Amfoter oksidlar. Amfoter oksidlar deb ham kislota, ham asoslar bilan reaktsiyaga kirishib tuz va suv hosil qiluvchi oksidlarga aytiladi. Amfoter oksidlarga berilliy (II)-oksid -VeO, alyuminiy (III) -oksidi AI2O3, titan (IV) -oksidi TiO2 marganets(IV) MnO2 larni misol qilib keltirish mumkin.
Bu oksidlar kislotalar va asoslar bilan reaktsiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.
BeO + H2SO4 = BeSO4 +H2O
BeO + 2NaOH = Na2BeO2 +H2O
Asoslar. Molekulasida bir yoki bir nechta gidroksidi grupp tutgan metall atomlaridan iborat murakkab birikmalar asoslar deyiladi. Yoki asosli oksidlarning suvdagi eritmalariga asoslar deyish mumkin.
Masalan:
MgO + H2O = Mg (OH)2
CaO + H2O = Ca (OH)2
Suvda eruvchi asoslarga ishqorlar deyiladi. Ishqorlar bu ishqoriy va ishqoriy - yer metallarning gidroksidlaridir. KON. Ca (ON)2, NaOH, ZiOH, Ba(OH)2 lar kuchli ishqorlardir. Gidroksidlar kislotalar bilan reaktsiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi. Bunday reaktsiyaga neytrallanish reaktsiyasi deyiladi.
2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + H2O
Tuzlar bilan reaktsiyaga kirishib yangi gidroksid hosil qiladi.
2KOH + CuSO4 = Cu(OH)2 + K2SO4
Amfoter gidroksidlar. Amfoter gidroksidlar kislota va asoslar o’rtasida turuvchi oraliq moddalar hisoblanadi. Ular ham asos, ham kislotalar bilan reaktsiyaga kirishib o’ziga hos birikmalar hosil qiladi. Ular o’zida ham kislotali, ham asoslik hossalarini nomayon etganligini uchun amfoter deb yuritiladi.
Masalan rux gidroksidi - Zn (OH)2 kislotalar bilan huddi asoslar singari, asoslar bilan huddi kislotalar singari reaktsiyalarga kirishadi.
Zn (OH)2 + H2SO4 = ZnSO4 + 2H2O
Zn (OH)2 + 2ZaOH = Zn(OH)2 + 2H2O
Kislotalar deb suvdagi eritmalarida vodorod ionidan boshqa musbat kation hosil qilmaydi murakkab kimyoviy birikmalarga aytiladi. Kislotalar tarkibida kislorod bor yoki yo’qligiga qarab ikki turga ajratiladi.
I. Kislorodli kislotalar
H2SO4 - sulfat kislota, HNO3 - nitrat kislota, N2CO3 - karbonat kislota, N3PO4 - fosfat kislota va hokazo.
II. Kislorodsiz kislotalar
HF - ftorid kislota, HCl- xlorid kislota, H2S - sul'fid kislota, HCN - tsianid kislota va hokozo.
Kislotalar tarkibidagi vodorodlar soniga qarab 1.2.3. asosli kislorotlarga bo’linadi.
Masalan: HCl - 1 asosli, H2SO4 2-asosli, H3PO4 3-asosli kislotalardir.
Kislotalar lakmus tasirida qizil rangga bo’yaladi.
Dostları ilə paylaş: |