Annotatsiya


Maktbgachata’lim metodlari funksiyalarini yoritib bering?



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə9/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

2. Maktbgachata’lim metodlari funksiyalarini yoritib bering?


3. Maktbgacha ta’limni boshqarishda motivatsiyali, rivojlantiruvchi, ta’limiy, tashkiliy, tarbiyaviy haqida nimalarni bilasiz?

4. Maktbgacha ta`limni boshqarishda ko‘rgazmali,amaliy va og‘zaki metodlari haqida nimalarni bilasiz?


5-Mavzu: Ta’lim tizimlari va ta’lim sifatini tadqiq qilishning metodologik asoslari

Reja:

1. Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishning ilmiy tadqiqot asoslari.

2. Ta’lim menejmenti funksiyalari, boshqaruv qarorlari

3. Maktabgacha ta’lim muassasini boshqarish va tashkil etishda huquiy meyorlar.


Boshqaruv boshqariladigan obyektdagi jarayonlarning aniq maqsadga qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Bosh­qaruv o‘zining bu vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (rag‘batlantirish); jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakl­lantirish (norasmiy tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi.

Shundan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni, ta’lim muassasalari tartibini va ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda uning subyekti boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, xizmatko‘rsatuvchi xodimlarning birgalikdagi faoliyatining uyushqoqligini hamda ta’lim maqsadlari va rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi.

Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak, turli ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tad­qiq qilish mumkin emasligidan dalolat beradi.

Ta’limni boshqarish fani qanday xususiy predmetlarni o‘rganadi?

Bunda, shubhasiz, o‘quv-tarbiya jarayoni boshqaruvning markaziy obyekti hisoblanadi. Boshqaruv fani u qay yo‘sinda amalga oshirilishi kerakligi va vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganmaydi - bu pedagogikaning vazifasidir. Ammo hozirning o‘zidayoq ta’lim vazifalarini turlicha tushunish, turli pedagogik texnologiyalar mavjud. Umumiy boshqaruv nazariyasiga muvofiq, turli texnologiyalar turlicha tashkil etishni, rejalashtirish, nazorat qilishning xilma-xil usullarini talab etadi va h. k.

O‘quv-tarbiya jarayoni texnologiyasi xususiyatlariga bog‘liq ravishda boshqaruv qanday amalga oshirilishi lozim, degan masala esa boshqaruv faniga taalluqlidir.

Ammo o‘qitish va tarbiya natijalari nafaqat pedagogik texnologiyaga, balki pedagoglarning malakasiga, ularning eng yaxshi natijalarga erishishdan manfaatdorligiga, jamoadagi munosabatlarga bog‘liqdir. Kadrlarni qanday tanlash kerak, ularni qay yo‘sinda baholash, unumli ishlashga qanday undash kerak, jamoada qulay psixologik muhitni qanday shakllantirish lozim kabi savollar ham boshqaruv tadqiqotchilari oldida turgan muhim savollar sirasiga kiradi.

Ta’lim muassasasi qanchalik yaxshi ishlamasin, u o‘zgarmasligi mumkin emas. Ta’lim muassasasida, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bir qatorda, uning rivojlanish jarayoni eng muhim boshqaruv obyekti hisoblanadi. Yangiliklarni o‘zlashtirish ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo etadi. Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali bo‘lishini va bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak.

Ta’lim muassasasi, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Boshqaruvning bir xil tizimi boshqa sharoitlarda samarali bo‘lishi mumkin. Shu boisdan boshqaruv natijalari u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darajada bog‘liqligini o‘rganishi lozim.

Yuqorida qayd qilingan xususiy tadqiqot predmetlari, shubhasiz, ularning xilma-xilligini qamrab ololmaydi. Ta’lim muassasasining ijtimoiy institut sifatida rivojlanishiga ko‘ra boshqa­ruvning yangi vazifalari vujudga kelib, tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari dolzarb bo‘lib boradi.

Ta’lim sifatini boshqarishga metodik-amaliy yondashuvlar va uning shart-sharoitlarini ishlab chiqish hamda joriy qilishdan oldin boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalari va tushunchalarini aniqlash hamda belgilash (materialning bir qismi I bobda ko‘rib chiqilgan), menejmentning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va vazifalarini aniqlash zarur.

Boshqaruvda «boshqaruv obyekti va subyekti», «ular o‘rtasidagi bevosita va teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va tushunchalardan foydalaniladi.

Ta’lim muassasalari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur.

Boshqaruv obyekti - bu boshqariladigan obyekt, ya’ni, tarmoq, muassasa, tashkilot va hokazo. Boshqaruv obyekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim, shuningdek, turli xildagi ta’lim muassasalari ko‘rib chiqilishi mumkin. Menejmentda boshqaruv obyekti sifatida, odatda, faoliyati muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir guruh odamlar tushuniladi.

Boshqaruv subyekti - bu boshqaradigan subyekt, ya’ni, tarmoq, muassasa va tashkilotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejment­ga nisbatan olganda, boshqaruv subyekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni bajaruvchi muayyan bo‘g‘inlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘g‘in quyi bo‘g‘inga nisbatan bosh­qaruv subyekti sifatida yuzaga chiqadi.

Boshqaruv subyekti va obyekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv obyekti ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, subyekti esa boshqaruvchi kichik tizim deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit xosdir. Eng avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim ostida o‘z parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bunda samarali boshqarish uchun boshqaruv obyekti faoliyatining eng muhimparametrlarini to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Masalan, ta’lim muassasalari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, ana shu xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar shunday ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.

Boshqaruv tizimi obyektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin boshqaruv obyekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq yo‘nalganlikni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishdan oldin va keyin obyektning holati haqida boshqaruv subyektiga axborot kelib tushishi kerak, ya’ni boshqaruv tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Va nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat va boshqa resurslarga ega bo‘lishi zarur.

Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips bog‘langan va bir-birini taqozo etadi.

Umuman boshqaruv sohasidagi va xususan ta’limni boshqarishdagi faoliyat menejmentning metodologik asoslarini shakllantirishda to‘liq hisobga olinadigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Menejmentga tatbiqan metodologik yondashuv bilish va faoliyat usullarining boshqaruv maqsadlariga erishishga qaratilgan muayyan uslublaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.

Menejmentda jarayonli yondashuv keng tarqalgan hisoblanadi, boshqaruv bunda boshqaruv funksiyalarining uzluksiz o‘zaro aloqalariga asoslangan, ta’lim muassasasi va umuman ta’lim maqsadlariga qaratilgan faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Turli mualliflar funksiyalarning har xil ro‘yxatlarini taklif qilmoqdalar. Ularning maqbuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish, tashkil etish, yo‘lga qo‘yish (amalga oshirish); nazorat qilish.

Tashqi muhitdagi beqarorlik va keskin o‘zgarishlar sharoitida ta’limni boshqarishda vaziyatli yondashuv qo‘llaniladi.

Vaziyatli yondashuvda turli boshqaruv usullarining tanlanishi vaziyat bilan belgilanadi. Binobarin, ta’lim muassasasida ham, atrof-muhitda ham ko‘plab omillar mavjudligi sababli ularni bosh­qarishning yagona usuli yo‘q. Konkret vaziyatda unga birmuncha muvofiq keladigan boshqaruv usuli eng samarali usul hisoblanadi. Vaziyatli yondashuv, ilmiy qoidalarning mavjud vaziyat va sharoitlarga qarab amaliyotda qo‘llanilishiga doir muayyan tavsiyalarga ega bo‘lganligi bois, boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shdi.

Vaziyatli yondashuv negizida tashkilotning faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ichki va tashqi omillarni aniqlash yotibdi.

Menejmentning amaliy maqsadlari uchun har bir muayyan vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillargina ko‘rib chiqiladi.

Tizimli yondashuv boshqaruv xodimlari tashkilotni o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitida turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan odamlar, tuzilma, vazifalar va texnologiya kabi o‘zaro bog‘liq elementlarning majmui sifatida ko‘rib chiqishlari kerak.

Tizimli yondashuv - ilmiy bilim va ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning negizida boshqaruv obyektlarini tizimlar sifatida tadqiq qilish yotadi. Ushbu yondashuv hodisalarni boshqaruv obyektining holati va dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha asosiy omillarni hisobga olgan holda hodisalarni yalpi o‘rganishga asoslangan. Tizimli yondashuv ta’limni, umuman mamlakatni rivojlantirish nuqtai nazaridan ta’limni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish hamda uning faoliyat yuritishining eng maqbul parametrlarini belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga, har bir ta’lim muassasasining faoliyat yuritish jarayoni tizimli yondashuv yordamida aholining yuqori standartlarga javob beruvchi ta’limga bo‘lgan ehtiyoji, uni qondirishning muqobil imkoniyatlari, tashkilotda yuqori malakali kadrlarning mavjudligi kabi va boshqa turli omillar ta’sir ko‘rsatuvchi, jo‘shqin rivojlanadigan yagona tizim sifatida ifodalanishi mumkin. Boshqaruvda tizimli yondashuvning qo‘llanilishi muammolarni mos ravishda yo‘lga qo‘yish hamda ularni hal etishning samarali strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu yondashuvning o‘ziga xos metodologik xususiyati shundaki, u boshqaruv obyektining yaxlitligini ochib berishga, uning tashqi muhit bilan xilma-xil aloqalarini aniqlashga va ularning yagona nazariy manzarasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Murakkab boshqaruv yechimlarini tayyorlash va asoslash uchun foydalaniladigan, metodologik vositalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan tizimli tahlil boshqaruvda tizimli yondashuvning muhim jihati hisoblanadi.

Tizimli yondashuv va tahlilni qo‘llash sohasini kengaytirish mohiyati maqsadlarni aniq belgilashdan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun dasturlar ishlab chiqish, ularni bajarish va ushbu ishga rahbarlik qiluvchi dasturlarni amalga oshirish va tashkilotlarni shakllantirish uchun zarur resurslar ajratishdan iborat bo‘lgan dasturiy-maqsadli boshqaruv tizimini yoyish bilan bog‘liq.

Dasturli-maqsadli boshqaruv pirovard maqsadlarni aniqlash va aniq qo‘yishdan boshlanadi. Maqsadlar, odatda, berilgan vaziyatni istalganidan farqlovchi bir qator muammolar hal etilgach, boshqaruv tizimi muayyan vaqtdan keyin berilgan vaziyatdan o‘tib borishi lozim bo‘lgan istalgan vaziyatni aks ettiradi.

Shunday qilib, maqsadni qo‘yish bosqichidayoq kelajakning umumlashgan modeli vujudga keladi. Ushbu bosqich yechimning muqobil variantlarini ko‘rib chiqish va tugal variantini tanlash bilan yakun topadi.

Qaror qabul qilingandan keyin dasturlarni ishlab chiqish bosqichi boshlanadi. Ushbu bosqichda strategik maqsadga erishish kichik maqsadlarga bo‘linadi. Har bir bosqichda vazifalar va ularni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari ajratiladi, shuningdek ular resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy, inson omili) bilan muvofiqlashtiriladi. Bunda har bir bosqichning bajarilishi asosiy natija, hajm va muddat bo‘yicha aniq belgilanadi.

Dasturlarni shakllantirish bosqichida, asosiy maqsadli ko‘rsatmani saqlab qolgan holda, oraliq bosqichlar va yechimlar izchilligini ularning dasturni amalga oshirishning pirovard natijalariga ta’sirini aniqlash va tahlil qilish orqali ta’minlash juda muhimdir.

Maqsadlar va kichik maqsadlar kelishilgan va darajalarga ajratilgandan keyin dastur, odatda, barcha ijrochilar uchun bajarilishi shart hisoblangan direktiv hujjat shakliga ega bo‘ladi.

Qabul qilingan dastur ijro etilishi zarur. Ammo uni amalga oshirish jarayonida, dasturni qabul qilish paytida boshqaruv tizimida yoki atrof-muhitda ba’zi (yoki hisobga olinmagan) o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Ko‘pincha bu o‘zgarishlar ham butun dasturni, ham uning ayrim bosqichlarini amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu bois butun dasturning va uning har bir bosqichining bajarilishini doimo kompleks nazorat qilish zarur.

Odatda, bunday nazoratni amalga oshirish uchun boshqaruvning matritsa tizimiga kiritiladigan maxsus bo‘linmalar tuziladi.

Nazorat natijalariga ko‘ra tahlil o‘tkazilib, olingan natijalar dastur maqsadlari (kichik maqsadlari)ga doir olingan natijalar taqqoslanadi va og‘ishlar yuz bergan hollarda ularning sabablari aniqlanadi, so‘ngra yo dasturlarga tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etishga doir choralar ko‘riladi. Bunda dasturga tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qilinishidan oldin dasturning belgilangan maqsadlaridan (kichik maqsadlardan) og‘ishga olib kelgan muammolar diagnostik tahlil qilinishi kerak. Masalan, ta’lim muassasasi direktori 7 «A» sinf o‘quvchilari davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmaganliklarini aniqlagan bo‘lsa-da, uning sabablarini oydinlashtira olmadi, deylik. Bu reaktiv boshqaruv demakdir. Uning zarurligi ayon. Ammo nazorat davomida dastur topshiriqlari bajarilmaganligi faraziy ekanligi aniqlangan vaziyatlar bo‘lishi, ya’ni yuz berishi kutilayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday muammo dastur topshiriqlari barbod bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Masalan, hatto dastur muvaffaqiyatli bajarilayotgan taqdirda ham, ta’lim muassasasining ish samaradorligini oshirish usullari faol izlanishi ogohlantiruvchi boshqaruv hisoblanadi va u, shubhasiz, dasturni amalga oshirayotgan tashkilotga foyda keltiradi.

Tizimli yondashuv va dasturiy-maqsadli boshqaruv menejment metodologiyasining fundamental qoidasi sifatida ta’limni boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va usullari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu haqda quyida gap boradi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin