Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə11/12
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149461
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Phyton dasturlash tilida interaktiv,.

12-misol. a1, b1, c1, a2, b2, c2 koeffitsientlar berilgan. Chiziqli tenglamalar sistemasi yechimlarini aniqlaydigan dastur tuzilsin.
a1∙x + b1∙𝑦=𝑐1,
a2∙x + b2∙𝑦=𝑐2,
𝑑=(𝑎1∙𝑏2−𝑎2∙𝑏1),
x=𝑐1∙𝑏2−𝑐2∙𝑏1/𝑑,
𝑦=𝑎1∙𝑐2−𝑎2∙𝑐1/𝑑.
Dasturi:
a1 = float(input("a1 ni kiriting = "))
b1 = float(input("b1 ni kiriting = "))
c1 =float(input("c1 ni kiriting = "))
a2 = float(input("a2 ni kiriting = "))
b2 = float(input("b2 ni kiriting = "))
c2 = float(input("c2 ni kiriting = "))
d = a1*b2 -b1*a2
x = (c1*b2 -c2*b1)/d
y = (a1*c2 -c1*a2)/d
print("x ning qiymati quyidagicha = ", x)
p rint("y ning qiymati quyidagicha = ", y)
Python quyidagi sohalarda ishlatiladi:
Web dasturlash (serverlar bilan), dasturiy ta’minot, matematika, tizim sktiptlari.
Yuqoridagi misollarda izohlardan ham foydalanib ketdik, ma’lumot o’rnida ularni quyidagi hollarda ishlatish mumkin:
Kodda bajariladigan ishni tushuntirish uchun;
Kodning o’qilishini yanada osonlashtirish uchun;
Kodning ba’zi qismlarini vaqtincha hisobga olmay turish uchun.
Biz o’zgaruvchilarni yetarli darajada ko’p qo’lladik. Ularni quyidagicha tushunib olishimiz mumkin:
O’zgaruvchilar ma’lum bir turdagi qiymatni o’zida saqlovchi konteynerlardir.
Boshqa dasturlash tillaridan farqli, Python o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun alohida buyruqqa ega emas. O’zgaruvchilar ularga qiymatni tenglashtirish orqali hosil qilinadi. O’zgaruvchilar harflar yoki so’zlar bilan ifodalanishi mumkin.
Ularni ifodalash uchun ayrim qoidalar mavjud:

  • O’zgaruvchi nomi harf yoki tag chiziq bilan boshlanishi kerak;

  • O’zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanmasligi kerak;

  • O’zgaruvchi nomi faqat harflar, raqamlar va tag chiziqdan iborat bo’lishi mumkin; O’zgaruvchi nomlari katta-kichik harflarni farqlaydi (ism, iSm, ISM –bular 3 xil o’zgaruvchilar);

  • O’zgaruvchi nomi orasida bo’shliq (probel) bo’lmasligi kerak.

Xulosa qiladigan bo’lsam, python dasturlash tili qulayligi, tushunarliligi va imkoniyatlarining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Ushbu kurs ishini yozish davomida o’zim bilmagan ko’p bilimlarni egalladim. Ushbu kurs ishida kiritish, chiqarish va o’zlashtirish operatorlariga oid misollarning tahlili python dasturlash tilida ko’rib o’tildi. Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlar dasturlash sohasiga qiziquvchilar, talabalar va barcha ilm izlovchilar uchun muhim bo’lgan bilimlarni oshishiga sabab bo’ladi, deb ishonaman.
Xulosa
Xulos sifatida shuni aytish kerakki Python dasturlash tilining yaratilish tarixi, imkoniyatlari va Python dasturlash tilini Windows operatsion tizimida o`rnatish haqida o‘rgandim. Python dasturida ishlaydigan foydalanuvchilar uchun uning sintaksisi, asosiy operatorlari, fayllar, funksiyalar bilan ishlash sanoq sistemalari va satrlar bilan ishlash haqida muhim zaruriy ma’lumotlar keltirilgan va ular ustida amallar bajarish haqida ham yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan. O`quvchilar o’z ustilarida mustaqil ishlashlari va Python dasturida ishlash bo`yicha bilim saviyalarini oshirish uchun standart modullardan foydalanishlari taklif etilgan. Python dasturlash tilining afzallik tomonlari tushuntirib berildi.
Python dasturlash tili tarkibida boshqa dasturlash tillari kabi grafik imkoniyatlari anchagina keng e’tiborga olingan. Dasturlashda grafik rejim bilan ishlashda, albatta, grafik rejimga o‘tish komandalari berilishi shart. Dasturlashning grafik rejimida geometriya fanining ba’zi bir elementlari, nuqtalar to‘plami, funksiayalar va ikki va uch o‘lchovli grafik elementlarni tasvirlash imkoniyatlari mavjud. Python dasturlash tilida yuqorida ta’kidlangan elementlardan tashqari ma’lum bir sohalar, shakllar, shakllar atrofiga izohli ma’lumotlar hamda rangli soha va rangli shakllar hosil qilish imkoniyatlari mavjud.
Hozirgi zamonda dasturchi eng zamonaviy, eng hamyonbop va ilg`or kasblardan biri. Dasturchilik kasblariga Web-masalachi, Sistema adminstratori, IT operator, Flash animator va hokazolar kiradi. Yaxshi dasturchi bo`lish uchun nima talab qilinadi deb o`ylaysiz? Buyuk dasturchilarimiz fikricha, dasturlashni o`rganishning eng yaxshi usuli qiyinroq dasturlar kodlarini o`rganib, ishlatib ko`rishdir. Ushbu “Python dasturlash tilida masalalar va uning yechimlari to`plami o`quv qo`llanmasi” ham o`quvchilar va talabalarga dasturlash sirlarini o`rganishda hamroh bo`ladi. O`quv qo`llanma tadbiq qilingandan so`ng o`rganuvchilarning dastur tuzish ko`nikmasi shakllanib, mustaqil dasturchi bo`la olishiga zamin yaratiladi.
Python haqida quyidagi uchta xulosaga kelish mumkin:
1. Python dasturlash tilining keng miqyosda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uch asosiy soha bor: veb-dasturlash (backend – vebserver uchun ilovalar yozish), sun’iy intellekt masalalari, kompyuterda foydalanuvchi juda ko‘p marta bajaradigan mayda ishlar (elektron xatlarni jo’natish, fayllarni izlash va bosmalash, elektron jadvaldan biror-bir ma’lumotlarni ajratib olish va xakozolar).
2. Python o‘rganish ancha oson bo‘lgan dasturiy tildir. Agar tabiiy tillar bilan o‘xshatish qiladigan bo‘lsak, biror-bir tilda fikrni yetkazish uchun ma’lum vaqt so‘zlarni, tilning grammatikasi o‘rganish kerak bo‘ladi. Qandaydir minimal bilim shakllangandan so‘ng, asta-sekin inson o‘z fikrini ifoda eta boshlaydi. Dasturlash tillari bilan ham holat xuddi shunday. Biror dasturlash tilida amaliy foyda keltiradigan dastur yozishni boshlash uchun ma’lum bilimlar majmuini egallash kerak, shundan so‘nggina dasturlashni boshlash mumkin. Boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, Python da amaliy ahamiyatga ega dasturlarni ishlab chiqishga ancha ertaroq, hali tilning katta qismini o‘rganmasdan turib ham kirishish mumkin.
3. Python interpretatsiya qilinadigan dasturiy til. Dasturlash tillarini interpretatsiya qilinadigan va kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tillariga bo‘lishadi. Aniqroq aytganda, agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish interpretatsiya orqali amalga oshirilsa, bunday tillar interpretatsiya qilanadigan til deyiladi. Agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish uchun uni avval mashina tiliga o‘tkazish talab qilinsa, bunday tillar kompilyatsiya qilinadigan tillar deyiladi. Aslini olganda, kompyuter uchun yozilgan har qanday dastur interpretatsiya qilinadi. Chunki mashina kodlaridagi dastur kompyuterning miyasi bo‘lgan protsessor tomonidan interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinadigan tillarda yozilgan dasturlar uchun maxsus – interpretator dastur mavjud. Bu interpretator dastur kodlarini bajarilishini ta’minlab beradi.


Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin