Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat


II-BOB. PYTHON dasturlash tilida interaktiv rejim: birinchi dastur,kiritish va chiqarish operatorlari



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə7/12
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Phyton dasturlash tilida interaktiv,.

II-BOB. PYTHON dasturlash tilida interaktiv rejim: birinchi dastur,kiritish va chiqarish operatorlari.
2.1. PYTHON dasturlash tilining IDLE rejimida interaktiv dastur yaratish va o‘zgaruvchi turlaridan foydalanish.
Python dasturlash tili shaxsiy kompyuterga o‘rnatilgandan so‘ng IDLE rejimi yuklanadi. IDLE rejimi bu interaktiv rejim hisoblanadi, interaktiv rejimning qulayligi qisqa jarayonlarni dasturlashga juda qo‘l keladi. Bunda boshqa dasturlash tillari kabi dasturning umumiy tuzilishini to‘liq keltirish shart emas. O‘zgaruvchilar tabaqalashtirilgan holda e’lon qilish shartlari keltirilmaydi, xotira bo‘yicha muammolar e’tiborga olinmaydi.
Python dasturlash tili IDLE rejimi yuklangandan so‘ng quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
1.2.1-rasm. Python dasturlash tili IDLE rejimining asosiy oynasi.
Python dasturlash tili IDLE rejimida birinchi dastur doimiy an’anaga muvofiq HELLO WORLD so‘zini ekranga chiqarishni qarab o‘tamiz. Satrli ma’lumotlar bittalik qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi.
Bunda >>> belgidan so‘ng sonlarni kiritish va hisoblash jarayonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirish mumkin. Har bir son yoki amal kiritilgandan so‘ng ENTER tugmasi bosiladi va natijaga ega bo‘linadi.
Python tilida interaktiv rejim quyidagicha ishlatiladi.
Bu jarayon bizga kalkulyator vazifasini ham bajaradi, kalkulyatordagi xotira muammosi bu yerda mavjud emas. Python dasturlash tili IDLE rejimida o‘zgaruvchilar bilan ishlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Yuqoridagi dasturga e’tibor bersak, bunda o‘zgaruvchilar e’lon qilinmaydi interpretator qiymatga qarab turlarni aniqlaydi. Python dasturlash tilida buyruqlar boshqa dasturlash tillari kabi ; bilan tugatilish shart emas. Satrli ma’lumotlarga ko‘paytirish amali juda keng imkoniyatda ishlatilishi mumkin. Ixtiyoriy sonni satr ko‘rinishga satrni esa son ko‘rinishida foydalanish mumkin.
Int(satr) – bu funksiya satrni butun songa aylantiradi
Float(satr) – bu funksiya satrni haqiqiy songa aylantiradi
S tr(son) – bu funksiya sonni satrga aylantiradi

Haqiqiy sonlar faqat nuqta bilan yoziladi, vergul esa sonlarni bir biridan ajratish ucun xizmat qiladi. Python dasturlash tili IDLE rejimining qulayligi dasturlashni o‘rganayotganda yoki masala kodining ma’lum bir qismini sinab ko‘rish vaqtida juda qulaydir. Agar boshqa kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tilda ishlasangiz, avval kodni asl dasturlash tilida yozishingiz, keyin kompilyatsiya qilishingiz kerak bo‘lgan faylni ishga tushirishingiz kerak bo‘ladi.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin