“Badiiy vaqtning es - tetik ahamiyati subyektiv kategoriyalarda muhimligi bilan farqlidir.Shuninguchunhambadiiyvaqtmasalasishoir- ning dunyoqarashi va hayotga munosabati nuqtayi nazari - dan e’tiborga olinishi lozimdir”. 4 Shoir Abduvali Qutbiddin
ijodida badiiy vaqt masalasi turli obrazlarda namoyon
bo‘ladi. Uning ijodida badiiy zamon masalasining muhim
jihatlaridan biri
“tun” obrazining ko‘p qo‘llanilishidir. Lirik
asar tabiatida
“tun”, “yarim tun”, “tong sahar” badiiy za-
moni poetik g‘oyani ifodalab kelishi bilan birga muallif
vaqti, sujet vaqti, lirik kechinma mohiyatini ham ifodalab
keladi. Masalan,
“Bir qozon atala ag‘dardi kecha”, “Hijron qish tuniday cho‘zilganida”, “Yulduz gijinglatgan oqshom bir dona”, “Qorong‘u yerda yonib, kul bo‘lib titrasaydim”, “Qaydadir tun siyoh kokilin eshar”, “Yulduzlar itlarning kechki ovqati”, “Tonggacha chidayman – u yog‘i hayot” kabi misralarda tun sujet vaqtini ko‘rsatib kelmaydi, faqat-
gina lirik kechinma tabiatini yoki tuyg‘ularini, oshiqning
yor vasliga yetolmay hijronda qolganligini,
“sog‘inchdan dili to‘lib buzilgan” ini va tasavvur olamidagi xayolotni tun
motivi orqali ifodalab keladi. Modern lirikada hech qa-
chon poetik mushohada umumiylik kasb etmaydi. Aslida
realizm ning cho‘qqisi hisoblangan modernizm adabiyoti
faqat an’anaviy uslubdan voz kechishnigina emas, balki
unda ko‘proq gumanizm g‘oyalari targ‘ib qilinishi bilan ham
an’anaviy adabiyotdan farq qiladi. Metonimiya, metafora-
dan tashqari modern adabiyotning yetakchi shakllaridan
biri bu sinekdoxa, ya’ni qism orqali butun yoki butun orqali
qismni ifodalashdir. Ana shu qism butun asarning g‘oyasini
yoki muallif kechinmasini tasvir qilish markazi hisoblanadi.
Xilvat go‘sha, Olmos shamchiroq Yoritadi har yoqni bir on. So‘zlarimni qaydan qidiray? 5 Muallif vaqti epik asarlarga nisbatan lirik asarlarda yaq-
qolroq ko‘rinadi. Epik asarlarda voqelik katta ko‘lamni o‘z
ichiga oladi va obrazlar xarakteri ko‘p planda yori tiladi.
Prolog, epilog, peyzaj, lirik chekinish orqali muallif vaqti
aniqlashadi. Sujet vaqtida muallif vaqti yaqqol ko‘rinmay-
di, yo ortda qoladi yo ilgarilab ketish holati kuzatiladi. Lirik
janr larda, ayniqsa, hozirgi o‘zbek she’riyatida lirik men
birin chi o‘rinda turganligi bois, ma’lum bir voqelik aks et-
gan asarlarga nisbatan lirik qahramon o‘z
“men” ini tahlil
qilgan holat ko‘proq uchraydi. Birgina “shamchiroq” so‘zi-
ga muallif juda katta ma’no yuklaydi. Kunduzi tun haqida
yozish nisbiy tushunchadir.
“Rido tortib olgan bo‘shliq ilja - yar” ,
“Oy miskin, chorlaydi tilovatlarga” kabi misralardan
sujet vaqti ko‘rinib tursa-da, u bevosita muallif vaqti bilan
ham bog‘lanib ketadi. Muallif vaqtini eng muhim vaqt deb
olamiz, chunki lirikada haqiqiy asar yozilishi muallif vaqti
bilan bog‘liq hodisadir. Shoir ijodida muallif vaqtini she’rla-
rining sujet vaqtidan aniqlaymiz. Bu hamma she’rlari
uchun ham xos bo‘lmasa-da, lekin ijobiy natijalar beradi.
“Qadalar yelkamga tunning iyagi, Jalojin to‘polon talashar sabot” misralari orqali yoki:
Bu kecha Osmon isi kelgan lablaringdan Laylaklar dardini tinglamoq nasib Bu kecha Xizr tayog‘i tekkan To‘fonning parchasi bizlarga niliy, 6 – satrlarida muallif vaqti va sujet zamoni ko‘rinadi. Tun ijod-
kor ijod qiladigan ayni payt hisoblanadi. Tunda muallif o‘z
xayollariga erk beradi. Tasavvur va tasvir muallif g‘oyasini
ochib beradi. Noan’anaviy uslub orqali ijodkor kitobxonga
o‘z kechinmalarini bayon qiladi.