Annotatsiya Dastur 5A111201 – o‘zbek tili va adabyoti magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5111200 – o‘zbek tili va adabyoti ta’lim yo‘nalishining 2017-2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida


HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI fani bo‘yicha



Yüklə 82,83 Kb.
səhifə2/21
tarix01.12.2023
ölçüsü82,83 Kb.
#170889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
‘Тастыйы3лайман’-fayllar.org

HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI fani bo‘yicha
Fonetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Fonetik tizimning segment va
supersegment biriliklari, ularning shakllantiruvchi va tanituvchi funksiyalari.
Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari: umumiy fonetika, xususiy
fonetika (tavsifiy fonetika, tarixiy fonetika), qiyosiy fonetika eksperimental
(instrumental) fonetika. Fonetikaning to‘rt aspekti: Fizik-akustik aspekt.
Anatomik-fiziologik aspekt. Perseptiv aspekt. Lingvistik-funksional aspekt.
Fonologiya. Fonema, uning differensial (farqlanadigan) va integral 
(farqlanmaydigan) belgilari. Fonologik zidlanishlar, ularning turlari: bir o‘lchovli,
ko‘p o‘lchovli, proporsional, ekvipolent, privativ va gradual (pog‘onali)
oppozitsiyalar. Korrelyatsiya bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va
undan ortiq zidlanishlar qatori sifatida. Vokalizm va konsonantizm tizimlarida
korrelyatsiya turlari. Fonema ottenkalari fonemalarning talaffuzdagi real ko‘rinishlari


4
ekanligi. Fonema va ottenkalar o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik munosabatlari.


Ottenkalar tasnifi: majburiy ottenkalar (kombinator, pozitsion ottenkalar), individual
ottenkalar va fakultativ ottenkalar. Ottenka, variant va variatsiya tushunchalari
o‘rtasidagi munosabatlar.
Fonetik hodisalar, ularning turlari. Kombinator omillar ta’sirida sodir
bo‘ladigan hodisalar: assimilyatsiya, akkomodatsiya, ularning turlari. Nazalizatsiya.
Pozitsion omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar: reduktsiya, ochiq bo‘g‘indagi
unlilarda sifat o‘zgarishi, ayrim jarangli undoshlarning so‘z oxirida jarangsizlanishi.
Turkiy so‘zlarning an’anaviy fonetik tarkibiga moslashish: proteza, epenteza, epiteza.
Fonetik hodisalarning boshqa turlari: tovush tushishi (prokopa, sinkopa, apokopa,
eliziya sandxi hodisasi, aferezis, gaplologiya), tovushlarning o‘rin almashinuvi
(metateza), dissimilyatsiya, geminatsiya, degeminizatsiya, sinerezis, spirantizatsiya
va boshqalar. Bo‘g‘in (sillabema). Bo‘g‘in tuzilishi. Bo‘g‘in markazi. Bo‘g‘in tiplari:
berkitilgan bo‘g‘in, berkitilmagan bo‘g‘in, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in. Bo‘g‘in
tiplarining yangi tasniflari. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati. Urg‘u
(aksentuatsiya). Urg‘u tiplari: so‘z urg‘usi, uning fonetik tabiatiga, tushadigan o‘rniga
va harakat qilish belgisiga ko‘ra turlari (dinamik urg‘u, erkin urg‘u, ko‘chadigan
urg‘u, ko‘chmaydigan urg‘u); sintagma urg‘usi, uning mezonlari; ayiruv urg‘usi
(logik urg‘u va emfatik urg‘u). Urg‘uning til va nutqdagi roli. Intonatsiya
(intonema), uning prosodik elementlari: nutq melodikasi, nutq ritmi, temp, nutq
intensivligi, nutq tembri, pauza. Intonatsiya turlari: tugallangan intonatsiya,
tugallanmagan intonatsiya, darak intonatsiyasi, so‘roq intonatsiyasi, undov
intonatsiyasi, chaqiruv (undash) intonatsiyasi, sanash intonatsiyasi va boshqalar.
Intonatsiyaning gap va nutqdagi roli.

Yüklə 82,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin