Angren Universiteti Maktabgacha ta'lim tarbiya yo'nalishi


An’anaviy ta’lim mazmuni va metodikasining o’ziga xosliklari



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə4/7
tarix22.07.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#137166
1   2   3   4   5   6   7
Hozirgi zamon an\'anaviy ta\'limi

An’anaviy ta’lim mazmuni va metodikasining o’ziga xosliklari.

  • Ilgaridan loyihalashtirilgan ta’lim – tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o’zida metod va usullar tizimini, ta’limning metodik usullarini, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari va vositalarini, o’quvchilarning ijobiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish maqsadini, yakuniy natijalarga erishishni kafolatlaydi.
  • Yangi pedagogik texnologiyalarni tuzishda an’anaviy ta’lim va tarbiya metod va usullaridan qanday foydalanish mumkin. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Yangi uyni qurmasdan eskisini buzmaylik” iborasi ta’lim tizimiga ham bevosita taalluqlidir. O’quvchilar bilan an’anaviy o’qitish usulida bevosita aloqa, og’zaki so’rov, yozma ishlar olish, insho olish, mustaqil ishlar, rasm chizish, chizmachilik, amaliy ishlarni qog’oz, yog’och, yung, metall, plastmassa materiallaridan tayyorlash, she’r, monologlarni og’zaki bayon etish va boshqalarni albatta, ta’lim texnologiyasi metod va usullari bilan qo’shib foydalanamiz. Chunki har qanday interfaol usulini olib qarasak, (“Munozara”, “Klaster”, “Ajurli arra” yoki “Kichik guruhlar”da ishlash), hammasi an’anaviy ta’lim metod va usullarini qo’llashni talab etadi. Bu fikrimizning isbotini o’quv qo’llanmaning uchinchi qismida guvoh bo’lasiz.

An’anaviy ta’lim mazmuni va metodikasining o’ziga xosliklari.

  • O’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Metod va usullar o’quvchilar tomonidan bilimlarni ongli va chuqur o’zlashtirishiga, ularda mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga yordam beradi. O’qitish metod va usullarini tanlashda o’qitiladigan fanning xarakteri, bolalar va talabalarning yoshlik xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi.
  • Ta’lim metodlari va usullarini tanlash o’qituvchi tomonidan darsda hal qilinishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Ya’ni yangi materialni bayon etishda bir xil metod va usul qo’llanilsa, uni mustahkamlashda boshqa xil usul, mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llaniladi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylangan va samarali usullar va metodlarni tanlash juda muhimdir.
  • Shunday qilib, o’qitish metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’lidir.
  • An’anaviy o’qitish metodlarini bilish manba’lari bo’yicha quyidagi uch guruhga bo’linadi:
  • Og’zaki metodlar (bilimlarni so’z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin