Annotatsiya


Reja. Maktbgacha ta’limni boshqarish usullari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə8/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Reja.

  1. Maktbgacha ta’limni boshqarish usullari.

  2. Maktbgacha ta’lim metodlari funksiyalari.

  3. Maktbgacha ta’limni boshqarishdamotivatsiyali, rivojlantiruvchi, ta’limiy, tashkiliy, tarbiyaviy.

  4. Maktbgacha ta’limni boshqarishda ko‘rgazmali, amaliy va og‘zaki metodlar.



Tayanch tushunchalar: Maktbgacha talim, boshqarish usullari,ta’lim metodlari, funksiyalari, motivatsiyali, rivojlantiruvchi, ta’limiy, tashkiliy, tarbiyaviy, vazifalarning mazmuni, ko‘rgazmali, amaliy, og‘zaki metodlar.

Mazkur fikrga ehtibor qaratadigan bo‘lsak, tashkil etish ham boshqaruv funktsiyasi sifatida, ham boshqaruv vositasi sifatida ta’riflanayotganligini ko‘ramiz, shuningdek, menejment nazariyasida rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish va nazorat funktsiyalarini ajratilishi va ularni birinchi darajali deb hisoblash qabul qilinganligi ham yuqorida keltirgan fikrimizni tasdiqlaydi.

Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda professor-o‘qituvchilar tomonidan bajariladigan ishlarning yo‘nalishiga ko‘ra boshqaruvning rejalashtirish va tashkil etish funktsiyalari quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi:

- pedagogik jarayonlarni rejalashtirish;

- sub’ektlar uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda vazifalar taqsimlash;

- sub’ektlar faoliyatini nazorat qilish, tahlil qilish va ob’ektiv baholash asosida rag‘batlantirish.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchi-talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, ularning manfaatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda faolligini ta’minlash va ta’lim olishga qiziqishini shakllantirishda motivlashtirish funktsiyasi amalga oshiriladi.

Pedagogik jarayonlarda ko‘zlangan natijalarga erishish uchun belgilangan maqsad va mavjud imkoniyatlarni o‘quvchi-talabalar manfaati va ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish hamda ularning faoliyatini vaziyatlarga moslashtirib borishda muvofiqlashtirish funktsiyasi amalga oshiriladi.

Ko‘zlangan natijalarga erishishda o‘quvchi-talabalarning boshlang‘ich tushunchalari darajasi, qobiliyatlari, shaxsiy xislatlari, qiziqishlari, shuningdek, pedagogik jarayonlarni vaziyatlarga ko‘ra muvofiqlashtirishning murakkab tomonlarini o‘rganish va shular asosida mazkur jarayonni takomillashtirish, samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillarni aniqlash jarayonida nazorat funktsiyasi professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda amalga oshiriladigan funktsiyalarni shartli ravishda professional va ijtimoiy-psixologik funktsiyalarga ajratish mumkin.

Pedagogik jarayonlarning su’ektlari tomonidan o‘z funktsional vazifalarini (o‘qitish va o‘qish) bajarishi jarayonida professional funktsiyalar amalga oshiriladi va mazkur jarayonda pedagogik jarayon sub’ektlari hisoblangan professor-o‘qituvchilar bilan o‘quvchi-talabalar hamda o‘quvchi-talabalarning o‘zlari o‘zaro ma’lum bir belgilangan munosabatda bo‘ladilar, bu munosabatlar tarbiyaviy munosabatlarning inson-inson munosabatlari shakli bo‘lib, bunda ijtimoiy-’sixologik funktsiya amalga oshiriladi.

Mazkur funktsiyani amalga oshirish jarayonida axborotlar bilan ishlash o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda axborotlar bilan ishlash turli ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishdan iborat bo‘lib, sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonida qo‘llaniladi. Mazkur funktsiya sub’ektlar o‘rtasidagi axborotlarning almashuvini ta’minlash vazifasini bajaradi.

Pedagogik jarayonlar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri axborotlar tizimi bo‘lib, u pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi barcha me’yoriy hujjatlarni, iqtisodiy-ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, huquqiy va tashkiliy yangiliklardan iborat axborotlar oqimini, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Bunda axborotlarning yangiligi va ishonchliligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni o‘rganish va ishonchliligini aniqlash jarayonida axborot-tahlil funktsiyasi amalga oshiriladi.

Ushbu funktsiyaning asosiy vazifasi pedagogik jarayonlar va uning sub’ektlari hisoblangan o‘quvchi-talabalar to‘g‘risida axborotlar to‘plash va ularni muntazam o‘rganish va tahlil qilish asosida ob’ektiv baholashdan iborat bo‘lib, mazkur axborotlarning yangiligi va ishonchliligi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. CHunki to‘plangan axborotlar mavjud shart-sharoitlarni, o‘zaro munosabatlarni va ta’limiy muhitning holatini hamda o‘quvchi-talabalarning qiziqishi, moyilligi, individual psixologik xususiyatlari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini ifodalaydi hamda o‘z navbatida, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Axborot-tahlil funktsiyasini samarali amalga oshirish, pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlash uchun zaruriy axborotlarni to‘plash va ularning ahamiyatini, yangiligi va ishonchliligini o‘rganish hamda tahlil qilish asosida ob’ektiv baholash kabi vazifalarni amalga oshirish usullari va yo‘llari majmuidan iborat bo‘lgan, pedagogik jarayonlarga samarali, maqsadga muvofiq tahsir ko‘rsatuvchi, boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmi hisoblanadigan boshqaruv metodlaridan biri axborot to‘plash metodidan oqilona foydalanish zaruriyatini belgilaydi.
Nazorat savollari:

1. Maktbgacha ta`limni boshqarish usullari haqida nimalarni bilasiz?



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin