Annotatsiya


O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə22/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni.

«Davlat ta’lim siyosati O’zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi asosida va ularning istiqbollarini hisobga olib amalga oshiriladi.

Bosh strategik maqsad - erkin demokratik jamiyat, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlat barpo etish; O’zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha kishilar uchun, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, munosib turmush sharoitini yaratish; qonuniy huquq va erkinliklarning kafolatli amalga oshirilishi.

Mazkur strategik maqsad jamiyat hayotining istisnosiz barcha sohalarida butun bir qator masalalarni hal etishni taqozo qiladi.

Ta’lim xizmatlari bozorini va raqobatlashuv qobiliyatiga ega muhitni shakllantirish sharoitida ta’lim muassasalari o’z nufuzini va maqomini oshirish bo’yicha turli choralar ko’rmoqda. O’qituvchi o’quv materiali mazmunini, mamlakat va sayyoramiz hayotidagi voqea-hodisalarni o’z dunyoqarashiga, olamni his etishiga, shaxsiy qadriyatlariga muvofiq talqin qilish huquqiga ega.

Umumiy o’rta ta’limning yangi tuzilmasi o’quvchilarning intellektual va axloqiy salohiyatini ochishga, jumladan, o’quvchilar qobiliyatiga va imkoniyatiga muvofiq holda o’qitishga tabaqalashtirib yondashishni joriy etishga yo’nalganlikni nazarda tutadi.

O’quvchilarni kasbga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlarining vujudga keltirilgan tarmog’i qobiliyatli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlashga ko’maklashishi, keyingi o’qitish yo’nalishini to’g’ri anglab tanlashga yordam berishi, o’quvchilarning mehnat va ta’lim xizmatlari bozorining muntazam o’zgarib borayotgan ehtiyojlariga moslashishini ta’minlashi darkor.

Jamiyatning hozirgi zamondagi rivojlanishining xarakterli xususiyati shundaki, O’zbekistonda dunyoviy faoliyatning barcha sohalari isloh qilinmoqda. Ayni mahalda uzluksiz ta’limning konseptual, maqsadli va qadriyat asoslari Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturiga muvofiq qayta ko’rib chiqilmoqda.

O’zbekistonda ta’lim tizimi ommaviyligi, ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi bilan ajralib turadi. Davlat-jamiyat tizimi bo’lgan ta’lim shaxsning muttasil ortib borayotgan madaniy-ta’lim va kasbiy ehtiyojlarini, jamiyatning ommaviy kasblar kadrlariga hamda iqtisodiyot, fan va texnika, madaniyatning barcha sohalari uchun mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini qondirishga intiladi.

Islohotlargacha bo’lgan davr ta’lim tizimidagi vaziyatning murakkabligi shu bilan bog’liqki, undagi inqiroz tabiatan ikki yoqlama bo’lgandi. Birinchidan, u ta’limning global inqirozining ko’rinishlaridan birini namoyon etgandi. Ikkinchidan, u butun jamiyat va davlatdagi o’zgarishlar sharoitida va ularning kuchli ta’siri ostida sodir bo’ldi. Boshqa tomondan, o’tish davrida hamda iqtisodiyotni tubdan isloh qilish davrida ta’lim tizimiga ijtimoiy va iqtisodiy buyurtmani aniqlash qiyin bo’lgan edi.

Bunday sharoitda mamlakat ta’lim tizimining eng yaxshi an’analarini saqlab qolishgina emas, balki unga zarur sifat, moslashuvchanlik baxsh etish ham muhim edi. O’zbekistonning, bir tomondan, huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyati, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, ochiq axborot makonini barpo etishga intilishi, boshqa tomondan, jamiyatni individuallashtirish ta’lim tizimida ziddiyatni kuchaytirib yubordiki, bu holat islohotlar zarurligi bilan izohlanadi.

O’zgarib borayotgan jamiyat sharoitida ta’lim tizimi isloh qilish rejimiga majburan kirib boradi, ayni mahalda variativlikda, demokratiyalashda, yalpi innovatsion pedagogik harakatda yangi xususiyatlar kasb etadi.

Jamiyatda iqtisodiy barqarorlik va kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish yo’li bilan aholining bandligi uchun sharoit yaratish - davlat bandlik siyosatining maqsadidir. O’zbekistonda ta’lim avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan yangi turmush tarziga, yangi turmush tarzi va ongini shakllantirishga o’tish ko’prigini o’ynaydiki, ularning asosiy xususiyatlari milliy va umumbashariy qadriyatlarni, yuksak ma’naviylikni o’zida uyg’unlashtiradi.

Ta’lim tizimini isloh qilishdan ko’zlangan bosh maqsad - uni yanada harakatchan, ochiq, fuqarolarning ta’lim borasidagi ehtiyojlarini qondirishga qobil, jamiyat va ijtimoiy-xo’jalik majmuining talab-ehtiyojlariga darhol javob bera oladigan, jahon kasbiy hamda ta’lim bozorida samarali ish olib borishga va raqobatlashishga qodir sohaga aylantirishdir.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin