Nazorat savollari Aminokislotalarning nomlanishi va izomeriyasi qanday?
Aminobirikmalarning olinish usullarini bilasizmi?
Aminobirikmalarning fizik va kimyoviy xossalari haqida malumot bering.
Oqsillar qanday birikmalar?
Oqsillar tuzilishi haqida nimalar bilasiz?
Mavzu : Yuqori molecular birikmalar
YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR VA ULARNING AHAMIYATI Yuqori molekulyar birikmalar makromolekulasida monomer zvenolarining bir-biri bilan bog‘langanligiga ko‘ra chiziqli, tarmoqlangan va fazoviy (to‘rsimon) tuzilishda boiadi. Yuqori asimrnetrik darajali uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar chiziqli polimerlar deyiladi va ularni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: * - M - M - M - M - M - M - M - Yon tarmoqlarga ega boMgan va bu tarmoqlar soni hamda uzunligi juda katta oraliqda o ‘zgarishi mumkin bo‘lgan zanjirsimon strukturali polimerlar tarmoqlangan polimerlar deyiladi: ' I мj M -----------M ~ M —M - M - M м — - - - I I M M ! I M M ; i ' м . Bir-biri bilan fazoda ko‘ndalang kimyoviy bog‘lar bilan bogMangan uzun zanjirsimon makro m о I e ku I a 1 ard an iborat polimerlar fazoviy yoki to 'rsimon polimerlar deyiladi: м / / г M M / / 4 м М М М / / / I — M — M — M — M — M — M — M— I I / M M M I I / — м — M — M — M — M — M — Makromolekula tuzilishiga ko‘ra bunda,y polimerlar bir xil yoki har xil monomerlardan hosil bo‘lishi mumkin. Bir turdagi monomerlardan tashkil topgan yuqori molekulyar birikmalar gomopolimerlar deyiladi. Turli xil monomer zvenolaridan tuzilgan polimer birikmalar sopolimerlar deyiladi. Sopolimerlar makromolekulasida monomer zvenolari turlicha birikkan bo‘lishi mumkin. Agar sopolimer Mj va Mb monomeriardan olingan bo‘lsa, ular zanjirda ko‘proq tartibsiz joylashadi. Bunday sopolimerlar statistik sopolimerlar deyiladi va quyidagicha yoziladi: - M | - M 2 - M 2 - M i — M i - M | - M 2 - M 2 - Bundan tashqari takroriy sopolimerlar ham mavjud, bularning makromolekulasida monomerlar aniq takroriylik bo‘yicha joylashgan bo‘ladi: . - M, - M2 - M, - M2 - M, - M, - M, - M2- Makromolekulalari nisbatan yirik kimyoviy bir xil qismlardan (bloklardan) iborat chiziqli aralash polimerlar bloksopolimerlar deyiladi: — M i — M j M i — M j M i M ] — M 2 M 2 — M 2 — M 2 — Asosiy zanjiri bir xil, yon tarmoqlari boshqa xil monomeriardan iborat tarmoqlangan sopolimerlarpayvand sopolimerlar deb ataladi: ~1Л|—М ,— M, — M i— Мч - M , — I I M2 M2 i I M2 M2 i I Asosiy zanjirning tuzilishiga ko‘ra barcha yuqori molekulyar birikmalar gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar guruhlariga bo‘linadi: Asosiy zanjiri bir xil atomlardan, masalan, uglerod, oltingugurt, fosfor va h.k. iborat bo‘lsa gomozanjirli polimerlar hisoblanadi. Makromolekulaning asosiy zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan bo Isa, karbozanjirli polimerlar deyiladi: I I I i l l - c - c — с — с —с —c - I I I I I I Asosiy zanjir har xil atomlardan iborat bo‘)sa, geterozanjirli polimerlar deyiladi: I I i I ! l - c - c —o — с —c - o - c - c —о — I I I ! I I Polimerlar haqidagi bu tushunchalar, ularning oddiy moddalardan f'arqlanuvchi xossalari polimer materiallarning turli sohalarda keng ishlatilishini va ularning ahamiyatini tushuntirishga asos bo‘Iadi. Tirik tabiat organik yuqori molekulyar birikmalarning mavjudlik shaklidan iborat. U, asosan yuqori molekulyar birikmalardan iborat noorganik dunyo bilan o ‘zaro ta’sirda va uning qurshovida rivojlanadi. Yuqori molekulyar birikmalar er sharida xuddi guv va havodek tarqalgan, ammo bular insoniyat talabini qondirolmaydi. Shuning uchun ham insoniyat mavjud talablami qondirish uchun, asosan yuqori molekulyar birikmalardan foydalanadi, 0 ‘z ahamiyatiga ko‘ra insoniyat konstruksion material sifatida metallar, energiya manbai sifatida yoqilg‘ilar va oziq-ovqat mahsulotlari (yoqilg‘i bilan oziq-ovqat mahsulotlarining aksariyat qismi yuqori molekulyar birikmalardan iborat) raqobatlasha oladi. Yuqori molekulyar birikmalarning bunda,y keng tarqalganligi va nihoyatda katta ahamiyati makromolekulalarning murakkabligi va juda kattaligi bilan bogiiq. Makromolekuladagi atomlarning soni nihoyatda ko'pligi tufayli, ular xatto juda sodda elementar tarkibda ham turli xil izomerlarga ega boMaoladi. Masalan, 14 uglerod atomidan iborat to'yingan uglevodorod 1858 strukturaviy izomerga, 20 uglerod atomidan iborat uglevodorod esa, u hali yuqori molekulyar birikma bo‘lmasa-da, 366319 izomerga ega bo‘ladi. Kimyoviy tarkibning murakkablashishi bilan strukturaviy izomerlanish yanada ortadi. Organik yuqori molekulyar birikmalar ahamiyatining turli-tumanligini ta’riflab G. Shtaudinger shunday degan edi: «Hayotiy jarayonlarni anglash uchun biologik kimyo organik moddalarning cheksiz sonini va shunga mos cheksiz kimyoviy reaksiyalarni o'rganishni talab qiladi». Quyi molekulyar birikmalar engil harakatchanligi hisobiga bir-biri bilan yoki yuqori molekulyar birikmalar bilan tez reaksiyaga kirishadi va polimerlarni o ‘zgartiradi yoki parchalaydi. Shunday qiiib ular makromolekulalarning tabiatda tashuvchilari hisoblanadi. Makromolekulalarning murakkabligi va kam harakatchanligi yuqori molekulalarning uzoq mavjud bo'lishini hamda turli-tumanliligini ta’minlaydi. Yuqori molekulyar birikmalarning hosil boTish, o'zgarish va parchalanishining aniq yo‘llari juda murakkab va o‘ziga xos. Shu bilan bir qatorda tabiatda murakkab yuqori molekulyar birikmalar, masalan, oqsillaming hosil bo‘lish va o ‘zgarish jarayonlarining hayratlanarli qayta tiklanishi kuzatiiadi. Oqsillaming biokimyoviy sintezida ularning o'ziga xosligini belgilovchi nuklein kislotalar muhim roM o'ynaydi. Nuklein kislotalarning strukturasida oqsil molekulalarini ma’lum yo‘nalishda sintez qilish va ularning aniq qayta tiklanishida hamda organizmning irsiy belgilarini uzatishda m as’ullik asoslari jamlangan. Shu bilan birgalikda oqsil-ferment nuklein kisiotalar, polisaxaridlar va boshqa yuqori molekulyar birikmalar sintezini ta'miniaydi. Oqsillar, nuklein kisiotalar, uglevodlar va ularning kimyoviy o ‘zgarishlari - fermentlar, gormonlar, darmon-dorilar kabi moddalarning murakkab kompleksi organizm hayot siklining asosini tashkil qiladi. Yuqori molekulyar birikmalar ko‘plab konstruksion materiallarning asosini tashkil etadi. Bunday materiallar yuqori pishiqlik, elastiklik, qattiqlik kabi xossalarga ega boMishi lozim va bu sohada yuqori molekulyar birikmalar bilan faqat metallargina raqobatlasha oladi. Shunga ko‘ra polimer materiallar ishlatilmaydigan sohani topish qiyin. Jumladan, ular samoletsozlik, avtomobilsozlik, mashinasozlik, tibbiyot, oziq-ovqat sanoati, radiotexnika, elektrotexnika, qishloq xo'jaligi, chorvachilik va baliqchilik tarmoqlari, qurilish, temir yo‘l va boshqa ko‘plab sohalarda keng ishlatiladi. Sanoatning ba’zi sohalarigina yuqori molekulyar tabiiy materiallarni hech qanday kimyoviy-texnologik jarayonlarni qoilam ay mexanik texnologiya usullari bilan qayta ishlaydi. Bularga asosan, yog‘ochni qayta ishlash sanoati va paxtani qayta ishlashning ba'zi sohalarini kiritish mumkin. Sanoatning deyarli barcha sohalarida yuqori molekulyar tabiiy materiallarni qayta ishlash jarayonlari mexanik va kimyoviy texnologiya bilan birgalikda olib boriladi. Bunda masalan, ip-gazlama, jun va kanop to'qimachilik tolalari, tabiiy ipak, mo‘vna va charm sanoatlarida mexanik texnologiya jarayonlari asosiy c'rin tutadi, ammo ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy texnologiyaning muhim jarayonlaridan tola/m ato, mo‘vnani bo‘yash va charmni oshlash hamda bo‘yash va h.k.Iarda kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi. Sellyuloza qog‘oz sanoatida, xususan, rezina sanoati, plastmassalar, sun’iy tolaiar ishlab chiqarishda, aksincha, qayta ishlashning kimyoviy texnologik jarayonlari ustun turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Uaytilgan, Devis, Pek va Stenli. (2008). Kimyo. (8-nashr). CENGAGE o'rganish.
Xunta de Andalusiya. (s.f.). 100 ta oddiy fizika va kimyo tajribalari. [PDF]. Qayta tiklandi: juntadeandalucia.es
Mariya M. Fernandes Kasar. (1998). Kimyo: Laboratoriya qo'llanmasi. Tahririyat Triángulo, Karakas.
Helmenstine, Anne Mari, tibbiyot fanlari doktori (2020 yil 11-fevral). Zerikkan bolalar uchun eng yaxshi kimyoviy loyihalar. Qayta tiklandi: thoughtco.com
Publications International Ltd. muharrirlari (2007 yil 18-noyabr). Bolalar uchun ilmiy loyihalar: kimyoviy reaktsiyalar. Qayta tiklandi: lifestyle.howstuffworks.com
Ben Finio. (2019 yil 1-avgust). Fil tish pastasini tayyorlang. Ilmiy do'stlar. Qayta tiklandi: Scientificamerican.com
Santander sanoat universiteti. (s.f.). Amaliyot 10: Kimyoviy o'zgarish, stokiometriya va qayta ishlash. [PDF]. Qayta tiklandi: Ciencias.uis.edu.co