Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
uzb-2019 3-son

“Safardan qay
-
tayotib”, “Uyda uyqu kelmaganda”, “Ishxonada, tush ma
-
hali”, “Soat 21. Uyga ketayotib”, “Farg‘onaga borishdan bir 
kun oldin”, “Ta’tilning 12 kuni. Yarim tun”, “Tong arafasi”, 
“Shomdan keyin”, “Xopenxaven. Mehmonxona”
she’rlari-
da hozirgi vaqt orqali xotira vaqtini ko‘rishimiz mumkin. 
Sho‘x-u­shatang­yoshligimiz­anhorlarda
Baliqlar-la­quvlamachoq­o‘ynaydilar.
Qirg‘oqlarga chiqib olib, zerikkanda
Yig‘ilari bilan bizni qiynaydilar.
Yoki:
Ichim­–­qop-qoradir,­qop-qora­xilqat,
Sham yoqib kirsang ham yorishmas zinhor.
Uning eng to‘rida bir xat bor faqat, 
So‘zlari uvlaydi,
O‘qiysanmi, yor.
9
Ushbu misralardan ko‘rinadiki, hozirgi zamon bilan mu-
allif zamoni o‘rtasida farq mavjud. Asar sarlavhasi muallif-
ning hozirgi zamonini ifodalasa, lirik kechinma tabiatidagi 
xotira zamoni orqali o‘tmish badiiy zamoni ifodalanadi. 
Lirik janrlarda makon va zamonning murakkabligi ham 
shu jihat bilan o‘lchanadi. Lirik asarlarda muallif zamonini 
she’r yoziladigan zamon deb qarasak, lirik qahramon za-
monini xotira yoki kelajak zamonida ko‘rishimiz mumkin. 
Yuqoridagi misralarda muallif zamonini asar sarlavhala-
rida, lirik qahramon zamonini asar g‘oyaviy markazidan 
aniqlashimiz mumkin. Asarning g‘oyaviy markazi juda 
keng zamonni olsa, sujet zamoni yil, oy, tun, kun kabi 
kichik badiiy vaqtlar orqali tasvir etiladi. 
Umuman olganda, lirik asarlarda badiiy zamon tushun-
chasi keng planda o‘rganishni talab qiladi. Unda hissiy ke-
chinma birinchi o‘rinda turganligi bois, badiiy vaqt ifodasi 
ham unga bo‘ysunadi. She’riyatda badiiy zamon gorizontal 
yoyilmasdan vertikal shaklda amalga oshiriladi. Chunki in-
sonning shaxsiy hayoti gorizontal rivojlanish bilan bog‘liq. 
Lirik janrlarda lirik qahramon kechinmasi muallif tomoni
-
dan vertikal ravishda ifoda etiladi. Bu esa lirik qahramon-
ga shoir tasvirlamoqchi bo‘lgan voqelikda emas, balki o‘zi 
istagan makon va zamonda harakat qilish imkonini beradi.
1
Uzoq Jo‘raqulov. Nazariy poetika masalalari: Muallif. Janr. Xronotop. Ilmiy-nazariy tadqiqotlar, adabiy-tanqidiy maqolalar. – Toshkent: G‘afur 
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. 89-bet.
2
Поэтика: словарь актуальных терминов и понятий [гл. науч. ред. Н.Д.Тамарченко]. – Москва: Издательство Клуагиной; Intrada, 2008. 
С. 287.
3
Qozoqboy Yo‘ldosh, Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Kamalak, 2016. 386-bet.
4
Володин Э.Ф. Специфика художественного времени // Вопросы философии. – 1978. № 8. – С. 135–142.
5
Abduvali Qutbiddin. Bor. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. 69-bet.
6
O‘sha asar. 67-bet.
7
O‘sha asar. 72-bet.
8
O‘sha asar. 35-bet.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
39
навбатчи
Tadqiqotlar
Badiiy asarlarda frazemalardan foydalanish asar 
jozibadorligi, badiiy qiymatini oshirish bilan birga ba-
diiy matnning o‘rinsiz takrorlardan xoli bo‘lishiga ham 
xizmat qiladi. Iboralarning ko‘zga tashlanuvchi belgisi 
ularning birdan ortiq so‘zdan tarkib topganligidadir. Ular 
sodda so‘zdan oson farqlanadi, chunki iboralar o‘zaro 
grammatik bog‘langan bittadan ortiq mustaqil leksik 
negizdan tarkib topadi, sodda so‘zda leksik negiz bitta 
bo‘ladi [2: 3]. Shunday ekan, frazemalarni nafaqat ori-
ginal asarlarda, balki tarjima matnlarda ham aniq yoritib 
berish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, ayrim hollarda mu-
allif badiiy asar tarjimalarida frazemalar o‘rniga so‘zni 
qo‘llaydi. Masalan, Rahmat Fayziy qalamiga mansub 
“Hazrati inson” asarining qoraqalpoqcha tarjimasida 
o‘zbekcha frazemalar qoraqalpoq tilidagi muqobili bi-
lan emas, leksema bilan izohlab berilgan hollar ham 
kuzatildi:
 Iqbol satangning hozirgi gaplari o‘sha to‘yda 
ko‘ngli o‘ksib turganidagi mehribonligini eslatdi 
[3: 5]. 
Ushbu jumladagi 
ko‘ngli o‘ksimoq
frazemasi o‘zbek 
tilida o‘ksimoq ma’nosida ishlatiladi [2: 63]. Mazkur 
jumla qoraqal poq tiliga quyidagicha o‘girilgan: 
Ыg‘bal­
sәteңniң­hәzirgi­gәpleri,­sol­toyda­qapa­bolыp­turgan­
o‘aqtыndag‘ы­mehribanlыg‘ыn­esletti­
[4: 5].
Ko‘rinib turibdiki, 
ko‘ngli o‘ksidi
frazemasi qoraqal-
poqchaga 
qapa­ bolыo
‘ (xafa bo‘lish) leksemasi bilan 
o‘girilgan. Bu leksema frazema ma’nosini ifodalasa-da, 
unda xafa bo‘lish tushunchasining obrazli ifodasi yo‘q. 
Holbuki, tarjimon bu o‘rinda
 ko‘ngli o‘ksimoq
frazema-
sining qoraqalpoqcha muqobilini topib ishlatsa, tarjima 
tabiiylik kasb etardi.
Asarda yana shunday jumla bor: “
Hakimbek bilan 
gaplashuvdim, – dedi Ahmad aka xotinining yoniga 
o‘tirib, – xuftondan chiqqanda o‘zi og‘iz ochib qoldi” [
2: 
23]. O‘zbek tilida u biror narsa haqida gap boshla moq 
ma’nosini anglatadi. Tarjimon u ifodalagan ma’noni 
qoraqalpoq tiliga leksema bilan o‘girgan: 
“Hәkimbek­
penen­sөylesip­edim,­–­dedi­Ahmed­hayalыnың­qasы-
na­otыrыp,­–­quptan­namazыnan­shыqqanыmыzda­өzi­

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin