NH 2 + H 2 SO 4 [C 6 H 5 N + - H 3 ]HSO 4 Anilinning sulfat tuzi suvda qiyin eriydi.
tajriba. Anilinning brom bilan o`zaro ta`siri. Reaktivlar: anilin, bromli suv. Probirkaga 0,5 ml anilin va suv solib emulsiya hosil bo`lguncha chayqatiladi va ustiga teng hajmda bromli suv qo`shiladi. Hosil bo`lgan tribromanilin moysimon suyuqlik tarzida ajraladi va qotadi. C 6 H 5 NH 2 + 3Br 2 C 6 H 2 Br 3 NH 2 + 3HBr 2,4,6-tribromanilinning oson hosil bo`lishi orto- va para- holatlardagi vodorod atomlarining harakatchanligi bilan tushuntiriladi.
Mavzu: Sovunlar
3-tajriba. Yog`larning sovunlanishi. Reaktivlar: yog`, 10% li NaOH ning to`yingan eritmasi. Chinni kosachaga 2 ml paxta moy solib, ustiga NaOH eritmasidan 40 ml quyiladi va aralashtirib turib asbestlangan to`r ustida vaqti-vaqti bilan suv qo`shib to`liq gidrolizlanguncha aralashma qizdiriladi. Gidroliz jarayoni tamom bo`lganligini bilish uchun gidrolizatning bir tomchisi 1-2 ml suv ustiga tomizilganda, gidrolizat suvda batamom erisa, sovunlanish yakunlangan bo`ladi. Reaksiya yakunlangach aralashma sovutiladi va unga aralashtirib turib osh tuzining to`yingan eritmasidan 20 ml qo`shiladi. Hosil bo`lgan qattiq sovun eritma betiga qalqib chiqadi. Uni doka orasiga siqib yig`ib olinadi.
Mustaqil ta`lim uchun savollar va mashqlar
1. Moy kislotaning izopropil efirini tuzilish formulasini yozing.
2. Yog`lar va moylar qaysi tarkibiy qismiga ko`ra bir biridan farq qiladi?
3. Mumlar tarkibida qanaqa organik birikmalarning qoldiqlari bor?
4. Yog`dan sovun olish reaksiyasi tenglamasini yozing, hosil bo`lgan mahsulotni kimyoviy nomi qanday?
Laboratoriya ishi Oksikislotalarning xossalari.
Reja:
1.Oksi kislotalarning turlari va nomlanishi.
2.Aldegido- va ketokislotalarning ayrim vakillari.
3.Sut va vino kislotalar xossalariga doir tajribalar.
1-tajriba. Sut kislotaning parchalanishi. Reaktivlar: sut kislota, konsentrlangan sulfat kislota, fuksin sulfit kislota. Probirkaga 1ml sut kislota va 2ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Probirkaning og`zi gaz chiqadigan nay o`rnatilgan tiqin bilan berkitiladi. So`ngra aralashma qaynaguncha ohista qizdiriladi. Bunda sut kislota parchalanib, sirka aldegid va chumoli kislota aralashmasi hosil bo`ladi.sirka aldegid hosil bo`lganligini isbotlash uchun gaz chiqish nayining ikkinchi uchi fuksin sulfit kislota eritmasi solingan probirkaga tushirilganda eritma pushti-binafsha rangga bo`yaladi. 2-tairiba. Vino kislota tuzlarini olish. Reaktivlar: vino kislota, o`yuvchi natriyning 5% li eritmasi, o`yuvchi kaliyning 5% li eritmasi. Probirkaga 0,1 gr atrofida vino kislota lml suvda eritiladi va unga tomchilatib, shisha tayoqchani probirka devorlariga ishqalangan holda o`yuvchi kaliy eritmasidan qo`shiladi. Natijada vino kislotaning suvda yomon eriydigan kaliyli tuzi oq kristallari cho`kma holida hosil bo`ladi. H 2 C 4 H 4 O 6 + KOH KHC 4 H 4 O 6 + H 2 O Shundan keyin olingan cho`kma erib ketguncha tomchilatib 1ml o`yuvchi natriy eritmasi quyiladi. Natijada yaxshi eriydigan o`rta tuz (segnet tuzi) hosil bo`ladi. Hosil qilingan segnet tuzi eritmasi keyingi tajribada ishlatiladi. 3-tajriba. Feling suyuqligini hosil qilish. Reaktivlar: segnet tuzi eritmasi, mis sulfatning 5% li eritmasi, o`yuvchi natriyning 10% li eritmasi. Yuqoridagi tajribada olingan segnet tuzi eritmasiga aniq ishqoriy muhit hosil bo`lguncha ishqor eritmasidan, so`ngra tomchilatib mis kuporosi eritmasidan qo`shiladi. Bunda avval mis (II) gidroksidning havo rang cho`kmasi hosil bo`ladi, u probirka chayqatilganda eriydi va feling suyuqligi deb ataladigan tiniq ko`k rangli eritma hosil bo`ladi. Feling suyuqligi oksidlovchi xossalarga ega bo`lib qaytaruvchi moddalar (aldegidlar, glyukoza, maltoza, va hokazo)ni aniqlash uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |