Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat


PYTHON dasturlash tilida kiritish va chiqarishga oid masalalar tahlili



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə9/12
tarix27.09.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#149461
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Phyton dasturlash tilida interaktiv,.

2.3. PYTHON dasturlash tilida kiritish va chiqarishga oid masalalar tahlili .
Python –bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot hisoblanadi. Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas. Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlashda juda ham qo’l keladi. Shu kabi yana bir nechta qulayliklarga ega. Endi misollar tahlilini qaraymiz:
1-misol. Kvadratning tomoni a berilgan. Uning perimetri p va yuzi s aniqlansin.
Pythonda quyidagicha kiritamiz:
a=int(input(" Kvadrat tomonini kiriting = "))
p = 4*a
s = a**2
print(" Kvadrat perimetri quyidagicha = ", p)
print(" Kvadrat yuzi quyidagicha = ", s)


2-misol. Kubning yon tomoni a berilgan. Uning hajmini 𝑣=𝑎^3, to’la sirti s = 6∙𝑎^2 aniqlansin. Pythondagi dasturi:
a=int(input(" Kubning tomonini kiriting = "))
v = a^3
s = 6*a^2
print(" Kubning hajmi quyidagicha =", v)
print(" Kubning to'la sirti quyidagicha =", s)
3-misol. Ikkita musbat butun son a va b berilgan. Ularning o’rta geometrigi √(𝑎∙𝑏) va o’rta arifmetigi (a+b)/2 aniqlansin.
Dasturi:
import matha = int(input(" a sonini kiriting = "))
b = int(input(" b sonini kiriting = "))
g = math.sqrt(a*b)#
g ni o'rta geometrik deb belgiladiky
= (a+b)/2# y ni o'rta arifmetik deb belgiladik
print(f"o'rta geometrikning qiymati={g},
o'rta arifmetikning qiymati={y}")
4-misol. Nolga teng bo’lmagan ikkita son berilgan. Ularning yig’indisi, ko’paytmasi va har birining moduli aniqlansin.
Dasturi:
import matha = float(input(" a sonini kiriting = "))
b = float(input(" b sonini kiriting = "))
y = a+b# y ni ikki son yig'indisi deb belgiladik
k = a*b# k ni ikki son ko'paytmasi deb belgiladik
a = math.fabs(a)
b = math.fabs(b)
print(f"ikki son yig'indisining qiymati={y},
ikki son ko'paytmasining qiymati={k},
a ning moduli={a}, b ning moduli={b}")
5-misol. a burchak gradusda berilgan. Berilgan burchakning qiymatini radianga o’tkazuvchi dastur tuzilsin.
Dasturi:
import math
a = int(input(" Burchakning gradus qiymatini kiriting="))
r = (2*math.pi*a)/360
print("Burchakning radian qiymati = ", r)
6-misol. x kg konfet a so’m turadi. 1 kg va y kg konfet qancha turishini aniqlovchi dastur tuzilsin.
Dasturi:
x = float(input("Konfet miqdorini kiriting (kg) = "))
a = float(input("Olingan konfet miqdorining summasini kiriting = "))
y = float(input("y ni kiriting (kg) = "))
b = a/x# b ni 1 kg konfetning narxi deb olamiz
s = b*y# s ni y kg konfetning narxi deb oldik
print(f"1 kg konfetning narxi={b},
y kg konfetning narxi={s}")

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin