Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Atom to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə29/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

Atom to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi. Modda tuzilishining diskretligi haqidagi tushunchalar qachondan boshlanganligi noma’lum. Atomni, ya’ni materiyaning boshqa bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi haqidagi tushunchalarning asoschilari bo’lib, qadimgi grek filosof olimlari Levkipp (eramizgacha V asr) va uning o’quvchisi Demokrit (eramizgacha 470-357 yillar) hisoblanishadi. O’z zamondoshlaridan farq qilib, ular atom haqidagi tasavvurlarning turli xil aspektlarini ishlab chiqdilar. Materiyaning juda mayda bo’linmaydigan, bir-biridan o’lchamlari (shuningdek, massasi) va formasi bilan farq qiladigan zarrachalarni Demokrit "atom" (bo’linmaydigan) degan termin bilan atashni kiritdi.
XIX asrning oxiriga qadar, atom bo’linmas zarracha deb hisoblanar edi. Bu tasavvur atomning tabiatini va uning tuzilishini o’rganishga ko’p vaqt to’sqinlik qilib keldi. XIX asrning boshida Moskva Davlat Universitetining professori M.G.Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning tuzilishida elektr zaryadi ishtirok etadi, atomning tuzilishi planetar tuzilishdir, degan fikrni maydonga tashladi. 1815 yilda ingliz olimi Prout ham elementlar atomi murakkab tuzilgan va ular vodoroddan iborat degan fikrni bildirdi. XIX asrning oxirida katod nurlari, anod nurlari, rentgen nurlari, nurlanishning kvant nazariyasi, radioaktivlik hodisasi kabi bir necha kashfiyotlar qilinishi natijasida atomning murakkab tuzilganligini isbotlab berildi.
Eritmalar (XIX asr 30 y. ingliz olimi M.Faradey) va gazlardan elektr tokini o’tishini o’rganish; past bosimdagi gazlarda katodlar orasida birinchi - musbat zaryadli ionlar, ikkinchi - manfiy zaryadli ionlar elektronlarning tartibli harakatini ko’rsatuvchi kanal nurlari (1886y.) va katod nurlari (1895 yil, ingliz olimi Kruks) ning kashf etilishi; elektronning mavjudligini isbotlash (1897 y. J.Tomson) va uning tavsifi (zaryadi va massasi)ni o’lchash; radioaktiv hodisasi (1896 y. A.Bekkerel) va boshqa bir qancha tadqiqotlar moddalarning atomlari turli turdagi zaryadlangan zarrachalardan tarkib topib, murakkab tuzilishga ega ekanligini ko’rsatadi.
Atom (qadimgi yunoncha: ἄτομος — atomos — boʻlinmas) — kimyoviy elementning barcha xossalarini oʻzida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki „boʻlinmas“ nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. Atom musbat zaryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Atom markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida oʻlchovlari (~ 10~8 sm) atom oʻlchovlarini ifodalaydigan elektron qobiklarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. Atom yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng (atomdagi barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning davriy tizimidagi tartib raqamiga teng. Atom elektronlarni tutib olib yoki berib, manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Atomning kimyoviy xossalari asosan tashqi qobikdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi; kimyoviy qoʻshilib, atomlar molekulalar hosil qiladi. Atomning ichki energiyasi uning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya maʼlum (diskret) qiymatlarga ega boʻlishi va u sakrashsimon kvant oʻtishlardagina oʻzgarishi mumkin. Maʼlum qiymatdagi energiyani yutib, atom qoʻzgʻalgan holat (energiyaning yuqoriroq sathi)ga oʻtadi. Atom foton chiqarib, qoʻzgʻalgan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning pastroq sathi)ga oʻtadi. Atomning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath, Atom markazida Ze musbat zaryadli massiv yadro joylashgan, yadro atrofida — Ze elektronlar aylanadi. Atomning deyarli hamma massasi yadroda toʻplangan. qolganlari esa qoʻzgʻalgan sathlar deyiladi.atom tuzilishi haqidagi fan („Atom fizikasi“ „Yadro fizikasi“, „Elementar zarralar fizikasi“ va boshqa yoʻnalishlar) nazariyasi ancha murakkab boʻlib, fizikaning deyarli barcha yutuqlariga va hozirgi zamon matematik apparat yutuqlariga tayanadi.Ad.:Bekjonov R. B., Atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995; Modda tuzilishi, T., 1997.[1]
Atamani yunon faylasufi Demokrit miloddan avvalgi V asrda kiritgan.

  • Hamma jismlar, shu jumladan oʻzimiz ham, atomlar deb ataluvchi juda mayda „gʻishtchalar“ dan iborat. Tabiatda kimyoviy elementlar qancha boʻlsa, bunday „gʻishtchalar“ turlari shuncha boʻladi. Kimyoviy element — ayni bir turdagi atomlar toʻplami.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin