiroki uning jahon xo’jaligi qo’shilishning navbatdagi
yo’nalishidir. Jumladan, yevropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o’rtasida imzolangan
SHeriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim (1996 yil iyun) tashqi iqtisodiy
faoliyatining ustivor yo’nalishidir.
O’zbekistonning Xalqaro valyuta
fondi va jahon banki bilan hamkorligi
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga
oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir.
Bu yo’nalishda XVF bilan tizimli
qayta qurilishlarni mablag’ bilan
ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy
siyosat
sohasidagi
tadbirkorlarni
qo’llab-quvvatlash dasturlari maqullandi.
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB),
Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va
Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol
o’ynaydi. Xususan XRRB yo’li bilan O’zbekistonga paxta yetishtirish usullarini
zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko’maklashish va
unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional
islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag’ ajratildi. Xalqaro moliya
korporatsiyasi (XMK) ham O’zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda
ishtirok etmoqda.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) alohida rol o’ynaydi. Respublikada amalga
oshirilayotgan umumiy qiymati 536 mln. dollarga teng 9 ta loyihada yeTTBning
ulushi 253,1 mln. dollarni tashkil qiladi.
ETTBning O’zbekistonda amalga oshirish ko’zda tutilgan, umumiy summasi
bir mlrd.dollardan ortiq bo’lgan yana 8 ta loyihani ko’rib chiqishi mo’ljallangan.
14
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi Banki
(ORB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorligi istiqbolli
yo’nalishlardan hisoblanadi.
Shunday qilib, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo
mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi
o’ringa ega bo’lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi
hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |