Fransiya XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida XVII asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish. Mazarini va Fronda. Lyudovik
XIV absolyutizmi. Fransuz ma’rifatchiligi. Inqiloboldi inqirozi. Fransiya inqilobi (XVIII asr oxiri).
Konsullik va birinchi imperiya. Napoleon Bonapartning ichki va tashqi siyosati. Burbonlarning
dastlabki tiklanishi. Vena kongressi va uning qarorlari. Burbonlarning ikkinchi tiklanishi. Tiklanish
davrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish. 1830 yil iyul inqilobi. Fransiyada Iyul monarxiyasi (1830-1848
yy.). 1848 yil inqilobi. Ikkinchi Respublika. 1851 yil 2- dekabr davlat to‘ntarilishi va Ikkinchi
imperiya. Ikkinchi imperiya davrida Fransiyaning ichki va tashqi siyosati. Mustamlakachilik siyosati.
Fransiya-Prussiya urushi. Uchinchi Respublika. XIX asr oxirida siyosiy inqirozlar. XIX oxiri – XX
boshida Fransiyaning iqtisodiyoti. Uchinchi respublikaning tashqi siyosati. XX asr boshida siyosiy
kurash. Fransiya Birinchi jahon urushi yillarida.
Germaniya XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida German davlatlari O‘ttiz yilik urushdan so‘ng. Iqtisodiy vaziyat. Dexqonlar harakati. German
shaharlari. Brandenburg-Prussiya davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi. Prussiya
qirolligi. Fridrix II ning ichki va tashqi siyosati. German davlatlari xalqaro munosabatlar tizimida.
YAgona nemis millatining shakllanishi. Madaniy rivojlanish. Fransiyadagi inqilob (XVIII asr oxiri)
va nemis davlatlari. German davlatlari. Napoleon urushlari davrida. 1815-1848 yillarda ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy rivojlanish. 1848-1849 yillar inqilobi. Inqilobdan so‘ng Germaniyaning
rivojlanishi. Iqtisodiy o‘sish. Sanoat to‘ntarishining yakunlanishi. Agrar islohotlar. Otto fon Bismark
faoliyati. Shimoliy German ittifoqining barpo etilishi. Tashqi siyosat. Fransiya-Prussiya urushi va
Germaniyaning birlashishi. XIX asr oxirgi choragida Germaniya imperiyasining davlat tuzumi va
iqtisodiyoti. XIX asrning oxirgi choragida ichki siyosiy vaziyat. Germaniya xalqaro munosabatlar
tizimida (XIX asrning oxiri – XX asr boshida). XX asr boshida Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy rivojlanishi. Germaniya va “Jahon siyosati”. Germaniya birinchi jahon urushi yillarida.