Annotatsiya


ta’lim jarayonini kompьyuterlashtirish va axborotlashtirish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə15/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

ta’lim jarayonini kompьyuterlashtirish va axborotlashtirish;

  • kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholashning ob’yektiv tizimini qo’llash;

  • aql-idrokning rivojlanishi, o’lchanishi va baholanishi, qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlar muammosi, shuningdek, kasbga yo’naltirish muammosi bo’yicha psixologik-pedagogik tadqiqotlarni bajarish;

  • o’qituvchilarning moddiy va ijtimoiy jihatdan yuqori darajada himoyalanganligi tufayli ta’minlanadi.

    Barcha darajadagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasi negizida ularni tayyorlash sifatini uch asosiy bosqichda ta’minlashga majmuaviy yondashuv yotadi.

    Birinchi bosqichda mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj prognoz qilinadi va ular oldiga qo’yiladigan talab belgilanadi, ya’ni, mutaxassis modeli yaratiladi. Bunda sifatning o’sib boruvchi darajasi belgilanadi.

    Ikkinchi bosqichda mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladi, u belgilangan sifat darajasini ta’minlashi zarur.

    Nihoyat, mutaxassislardan professional faoliyatda foydalanish bilan bog’liq bo’lgan uchinchi bosqichda ta’minlangan sifat darajasi ham o’z ustida uzluksiz ishlash yo’li bilan, ham maxsus ta’lim muassasalarida malaka oshirish yo’li bilan oshirilishi kerak.

    Ushbu strategiyaning huquqiy asosi Davlat ta’lim standartlari va talablari, me’yoriy hujjatlar, nizomlar hamda ta’lim muassasasining maqomini, moddiy-texnika bazasini, moliyalashtirilishini, o’qituvchilar tarkibini, o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish va bosh­qa faoliyatini belgilovchi boshqa hujjatlardir.

    Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun kasb-hunar ta’limida standartlashtirish o’sib borishi lozim. Uning mohiyati amalda erishilgan me’yorlarga nisbatan yuqori va sifat jihatdan yangi talablarni belgilashdan iborat. O’sib boruvchi ta’lim standartlarida mutaxassislar bitirish vaqtiga kelib o’sha paytdagi fan, texnika, texnologiyalar va iqtisodiyot yutuqlari darajasiga muvofiq kelishlari lozim bo’lgan talablar darajasi bo’lishi lozim.

    Ta’limdagi standartlashtirish majmui ham bo’lishi lozim.

    Birinchidan, u kasb-hunar ta’limi uzluksizligini va uzviyligini ta’minlagan holda, kadrlar tayyorlashning oddiy ishchidan tortib yuqori malakali mutaxassisgacha o’zaro bog’liq darajasini qamrab olishi lozim.

    Ikkinchidan, ta’lim standartlari majmui mutaxassisni shakllantirishning barcha bosqichlarini o’z ichiga olib, ular o’rtasida mustahkam o’zaro aloqani ta’minlashi darkor.

    Nihoyat, uchinchidan, O’zbekiston Respublikasining ta’lim standartlari, sifatli mutaxassis tayyorlash va uni baholashga yagona yondashuvni ta’minlash uchun xalqaro talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi hamda takomillashtirilishi zarur. Bu raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ulardan foydalanishda xalqaro tajribani ishga solish hamda intellektual sohada mustahkam hamkorlikni tashkil qilish imkonini beradи.



    Yuqorida keltirilgan strategiya va rivojlangan mamlakatlar tajribasiga muvofiq kadrlarni tayyorlash va ularning raqobatbardoshligi sifatini oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

     1. Shaxsga kasbni o’z ixtiyori bilan tanlashda va mehnat bozoridagi ehtiyojlar, imkoniyatlar hamda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda bandlikning maqbul turini tanlashda ko’maklashishni ta’minlovchi, shuningdek, yoshlarning tabiiy qobiliyatini qo’llab-quvvatlovchi va taraqqiy ettiruvchi kasbga yo’naltirish tizimini rivojlantirish. Hozirgi vaqtda bu ish bilan psixologik-pedagogik tashxis va o’quvchilarni kasbga yo’naltirish markazlari shug’ullanishmoqda.

     2. Tarmoq va mintaqa iqtisodiyoti uchun integratsiyalashgan ta’lim muassasalari doirasida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish.

     3. Xalqaro standartlar negizida, fan, texnika, texnologiyalar va iqtisodiyotning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan o’sib boruvchi va majmuaviy ta’lim standartlarini qo’llash.

     4. Barcha darajadagi mutaxassislarning malaka tavsifini mehnat bozorining o’sib boruvchi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqish.

     5. Ta’lim jarayonida eng yangi pedagogik, axborot, kompьyuter texnologiyalari va boshqalar qo’llanilishini hisobga olgan holda, bir tipdagi o’quv rejalari hamda dasturlarini takomillashtirish.

     6. Ta’lim jarayonida o’qitishning audiovizual uslublarini, axborot texnologiyalarini keng qo’llash.

     7. Barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash sifatini o’lchash hamda baholash bo’yicha ilmiy asoslangan tizimni ishlab chiqish va joriy etish.

     8. Kasb-hunar ta’limi muassasalarini zamonaviy o’quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar, shuningdek, moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash.

     9. Kasb-hunar ta’limining barcha darajalarida ishlab chiqarish ta’limi (amaliy ta’lim)ni sarflash materiallari bilan ta’minlash.




    Yüklə 0,82 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin