3-tajriba. Natriy metalining oksidlanishi. Natriyning bir bo‘lakchasini olib, filtr qog‘oz bilan kerosin yuqidan tozalang. Uni chinni tigelga soling va chinni uchburchakka joylab, mo‘rili shkafni (oynasi yopiq holda) ichida spirt lampasi alangasida qizdiring. Natriy metali alanga olgach, spirt lampasini olib qo‘ying. Hosil bo‘lgan moddani probirkaga solib, 2-3 ml distillangan suvda eriting. Probirka ichiga uchi yallig‘lanib turgan cho‘p tushuring. Reaksiya tamom bo‘lgandan so‘ng eritmani lakmusli qog‘oz bilan sinab ko‘ring.
Topshiriq: Natriy metali alanga olganda, hosil bo‘lgan modda distillangan suvda eritinglganda qanday moddalar hosil bo‘ladi? Reaksiyalarning tenglamalarini yozing. Probirka ichiga uchi yallig‘lanib turgan cho‘p tushurilganda nima o‘zgarish sodir bo‘ladi? Reaksiya tamom bo‘lgandan so‘ng eritma qanday muhitga ega bo‘ladi? Barcha reaksiya tenglamalarini yozing va savollarga javob yozing.
3.2. Asoslarning olinishi va xossalari
Kеrakli jihоzlar: toza stakanlar, mеtall qoshiqcha, spirt lampasi, shisha plastinka, probirkalar, chinni kosacha, qisqich.
Kеrakli rеaktivlar: metiloranj eritmasi, oltingugurt kukuni, kalsiy yoki bariy gidroksidlarning 10% li eritmasi, sulfat kislotaning 2n li eritmasi, rux mеtali, mis (II)-sulfat eritmasi, natriy gidroksidning 1n li eritmasi, distillangan suv.
4-tajriba. Metalning suv bilan ta’sirlashishidan ishqor olish. Uchta chinni kosachaga suv quying. Litiy, natriy, kaliy metallaridan moshdek bo‘lagini olib, filtr qog‘oz orasiga olib quriting va kosachalardagi suvga tashlang. Reaksiyalarning ohirida metall sachrab ketishi mumkin, shuning uchun tajribani mo‘rili shkafning oynasini yopib bajaring.
Topshiriq: Litiy, natriy, kaliydan qaysi biri shiddatli reaksiyaga krishishini kuzating va tushuntiring. Reaksiya tugagach, hosil bo‘lgan eritmani lakmus yoki fenolftalein bilan sinab ko‘ring. Reaksiyalarning tenglamalarini yozing.