O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON - FINLANDIYA PEDODOGIKA INSTITUTI “ANIQ-TABIIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT” FAKULTETI MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 203-GURUH TALABASI UMAROV SAYYODJON MUZAFFAR O’G’LINING TAYYORLAGAN KURS ISHI
MAVZU: Phyton dasturlash tilida interaktiv rejim: birinchi dastur,kiritish va chiqarish operatorlari.
Ilmiy rahbari: Topshirgan sanasi: Himoya qilingan sanasi: Baho:
Samarqand-2023 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………3
ASOSIY QISM…………………………………………………………9 I-BOB.PYTHON tili tarixi………………………………………….….9
1.1. PYTHON dasturi haqida tushuncha……………………….….... .. .9
1.2. PYTON dasturlash tili va uning imkoniyatlari……………….…... 13
II-BOB. PYTHON dasturlash tilida interaktiv rejim: birinchi dastur,kiritish va chiqarish operatorlari. ………………………………20
2.1. PYTHON dasturlash tilining IDLE rejimida interaktiv dastur yaratish va o‘zgaruvchi turlaridan foydalanish………………………………….20
2.2.PYTHONda faylli dastur yaratish, kiritish va chiqarish operatorlari……………………………………………………………..24
2.3. PYTHON dasturlash tilida kiritish va chiqarishga oid masalalar tahlili…………………………………………………………………...26
XULOSA……………………………………………………................34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….…. …...36
KIRISH Python dasturlash tili uzoq tarixga bormasada, lekin uning rivojlanishi hozirgi vaqtda eng istiqbolli sohalardan hisoblanadi. Python dasturlash tili o‘tgan asrning 80-yillari oxirlarida ishlab chiqila boshlandi. Gido Van Rossum Python dasturlash tilini 1980- yillarda yaratgan va u til 9 yildan so‘ng, ya’ni 1989 yil dekabrda Gollandiyadagi matematika va informatika laboratoriya markazida ishlab chiqilgan. Python istisno holatlarini ko‘rib chiqishga va Amoeba operatsion tizimiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan ABC dasturlash tilining avlodi hisoblanadi. Van Rossum Pythonning asosiy muallifidir va u 2018 yilgacha tilni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar olib borgan. Python dasturlash tili boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, mukammal darajada ishlab chiqilgan. Python dasturlash tili, boshqa dasturiy vositalarni boshqarish va ularning tarkibiy qismlarini mustaqil boshqarishni amalga oshiradi. Aslida, Python ko‘p maqsadli dasturlash tili sifatida o‘rganilishi mumkin, bu dasturlash tili yordamida bir qancha jarayonlarni dasturlash imkoni yaratiladi. Python dasturlash tilida, bir vaqtning o‘zida, boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, bir nechta turdagi dasturlar yaratish inkoniyati mavjud, ya’ni: - amaliy dasturiy maxsulotlar; - web ilovali dasturiy maxsulotlar; - ilmiy dasturiy maxsulotlar yaratish imkonini beradi. Python tarkibida xotiradan foydalanish va ishlash talablari bo‘yicha cheklovlar mavjud emas, ya’ni imkoniyatlar shu qadar kattaki, boshqa dasturlash tillari kabi ma’lumotlarni e’lon qilish tabaqasi mavjud emas. Bunday imkoniyatlar, albatta, dastur yaratuvchilar ish faoliyati samaradorligini keskin ortishiga xizmat qiladi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishining asosiy bo‘g‘ini bu algoritmlash jarayonidir. Biror bir masala yoki muommoni elektron hisoblash mashinasida hisoblash uchun, albatta, berilgan masalani matematik modeli, algoritmi va biror bir algoritmlash tili asosida dasturini yaratish kerak bo‘ladi. Muommo yoki masalani matematik modelini tuzish deganda berilgan masalani matematik tushunchalar bilan ifodalanishiga aytiladi. Muommo yoki masalani yechish qadamlari albatta algoritm bilan bog‘liqdir. Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk vatandoshimiz alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan o‘zgacha talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan. Masala yoki muommoni hal etish uchun yuqorida keltirib o‘tilgandek, uni algoritmini tuzish kerak bo‘ladi. Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo‘lgan ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o‘rganish uchun oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonli dasturlash tillari jumlasiga kiradi va shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy amalga oshiriladi. Python dasturlash tilining rasmiy sayti – www.python.org bo‘lib, uning muallifi Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy adqiqot institutida ishlagan Gvido van Rossum deb hisoblanadi. Pythonning o‘ziga xosligi esa uning oddiyligi, o‘rganishga osonligi, sodda sintaksisga egaligi va dasturlash jarayonini boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minotga egaligidir. Undan tashqari, o‘z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishingizga hech qanday hojat qolmaydi. Bu dasturlash tili ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi va u interpretatsiya qilinadigan tillar jumlasiga mansub. Bulardan tashqari, Python dasturlash tili imkoniyatlari kengayishga moyil bo‘lgan dasturiy til hisoblanadi. Agar siz dasturingizning biror-bir joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz, o‘sha qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib, keyin shu qismni Python kodingiz orqali ishga tushirsangiz (chaqirsangiz) bo‘ladi. Bundan tashqari, Python juda ham ko‘p, foydali hamda xilma-xil dasturlar kutubxonalarga egaligi ham juda muhimdir. Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo‘lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llaydi va u PERL va PHP ga tillariga o‘xshab ketadi. Python interaktiv dasturlash tili bo‘lib, ob’ektga yo‘naltirilgan tillar jumlasiga kiradi, ya’ni, Python ob’ektga yo’naltirish uslubini yoki dasturiy texnikasini qo‘llabquvvatlaydi. Python boshlovchi dasturchilar tilidir, ya’ni u boshlang‘ich dasturchilar uchun ajoyib til bo‘lib, oddiy matnni ishlashdan tortib, veb-brauzerlaridagi o‘yinlarga qadar keng ko‘lamdagi ilovalarni ishlab chiqishni qo‘llab quvvatlaydi. Python ning buyruqlari va sintaksisi ABC, Modula-3, C, C++, Algol-68, SmallTalk va Unix shell kabi boshqa ko‘plab tillardan va skript tillaridan olingan. Python mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Xuddi Perl kabi, Python dagi manbaa kodi GNU General Public License (GPL) ostida mavjud. Pythonning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega; Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi; Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli; Python kattagina standart kutubxonaga ega: Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintoshda o‘zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi; Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi; Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega; Kengaytirilish imkoniyatalariga ega: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo‘shishingiz mumkin; Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash qulayligi: Python barcha a’lumotlar bazasini qo‘llab quvvatlaydi; GUI dasturlashni amalga oshirish imkoniyati: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi; Moslashuvchanligi: Python qobiq buyruq fayliga qaraganda, katta dasturlarga yanada yaxshi moslashish va ularni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi; Funktsional va tuzilgan dasturiy usullarni va Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlaydi; Buyruq fayli sifatida ishlatilishi mumkin yoki katta ilovalar yaratish uchun bytekodga to‘planishi mumkin; Juda yuqori darajadagi dinamik ma’lumotlar turlari va dinamik turdagi tekshiruvlarni qo‘llab-quvvatlaydi; Chiqindilarni avtomatik ravishda to‘plashni va ularni tozalashni qo‘llabquvvatlaydi (musorosborshik funktsiyasi); C, C++, Java va PHP kabi dasturlash tillari bilan osonlik bilan bog‘lanishi mumkin. Python dasturlash tili boshqa tillarga nisbatan o‘rganish ancha oson va shu bilan birga imkoniyatlari boy bo‘lgan til hisoblanadi. Ya’ni, til o‘rganishni boshlovchilar uni osonlik bilan o‘rganishlari mumkin, shu bilan bu til yordamida ancha-muncha jiddiy amaliy loyihalarni ham amalga oshirish mumkin.
Python haqida quyidagi uchta xulosaga kelish mumkin:
1. Python dasturlash tilining keng miqyosda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uch asosiy soha bor: veb-dasturlash (backend – vebserver uchun ilovalar yozish), sun’iy intellekt masalalari, kompyuterda foydalanuvchi juda ko‘p marta bajaradigan mayda ishlar (elektron xatlarni jo’natish, fayllarni izlash va bosmalash, elektron jadvaldan biror-bir ma’lumotlarni ajratib olish va xakozolar).
2. Python o‘rganish ancha oson bo‘lgan dasturiy tildir. Agar tabiiy tillar bilan o‘xshatish qiladigan bo‘lsak, biror-bir tilda fikrni yetkazish uchun ma’lum vaqt so‘zlarni, tilning grammatikasi o‘rganish kerak bo‘ladi. Qandaydir minimal bilim shakllangandan so‘ng, asta-sekin inson o‘z fikrini ifoda eta boshlaydi. Dasturlash tillari bilan ham holat xuddi shunday. Biror dasturlash tilida amaliy foyda keltiradigan dastur yozishni boshlash uchun ma’lum bilimlar majmuini egallash kerak, shundan so‘nggina dasturlashni boshlash mumkin. Boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, Python da amaliy ahamiyatga ega dasturlarni ishlab chiqishga ancha ertaroq, hali tilning katta qismini o‘rganmasdan turib ham kirishish mumkin.
3. Python interpretatsiya qilinadigan dasturiy til. Dasturlash tillarini interpretatsiya qilinadigan va kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tillariga bo‘lishadi. Aniqroq aytganda, agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish interpretatsiya orqali amalga oshirilsa, bunday tillar interpretatsiya qilanadigan til deyiladi. Agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish uchun uni avval mashina tiliga o‘tkazish talab qilinsa, bunday tillar kompilyatsiya qilinadigan tillar deyiladi. Aslini olganda, kompyuter uchun yozilgan har qanday dastur interpretatsiya qilinadi. Chunki mashina kodlaridagi dastur kompyuterning miyasi bo‘lgan protsessor tomonidan interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinadigan tillarda yozilgan dasturlar uchun maxsus – interpretator dastur mavjud. Bu interpretator dastur kodlarini bajarilishini ta’minlab beradi.