Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarkib toptirish shakllari.
Islohotlar davrida milliy qadriyatlarni kayta tiklash va ularni boyitish yo‘lida samarali ishlar amalga oshirilganligi ertangi kun yaratuvchilar bulgan yoshlarni milliy g‘ypyp va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash zaruriyatini kun tartibiga olib chikdi.
Yuksak odob-ahlok meyorlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan narsa emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi, ota-bobolarimizning necha-necha ajdod-
avlodlari tajribasi davomida shakllangan. Odob, ahlok, g‘ypyp, or-nomus va uyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan yoshlarga singdirilib kelingan.
Mustaqil respublikamiz bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o‘zini tuta bilgan, o‘z sha’ni, g‘ururini himoya qila oladigan darajada ko‘rinishni istaydi. Ma’lumki, kuchli, qudratli davlat ma’naviyat zaminida vujudga keladi. Bunday qudratli davlatning kishilari ham o‘z g‘ururi, or - nomusi va qadriyatlarini himoya qilishga qodir insonlar bo‘lishi lozim.
Shu bois milliy g‘urur, vatan-urf odatsi, vatanparvarlik o‘z hududi, o‘lkasi, xalqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi.
Bolalarga maktabga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular tug‘ilgandan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan sayin o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan tabiat hodisalarini bilgilari keladi. Maktabgacha ta’lim jismonan sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Tarbiyachilarga yordam tariqasida “Bolajon” tayanch dasturida ko‘zda tutilgan butun materialni bolalar muvoffaqiyatliroq o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida metodik ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar ishlab chiqarilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim - tarbiya oladilar.
Bolalarda kattalarga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik urf odatlari, xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar tarbiyalanadi. Shuning uchun ham biz bugungi kunda milliy g‘oya, milliy o‘zlikni anglash jarayonida millat kelajagi bo‘lgan yoshlarni ilk yoshdan boshlab va uni aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bajarish har birimiz uchun majburiydir.
Muhtaram birinchi Prizedentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: „Inson dunyoga yaxshi ish qilish, yaxshi iz qoldirish uchun keladi. Yaxshi farzandlarni tarbiyalab, qilgan yaxshi ishlari va qoldirgan yaxshi izlariga munosib vorislar tayyorlaydi" .v Darhaqiqat, ana shu jihatdan qaraganimizda mamlakatimiz va millatimizning taraqqiyotining istiqboli ko‘p jihatdan yoshlarimizning milliy o‘zligini anglashining o‘sish jarayoniga ham bog‘liqdir. Xalqning yosh
avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, tarbiyaning shakl va metodlari, insoniy qadriyatlar va vatanparvarlik, halollik, to‘g‘rilik, poklik, yaxshilik, birodarlik, do‘stlik, ahillik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, jasurlik, adolat, yuksak odobli bo‘lish, or-nomusli bo‘lish, kattalarga hurmat, andishali va or-nomusli bo‘lish va shu kabilar o‘z xalqi va vatanidan fahrlanishdek milliy g‘urur urf odatlarini o‘yg‘otadi.
Milliy urf odatlarni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha soxalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning shakl va metodlari:
Bolalarni xalq og‘zaki ijodi bilan tanishtirish.
Maqsad: Vatan urf odatsini bolalarga ona allasi, bobolar o‘giti oila tarbiyasi bilan singdirish.
Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo‘lsinlar, ota-bobolardan faxrlansinlar. Bolalarga vatan urf odatsini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.
Navoiyxonlik xaftasi rejasini tuzish. Maqsad: bolalar qalbini Navoiy ijodi bilan sug‘orish. Bolalarni ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish.
Konstitutsiya saboqlari bilan tanishtirish. Maqsad: Ahloq va huquqiy tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-ahloq, meyorlariga qat’iy amal qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san’at namunalari, milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida ma’lumot berish.
Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma’lumot berish. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari milliy g‘urur tushunchasini anglashining ahamiyati kattadir. Milliy g‘urur tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Bu hikmatli so‘zlar bir qarashda ota-onalarga qarata aytilgan fikrdek tuyuladi. Biroq, uning mantiqiy ma’nosi pedagog-tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, muassasada tarbiyalanayotgan bolalar bilan o‘z farzandlari kabi yaqin bo‘lmog‘i lozim. Chunki, ular ham ota-ona, ham pedagog-tarbiyachi vazifasini o‘taydilar. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tarbiyachilar o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan o‘ta shirinso‘z, muloyim, xushmuomlali va ayni chog‘da, talabchan bo‘lishlari zarur
Qomusiy olim Al-Beruniy o‘kitishda «o‘quvchining qiziqishi va intilishi hisobga olinishi va muallim o‘z shogirdiga xushmuomalali bo‘lishini ta’kidlaydi».
Sharq mutafakkirlari asrlar mobaynida o‘z ijodi va faoliyatlari bilan yoshlarga ibrat bo‘lib kelishmokda. Ularning qoldirgan badiiy-estetik meroslari, biz tadqiqot-tajriba ishlari olib borayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida, Vatanga mehr-muhabbat, umuminsoniy, milliy qadriyatlarimiz bilan g‘ururlanish va ularni avaylab-asrash, ravnaq toptirishga intilishlari uchun muhim manbalardir.
Darhaqiqat, sharqona ahloq-odob, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, rostguylik, hiyonat har tomonlama barkamol insonning ma’naviy qiyofasidir. Shuningdek, ma’naviyati yuksak inson xdromdan xalolni farklab olib, haromga, poklik bilan nopoklikni ajratib, nopoklikka, hiyonatdan diyonatni ajratib, hiyonatga, adolatsizlikka qarshi kurasha oladi
Mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular bilan bog‘lik urf-odatlari haqida o‘z asarlarida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. Ularda „Navro‘z”, „Mehrjon”, Qurbon xayiti”, „Ramazon xayiti” kabi bayramlar haqida ma’lumot berganlar. Bu bayramlar insonlarni bir-biriga mehr-muruvvatli, xayr-saxovatli bo‘lish, yetim-yesirlar, qarindosh-urug‘lar holidan habar olish, o‘zbekona odatlarimizga sodiqlik, Vatanni sevish va ardoqlash, u bilan g‘ururlanish kabi his-urf odatlarni shakllantirish muhim hisoblanadi
Bu mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular bilan bog‘liq urf-odatlari Masalan, „Navro‘z" bayramida shirinliklar hadya etish (hayotning shirin bo‘lishini tilash), sovg‘a-salomlar berish, gul sovg‘a qilish (guldek nafis, go‘zal hayot tilash), bir-birlariga suv sepish (suv mul bo‘lsin, hosildorlik yuqori bo‘lsin degan ma’noda) va boshqa urf-odatlar joriy etilgan. Bularning barcha shakllar muassasasi tarbiyalanuvchilarining milliy urf odatlarni shakllantirishga xizmat maktabgacha ta’lim qiladi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiq) namunalari xalkning turmush tarzi, ahloq-odobi, urf-odatlari, an’analari, diniy e’tiqodni o‘zida mujassam etadi. Orzu-umidlarni, mehnatga ijobiy munosabatni, vatanparvarlikni, sadoqatni, erk va ozodlik yo‘lidagi mardonavor kurashni, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, kelajakdagi farovon turmushga ishonchni ifodalaydi.
Xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan biri afsonalardir. „Iskandarning shoxi bor”, „Luqmoni hakim”, „Shirin qiz”, „Yolg‘on so‘z siri”,
„Tilla baliq tog‘i” kabi afsonalar azaldan sharq xalqlarining tabiatiga xos mardlik, vatanparvarlik, xalkparvarlik, adolat, erksevarlik, vafodorlik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Rivoyatlar esa mavjud hayotiy ma’lumotlarga tayangan holda, badiiy tuqimalar orqali insoniy qadriyatlar, insonning ezgu orzu-umidlari, armonlari, quvonchlari, tashvishlari, g‘am-qayg‘ulari, ehtiroslarini aks ettiradi. Rivoyatlar negizida tarixiy shaxslar hayoti, ma’naviy faoliyati yotadi.
Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi mutafakkirlarimizning insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud.
Bundan tashqari, Uchtepa, Besh-ariq, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Surxondaryo kabi joy nomlari haqidagi rivoyatlar ham maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining milliy urf odatlarni shakllantirishda va o‘zligini anglatishda muhim ahamiyatga moliqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda shakllarida, xalq og‘zaki ijodining marosim qo‘shiqlari ham alohida o‘rin tutadi. Marosim qo‘shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, ahloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi.
Ertaklar esa ta’sirchan janr bo‘lib, bolalarning ruhiy va yosh xususiyatlariga ko‘ra, ma’naviy ongiga, faoliyati mazmuniga, hissiyotiga ijobiy ta’sir etadi. Ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq bilgan bola unda ko‘tarilgan g‘oyaning asl mohiyatini tushunadi, ertaklarga xos badiiy to‘qimalardagi voqea-hodisalardan hayotiy xulosa chiqarishga o‘rganadi. Ma’lumki, ertaklarning g‘oyaviy yo‘nalishini adolat, jasurlik, qahramonlik, ezgulik, insonparvarlik, farovon hayot, vafo, xalqparvarlik kabi ma’naviy tushunchalar tashkil etadi. Shuning uchun ham momolarimiz, bobolarimiz o‘z nabiralarini doimo ertak bilan siylashgan.
Xalq dostonlari xalq ma’naviy qadriyatlari, an’analari mujassamlashtirilgan xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lib, unda musiqa bilan she’riyat uyg‘unlashgan. Dostonlarning g‘oyaviy va ma’rifiy ahamiyati shundaki, ularda yuksak go‘zallikka va baxt-saodatga erishishning birdan-bir yo‘li maqsadlar sari qat’iy intilishdan, sabr-chidam, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan iboratdir, degan g‘oya ilgari suriladi. Dostonlarda milliy g‘urur urf odatsi kuylovchi va tinglovchi o‘rtasidagi badiiy-estetik muloqot shakllanadi.
Milliy urf odatlarni shakllantirishda samarali ta’sir etuvchi shakllardan yana biri - latifalar asosida tarixiy voqealar, maishiy hodisalar yotadi. Ziyraklik, o‘tkir hajv, hozirjavoblik, hajm jihatdan ixchamlik, mazmunan teranlik latifalarning asosiy tamoyili hisoblanadi. O‘zbek xalk latifalarining asosiy qahramoni Nasriddin qiyofasi orqali nodonlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, munofiqlik, ochko‘zlik, ayyorlik, ishyoqmaslik kabi ma’naviyatga zid illatlar qoralanadi. Go‘zallik, donolik, zukkolik, rosguylik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, himmat, mehr- oqibat, saxiylik, ilmlilik, insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanadi.
Maqol va matallar esa turli millat kishilarining ma’naviy yetuklik, zukkolik belgisi bo‘lib, ularning tub mohiyatlari, orzu-armonlari umumiyligining ko‘rsatkichlaridir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy urf odatlarni shakllantirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqot - tajriba ishlari jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, milliy turmush tarzimizga yot bo‘lgan “jangari“ o‘yinchoqlar, mul’tfil’mlar, kinofil’mlardan imkon qadar foydalanmaslik, aksincha Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o‘yinlar, o‘yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan mul’tfil’mlar, bolalardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy karashlarning tug‘ri shakllanishida qo‘l keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur, vatanparvarlik va davlat ramzlari to‘g‘risida tasavvur tushunchalarini aniklashga doir bir necha metodlardan foydalanildi.
So‘rovnoma-suhbat: Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan mashg‘ulotda, milliy g‘urur, vatanparvarlik mavzularida suhbatlar tashkil kilish, tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ularning erkin, mustaqil fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqil tafakkurni tarbiyalash bo‘yicha: “Vatanparvarlik o‘z o‘lkasini o‘rganish”, ’’Mustaqil vatanim seni kuylayman”, Yosh avlodni O‘zbekiston madhiyasi, gerbi, bayrog‘i, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash”, Ona Vatan mustaqil O‘bekistonga sodiq bo‘lish”.
Buyuk siymolar bo‘yicha: Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi.
Milliy bayramlar bo‘yicha: “Navro‘z”, „Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti”va h- k.
Pedagog-tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshiradigan ishining mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borishi, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanishi lozim.
Bolalarda mustaqillikni tarbiyalash, madaniy xulq odatlarini shakllantirish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatda bo‘lish, faoliyat madaniyatini shakllantirish, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, bolalarnnng yoshiga xos bo‘lgan yaxshilik, to‘g‘rilik, haqqoniylik, jasurlik, kamtarlik kabi ahloqiy tasavvurlarni shakllantirish lozim.
Milliy urf odatlarni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarbiyalashda ta’lim-tarbiya muassasalari, jismoniy tarbiya va sport, oila muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish asosida ularni ijtimoiy hayotga, oilaviy turmushga jamiyatning faol ishtirokchisi va mustaqillikni, hukukiy fuqarolik asosidagi demokratik jamiyatni mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladigan barkamol inson kilib yetishtirish birinchi navbatdagi vazifadir.
Ona yurtiga, shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan muhabbat dastlabki vatanparvarlik hislarini o‘yg‘otishga asos bo‘ladi. Bolalarni tanishtirish uchun hamma yerda diqqatga sazovor joylari bor. Hamma oilalarda umumxalq bayramlari bo‘lgan navro‘z, hayit va boshqa kunlar keng bayram qilinadi.
Bolalar ham bu bayramlarda qatnashadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga har bir bayram va tantananing ahamiyati ularning yoshlariga mos holda tushuntiriladi. Bu yerda tarbiyachining eng muhim vazifasi - bolalarning hissiyotlariga ta’sir etib, ularda o‘z halqidan, uning qadriyatlarida g‘ururlanish hissini o‘yg‘otish, mehnatsevar odamlarga xurmat urf odatsini tarbiyalashga o‘rgatishdir.
XULOSA
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko’tarish mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy g’oyasi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmonida keltirilgan sharhida ham maktabgacha ta’limmuassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo’lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo’lishiga zaruriyat seziladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. Milliy urf odatlar, g’urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik urf odatsi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo’lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo’lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o’z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o’zining ona tili, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammalbilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo’lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo’ladi.
Kursni tugatish ishi kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
bobda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirishning nazariy pedagogik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirish pedagogik muammo sifatida, milliy urf odatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirishning mavjud holati keng yoritilgan.
Bobda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda pedagogik vositalar va shakllardan foydalanish bo’lib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda pedagogik vositalar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarkib toptirish shakllari ochib berilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.-T.: “O‘zbekiston”. - 2017 yil.- 102b.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston”, 2017 yil. - 488 b.
Mirziyoyev Sh.M. ”Erkin va faravon, demokiratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz’’ T.O’zbekiston nashiriyoti 2016 yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:- 2016y. 29-dekabr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentin «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 -sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30- sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni xarakatlar strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli Farmoni ’’O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini” Faol tadbirkorlik, inovatsion g’oyalar va texnalogiyalarni qo’llab quvvatlash yili’’da amalga oshirishga oid davlat dasturi.
elektron ta’lim resurslari
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. ziyonet. uz
www. edu. uz
Angren Universiteti
MT-11 guruh 1-bosqich talabasi
Djumabayeva Ziyodaning
Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda miliy urf odatlardan foydalanish
shu mavzu yuzasidan
Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish
fanidan yozgan kurs ishiga
Taqriz
Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda miliy urf odatlardan foydalanish. Talabaning mazkur mavzudagi yozgan kurs ishi Kirish, 5ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib unda maktabgacha ta’limga oid muhim meyoriy hujjatlardan foydalanilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 -sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 30- sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni xarakatlar strategiyasi
Ushbu bilimlar asosida bolalarda odob axloqni tarbiyalash mavzusiga oid fikrlar o’rganilgan, adabiyotlar tahlil qilingan va ulardan foydalanilgan. Kurs ishi himoyaga tavsiya qilinadi.
________________________________________
Dostları ilə paylaş: |