Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat


Python dasturlash tilida sonlarni uch xil turlari aniqlangan



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə8/12
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149461
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Phyton dasturlash tilida interaktiv,.

Python dasturlash tilida sonlarni uch xil turlari aniqlangan:

      • Butun son

      • Haqiqiy

      • Kompleks

Python dasturlash tilida butun va haqiqiy sonlardan foydalanish tajribalarini yuqoridagi misollarda keltirib o‘tdik, complex sonlardan python dasturlash tilida quyidagicha foydalanamiz.


Complex(son) – bu funksiya sonni komleks songa aylantiradi
Python dasturlash tilining boshqa dasturlash tillaridan ustunligi kompleks sonlar ustida to‘g‘ridan to‘gri amal bajarish imkoniyati mavjudligi.
2.2.PYTHONda faylli dastur yaratish, kiritish va chiqarish operatorlari .
Python dasturlash tilida ko‘pgina hollarda, dasturchi masala kodini faylga saqlaydi va natijani fayl kod orqali amalga oshiradi. Bu jarayon boshqa dasturlash tillari kabi alohida fayl yaratish orqali datur tuziladi va yaratilgan dastur RUN tugmasi orqali ishga tushiriladi. Bu jarayon skript yozish deb nomlanadi.
Python dasturlash tilida yaratilgan fayl .py kengaytmaga ega bo‘ladi. Python dasturlash tilida skript yozish uchun IDLE interaktiv rejimida File → New File (yoki + N tugmachalarini bosing) ni tanlash orqali amalga oshiriladi. Yaratilgan faylga dastur tuzib RUN menyusi tarkibidan Run Module F5 komandasi tanlanadi, natijada dastur natijasi interaktiv rejim oynasida aks etadi. Quyidagi dasturga e’tibor bering.
1.2.2-rasm. Faylli dastur oynasi
Dastur natijasi quyidagicha bo‘ladi.
Skript dastur yaratish jarayonida ma’lumotlarni kiritish(o‘qish) va chiqarish(yozish) operatorlari ishlatiladi. Bunda kiritish operatori ma’lumotlarni faqat satr ko‘rinishida qabul qiladi. Sonli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yuqoridagi int(); yoki float();funksiyasi yordamida amalga oshiriladi. Kiritish operatori o‘zgaruvchiga birlashtiriladi, kiritish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha.
o‘zgaruvchi = input() yoki o‘zgaruvchi = input(‘izoh’)
Kiritish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha. Print(‘izoh’, o‘zgaruvchi)
Kiritish va chiqarish operatorlarini yozilishi quyidagi dastur tarkibida keltirilgan.
Misol. Ikkita a haqiqiy va b butun son berilgan bu sonlarni ko‘paytmasini ekranga chiqaring.
Yuqoridagi dasturda a=input('a='); izohni chiqargan holda a ga qiymat qabul qiladi, b=input() esa izohsiz b ga qiymat qabul qiladi. Input() funksiyasi tarkibida bir vaqtni o‘zida izohli va izohsiz kiritishni ishlatish mumkin. Kiritish operatori klaviaturadan kiritilgan ma’lumotlarni o‘qiydi va o‘zgaruvchan nomga yozadi. Chiqarish operatori esa o‘zgaruvchidagi ma’lumotni ekranga chop etadi.


Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin