V.Sxemani amalga oshiring.
Bu shartda guruhlarga anorganik moddalar sinflari orasidagi genetik bog'lanishga oid sxemalar amalga oshirish taklif etiladi. Birinchi ishlab kelgan guruhga rag'bat beriladi.
Baholash: baholar shartli belgilar, aniqrog'i elementlar belgisi bilan ifodalanadi.
5 ball - azot elementining kimyoviy belgisi N bilan ifodalanadi.
4 ball - uglerod elementining kimyoviy belgisi С bilan ifodalanadi.
3 ball - alyuminiy elementining kimyoviy belgisida Al bilan ifodalanadi.
1 shart. Har bir guruh o'z nomiga ta'rif beradi.
1 guruh a 'zolari nomiga ta 'rif beradilar:
Bizga nom bering navbat
Paxlavonimiz oksidmiz
Belimiz ham baquvvat
Tarkibimiz kislarod
Ya'ni oksid nomimiz
Qattiq bizning jonimiz
Oksidlar- biri kislorod bo'lgan ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Oksidlar binar birikmalardir. Umumiy formulasi: E2On
Masalan: Fe,03 Na20, P,05, COr
Oksidlar besh guruhga bo'Iinadi:
Asosli oksidlar - Na20, K,0, CaO. Bu oksidlar kislotalar, kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuzlarni hosil qiladi.
Kislotali oksidlar- metallmaslarni kislorod bilan hosil qilgan birikmalari hisoblanadi. Masalan; SO, SO,, P,05. Bu oksidlarni kislotali deyilishiga sabab, bu oksidlar suv bilan reaksiyaga kirishib, tegishli kislotalarni hosil qiladi.
Amfoter oksidlar - kislotalar bilan ham asoslar bilan ham tuz hosil qiluvchi oksidlardir.Masalan: A1,03, ZnO, Cr203
Befarq oksidlar deb- tuz hosil qilmaydigan oksidlarga aytiladi. Masalan: SiO, N,0, NO.
Peroksidlar- bu oksidlarda kislorod atomlari bir-biri bilan o'zaro kimyoviy bog' orqali bog'langan bo'ladi. Masalan: Ba02 Na,0„ (Na-O-O-Na), H202
2-guruh a 'zolariо’z nomiga ta 'rif beradilar.
Asos deydilar bizni
Maqtamang o'zingizni
O'yuvchidir xossamiz
Kuydirar ko'zingizni
Asoslar deb - metall atomi va bir yoki bir necha gidroksid guruh (OH) dan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi.
-Asoslar funksional guruhli moddalar toifasiga kiradi.
- Gidroksid guruh bir valentli bo'lib, umumiy formulasi: Me(OH)n
Asoslar fizik xossasi ya'ni suvda erishiga qarab ishqorlar va suvda erimaydigan, hamda kimyoviy xossalariga ko'ra amfoter asoslarga bo'linadi:
Suvda eriydigan asoslar- ishqorlar deyiladi. Misol: NaOH, KOH, Ca(OH) ishqorlar teri va to'qimalarni kuydiradi va shuning uchun o'yuvchi ishqorlar ham deb yuritiladi.
Suvda erimaydigan asoslar- gidroksidlar ham deyiladi. Ularning rangi xilma-xil bo'ladi.
Masalan: Na(OH)2- yashil, Fe(OH)3-qo'ng'ir, Cu(OH)2- havorang.
3. Amfoter asoslar- ham kislotali ham asos xossasiga ega bo'lgan gidroksidlardir.
Masalan: Al(OH)3, Cr(OH)3, Sn(OH)4, Zn(OH)2.
3-guruh a'zolari o'z nomiga ta'rif beradilar.
Bunaqa ko'p gaplardan
Og'riydi meni boshim
Gapni qisqa qilganda
Meni otim kislota
Maqtanishni bas qiling
Bizlar bilam baxs qiling
Kislotalar- tarkibida metal atomlariga о'mini bera oluvchi vo-dorod atomlari va kislota qoldig'idan iborat murakkab moddalarga ay-tiladi.
Umumiy formulasi: HnK bu yerda: K- kislota qoldig'i Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soni nechta bo'lsa, kislota qoldig'ining valentligi shunga teng bo'ladi. Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soniga qarab uchga boiinadi:
I negizli kislota II negizli kislota III negizli kislota
HCl, HF, HJ H,S, H,S03 н3во3 H3POJ(
HC10,HN03 H2S04H2Cr04 H3P03
Kislotalar tarkibida kislorod bo'lishiga qarab , ikkiga bo'linadi.
Kislorodli kislota: Kislorodsiz kislota:
HCl, HF, HJ, H2S, HCl HC10, HN03 H2S(\ H3B03 H3P04.
4-guruh a 'zolari о 'z nomiga ta 'rif beradilar. Tuzlar- metall atomlari va kislota qoldig'idan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi.
- Tuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos gidroksidi-ning kislota qoldig'iga almashinishidan hosil bo'ladi. Umumiy formulasi: M К
Bu yerda: M-metall atomi, K- kislota qodig'i, n- kislota qoldig'ining valentligi, m- metall atomining valentligi. Tuzlar asosan uch turga bo'linadi: