Bu dasturlash tilida nimalar qilishi mumkin?
Python serverda veb-ilovalar ishlab chiqish uchun ishlatilinishi mumkin.
Python ish oqimlarini yaratish uchun dasturiy ta'minot bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin.
Python ma'lumotlar bazasi tizimlariga ulanishi mumkin. Bundan tashqari, u fayllarni o'qishi va o'zgartirishi mumkin.
Python katta ma'lumotlarga ishlov berish va murakkab matematikani bajarish uchun ishlatilishi mumkin.
Pythonni tezkor prototiplash yoki ishlab chiqarishga tayyor dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun ishlatish mumkin.
Nima uchun aynan Python?
Python turli xil platformalarda ishlaydi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).
Python ingliz tiliga o'xshash oddiy sintaksisga ega.
Python dasturlash tiliga bo'lgan talab yildan yilga oshib kelmoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko'ra, 2020 yilda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko'p talab bo'lgan.
Python Artificial Intelligence (Sun'iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma'lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun'iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan. Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.
Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi.
O'rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.
Moslashuvchanlik —Python dasturlash tili ma'lum bir masalalarni yechish bilan chegaralanmagan. Bu til dasturchilarga yangi va yangi yo'nalishlarga ki'rish imkonini beradi. Python quyidagi sohalarda qo'llaniladi: Web va Internet dasturlash, kompyuter o'yinlarini yaratish, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash (DB), computer vision, foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi va hokazo.
Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan boshlangan. O`sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABC tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o`rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o`zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g`oyalarini o`zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990- yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko`plab xususiyatlarini o`ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O`sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o`zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).
Python dasturlash tili sodda va o‘qilishi oddiy bo’lgan dasturlash tili bo‘lib u inglizcha so‘zlarni qo‘llab quvvatlaydi kalit so‘zlar o‘rnida shuning uchun bu boshqacha ko‘rinishga ega.
Dostları ilə paylaş: |