Ta’lim sohasida davlat siyosati
«Har kim bilim olish huquqiga ega...»
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
41-modda. «Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg’unlashtirish».
Dostları ilə paylaş: |