2- tajriba. Benzin va kerosinning alangalanish harorati
Reaktiv va materiallar: benzin, kerosin; 2 ta chinni likopcha.
Chinni likobchalarning biriga 1-2 ml benzin, ikkinchisiga shuncha kerosin quying. Benzin solingan likobchaga yonib turgan gugurt cho’pi tuting, u yonadi, kerosin esa yonmaydi. Unga tushirilgan yonib turgan gugurt o’chadi,chunki kerosinni yondirish uchun avval uni 30-400S gacha isitish kerak. Shundagina kerosin benzin kabi yonadi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
Alkanlar deb qanday birikmalarga aytiladi?
To’yingan uglevodorodlarda uglerod atomlarining gibridlanish turi qanday?
Alkanlarning nomlanishida qanday nomenklaturalar qo’llaniladi?
To’yingan uglevodorodlarning tabiatda tarqalishini ayting.
Alkanlarni fizikaviy xossalarini ayting.
To’yingan uglevodorodlarning kimyoviy xossalarini tushuntiring.
Mavzu: Oddiy va murakkab efirlar.
ODDIY EFIRLAR. DIETIL, DIBUTIL EFIRLARINING SINTEZI VA ULARNING XОSSALARI.
Ishning bajarilishi
1 - tajriba. Dietilefirning hosil qilinishi
Reaktiv va materiallar : etil spirt, kons. sulfat kislota; pipetka, probirkalar, spirt lampa.
Quruq probirkaga 1 ml etil spirt va 1 ml sulfat kislota soling. Aralashmani (ehtiyotlik bilan) qaynay boshlaguncha qizdiring, shundan keyin alangani o’chiring, qaynoq aralashmaga ÿna 10-12 tomchi etil spirt qo’shing. Bunda dietil efirining o’ziga xos hidi seziladi:
2 - tajriba. Dibutilefir sintezi
Reaktiv va materiallar : butil spirt — 20 g, sulfat kislota — 5,2 g, natriy gidroksidning 3 M eritmasi, kalsiy xlorid kukuni va to’yingan eritmasi; sovitgich, ajratgich voronka, þmaloq tubli kolba, tiqin, “qaynatar”, filtr qog’oz, isitish asbobi.
Hajmi 100 ml li þmaloq tubli kolbaga yig’gich orqali qayta sovitgich o’rnatilishidan oldin butil spirt va chayqatib turib sulfat kislota quying. Aralashmaga bir-ikki dona “qaynatar” soling. Asbobni shtativga o’rnating, asta qizdira boshlang, aralashma sekin qaynasin, 2-2,5 soatlardan keyin yig’gichda to’plangan suv miqdorini o’lchang. Suvning miqdori, tenglama asosida hisoblab chiqarilgan hajmga teng kelib qolganda, qizdirishni to’xtating.
|
Kolbani sovitib, aralashmani chayqatib turib unga 12 ml 3 M natriy ishqori eritmasidan quying. Aralashmani ajratgich voronkaga ko’chiring.Uni ishqoriy sharoit hosil bo’lguncha þving, so’ngra 15 ml suv va 12 ml to’yingan kalsiy xlorid eritmasi bilan ÿna þving. Olingan mahsulotni suv þqidan toblangan kalsiy xlorid bilan quriting. Uni haydash kolbasiga buklama qog’oz filtrdan o’tkazib joylang. Haydashni uzun deflegmator yordamida boshlab 135oS gacha davom ettiring. Kolbani sovitib uzun deflegmatorni kaltarog’iga almashtiring, haydashni ÿna qayta boshlab, 140-142 oS da haydaladigan dibutil efirni yig’ib oling. Toza efirning qaynash temperaturasi 140,9 oS, zichligi 0,784. Unum 10 g atrofida.
|
|
Dostları ilə paylaş: |