Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-690-693
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 692 www.ares.uz
bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy
harakat vazifalarini hal
qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa
harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo„nalishda samarali
foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda muvozanatini saqlash maqsadida so„nib
boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinamik o„yin bo„lganligi
sababli
voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o„yin vaziyatidan kelib chiqqan holda
ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o„yinchining
texnik
mahoratini belgilaydi.
Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi:
- harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi;
- xalal beruvchi omillar (charchash, tashqi sharoitning salbiy ta‟sirlari)
mavjudligida harakatlarning bajarilish barqarorligi;
- raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va
bunda harakat qismlarini boshqara olish;
- usullarning bajarilish ishonchliligi.
Voleybol taraqqiyotining har xil davrlarida texnik harakatlarni bajarish
usullari,
talablari, shakli, mazmuni o„zgaradi va takomillashib boradi. Texnik
usullarning o„zgarishiga o„yin qoidalarining o„zgarishi, taktik harakatlarning
takomillashuvi, o„yinchilar jismoniy tayyorgarligi darajasining o„sib borishi asosiy
sabab bo„ladi. Hujum va himoyadagi o„yin dinamikasining o„sishi,
harakatlar
potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining
kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo„ladi.
Shunday bo„lsada, o„yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundan-da
samaraliroq imkoniyatlari yo„q deb bo„lmaydi. Malakali
sportchilarning funktsional
va jismoniy imkoniyatlari o„yin texnikasiga yangi, ilg„or usullarni kiritish va uni
ro„yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratadi.
XULOSA
O„yin texnikasini tasniflash – ularni shakli, mazmuni, qo„llaniladigan
usullarning
nimaga
mo„ljallanganligi,
harakatlarning
bir-biriga
bog„liqligi,
harakatlarning kinematik va dinamik tuzilishiga qarab ma‟lum
guruhlar va
bo„limlarga ajratishdir. Voleybol texnikasi ikkita katta bo„lim: hujum va himoya
texnikalariga bo„linadi. O„z navbatida, yuqoridagi bo„limlar ham texnik usullarning