Annotatsiya maqolada voleybol sport turiga oid ba‟zi ma‟lumtolar keltirib o„tilgan. Ya‟ni ushbu sport turning texnikasi, tasnifi o„ziga xos xususiyatlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 241,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.08.2023
ölçüsü241,06 Kb.
#140172
1   2   3   4
voleybol-sport-turida-o-yin-texnikasi-va-uning-tasnifi (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
“Texnika” atamasi yunoncha (texnus) so„z bo„lib, juda keng ma‟noda 
foydalaniladi va o„zbek tilida “san‟at” tushunchasini anglatadi. Miloddan avvalgi 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-690-693 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 691 www.ares.uz 
776-yildan boshlab har 4 yilda Yunonistondagi Olimp tog„larining etagida joylashgan 
Olimp qishlog„ida Xudo Zevs sharafiga o„tkaziladigan umumyunon bayram 
musobaqalari ishtirokchilari 2 g„ildirakli aravachada poyga, mushtlashish, beshkurash 
sporti bo„yicha o„z san‟atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qizig„i shundaki, har 
bir ishtirokchi musobaqadan oldin o„z qaddi-qomatini, mushaklarini shakllanganligi 
va boshqa shu sportga oid xislatlarni namoyish qilishi mazkur musobaqaning 
shartlaridan biri bo„lgan. Demak, muayyan sport turi bilan shug„ullanish natijasida 
odamning qaddi-qomati, mushaklari va organizmning jamiyki barcha organlari 
shakllanadi, binobarin, sportchining texnik mahorati, san‟atini takomillashishi 
ta‟minlanadi. Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, 
televizor, sovutgich, soat va hokazo), ularning texnik pasporti mavjud bo„lib, unda 
mazkur vositaning texnik ko„rsatkichlari va o„lchamlari berilgan bo„ladi. Sportda 
ham muayyan harakat malakasining o„ziga xos texnik ko„rsatkichlari, o„lchamlari va 
uni ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir. 
Voleybol o„yini texnikasi o„yinni olib borish uchun zarur bo„lgan harakat 
usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga 
muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi. O„yindagi har bir texnik usulni 
bajarish bir-biri bilan uzviy bog„langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. 
Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va 
yetarli bo„lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning 
muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o„rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar).
Texnikaning asosiy qismi – ma‟lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng 
muhim va hal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan qisqa 
vaqt oralig„ida katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi. 
Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi 
darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda turlicha bo„lib, bu ularning 
morfologik va funktsional imkoniyatlariga bog„liq bo„ladi. Texnik harakatlarni 
bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma‟lum bir fazalari farqlanadi. Odatda, 
harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab 
qo„yish mumkin.

Yüklə 241,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin