Kalit so`zlar False – yolg`on. if - agar.
True - rost. else – for/else yoki if/elsega qarang. None - “bo`sh” obyekt. elif – aks holda, agar.
while – while tsikli for – for sikli.
with / as – konteks menejeri. def – funksiyani aniqlash.
break – sikldan chiqish. del – obyektni yo`qotish.
class – metod va atributlarda iborat. not –mantiqiy INKOR amali.
Continue-sikldan keyingi iteratsiyaga o`tish. or –mantiqiy YOKI amali.
from – moduldan bir nechta funksiyani and – mantiqiy VA amali.
import qilish.
import – moduldan import. lambda –yashirin funksiyani aniqlash.
is –xotirani bitta joyida 2 ta obyektni jo`natsa bo`ladimi.
Python dasturlash tili sintaksisi.
Python tili sintaksisi o`zi kabi sodda Satr oxiri instruksiyaning oxiri hisoblanadi (nuqta vergul shart emas) Har bir qator boshidagi bo`sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilgan amallar bo`sh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bo`sh joy istalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy bir xil bo`lishi kerak. Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga to`rtta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak. Pythonga kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi. Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi.
Quyida “Salom dunyo” gapini ekranga chiqaruvchi kod ko’rsatilgan: print ("Hello world") Har bir qator boshidagi bo`sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilgan amallar bo`sh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bo`sh joy istalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy bir xil bo`lishi kerak. Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga to`rta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak. Odatda dasturlash tillarida abzats kodni oson o’qilishi uchun ishlatiladi. Ammo Pythonda abzats kodning blokini ajratib ko’rsatadi. Misol keltiramiz: if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta") Agar kodimizni mana bunday tarzda yozsak dasturda xatolik yuz beradi: if 5 > 2: print("Besh ikkidan katta") Pythonga kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi. Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi. Bazan bir nechta amalni bitta satrga nuqtali vergul bilan ajratgan holda yozish mumkin. a = 1; b = 2; print(a, b) Buni ko`p ham qo`llamang! Yaxshisi bunday qilmang, o`qishga noqulay.
Python dasturlash tilini o`rnatish. Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo'lsangiz ko'p xollarda sizning tizimingizda python o'rnatilgan bo'ladi. Buni tekshirib ko'rish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko'ring. python -V Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o'xshash yozuv hosil bo'lsa unda hammasi joyida. Windows operatsion tizimiga o'rnatish uchun www.python.org/downloads web sahifasiga o'tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni o'rnatish odatiy dasturlarni o'rnatish kabi kechadi. Hech qanday qiyin joyi yo'q.
Python dasturining o`rnatiluvchi fayli. Python dasturlash tilining o`rnatuvchi paketini ustiga sichqoncha ko`ratkichini 2 marta bosamiz va bizga quyidagi oyna hosil bo`ladi.
Python dasturini o`rnatishni boshlashni ko`rsatuvchi oyna. Bu yerda Install for all users-barcha foydalanuvchilar uchun. Install just for mefaqat siz uchun, agar buni tanlab istalyatsiya qilsak ya’ni o`rnatsak Windows Vista operatsion sistemasida xatolik yuz beradi va dastur ishlamaydi. Shuning uchun Install for all users ni tanlaganimiz maqul. Keyin next tugmasi bosamiz.
Python dasturini o`rnatilish joyini ko`rsatish oynasi. Bu yerda esa Python dasturlash tilini qayerda o`rnatilishi ko`rsatilayapti.
Python dasturini o`rnatilish jarayoni. Python o`rnatilyapti va bir necha sekunddan so`ng quyidagi oyna namoyon bo`ladi:
PIP kutubxonasini qo`shish jarayonida hosil boladigan oyna. Bunda Console rejimida dastur ishga tushib pip kutubxonasini qo`shadi.