Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi


Kurs ishini bajarishdan maqsad



Yüklə 103,31 Kb.
səhifə2/13
tarix10.07.2023
ölçüsü103,31 Kb.
#136239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tursunbayeva X

Kurs ishini bajarishdan maqsad: Iqtisodiy o‘sish eksport, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, sarmoyalarni jalb qilish, ish o‘rinlari yaratishga va barcha o‘zbekistonliklarning iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan. Barqaror rivojlanish uchun global - ochiq, qoidalarga asoslangan va shaffof ko‘p tomonlama savdo tizimini rivojlantirish uchun qoidalar va tartiblarni takomillashtirish.

Kurs ishini bajarishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Xalqaro savdo tushunchasini o’rganish

  • Xalqaro savdo turlarini o’rganish

  • O’zbekistonning xalqaro savdo munosabatlarini tahlil qilish

  • O’zbekistonda xalqaro savdoning o’sishini o’rganish


Kurs ishining ob’ekti: sifatida mamlakatimiz tashqi savdosi tanlangan.


Kurs ishining predmeti: O’zbekistonda eksport-import tovarlar hajmini oshirish omillari va tashqi savdo jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.

Asosiy qism

1. Xalqaro savdova uning asosiy ko’rinishlari


Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o’rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o’z iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kaiitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi. Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o’rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo’lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o’zini to’liq ta’minlay olmaydi. Ular o’zlarida ortiqcha bo’lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo’lgan resurslarni import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O’zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o’zaro savdo-sotiqni yo’lga qo’yadilar.
Bu ikki ob’ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 2012 yilda xalqaro savdo hajmi jahon miqyosida yalpi ichki mahsulotning real hajmiga nisbatan olinganda 50 foizga yaqinni tashkil etdi. Shu davrda O’zbekiston real yalpi ichki mahsulotida tashqi savdo, ya’ni tashqi savdo aylanmasining ulushi 62,4 foiz atrofida bo’ldi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi ko’rinishlarni o’z ichiga oladi:

  • mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;

  • xizmatlarni ayirboshlash: muxandislik-maslahat xizmatlari;

  • transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar.

  • yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar.

Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha ko’rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o’z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo’linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u yerda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
Birоr mаmlаkаtning tаshqi iqtisоdiу fаоliуаtgа bеvоsitа vа bilvоsitа аrаlаshuvi jаrауоni еksроrt vа imроrt hаjmi vа tаrkibigа tа`sir kо`rsаtish оrqаli ichki bаndlilikni tа`minlаsh, iqtisоdiу о`sishgа еrishish, mаkrоiktisоdiу bаrqаrоrlikni tа`minlаsh, tо`lоv bаlаnsini уахshilаsh hаmdа vаlуutа kursini tаrtibgа sоlish mаqsаdlаrini kо`zdа tutаdi. Dаvlаt tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdigаn bundау tаdbirlаr sаvdо siуоsаti dеb уuritilаdi.

Yüklə 103,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin