Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari



Yüklə 29,03 Kb.
səhifə2/4
tarix26.06.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#135323
1   2   3   4
Maruza. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari

Kislotalar
Elektrolitik dissotsiatsiya nuqtai nazaridan dissotsialanganda vodorod ionlari va kislota qoldig‘ini hosil qiluvchi elektrolitlar kislotalar deyiladi.
Kislotalar nomenklaturasi
Agar element faqat bir xil kislota hosil qilsa, uning nomiga «at» qo‘shimchasi bilan tugallanadi:
H2CO3 – karbonat kislota H2SiO3 – silikat kislota H2SO4 – sulfat kislota
Agar element ikki xil kislota hosil qilsa, uning nomi ikki xil qo‘shimcha bilan tugallanadi: kichik valentli kislota hosil bo‘lganda «it», yuqori valentli kislota hosil bo‘lganda «at» qo‘shimcha qo‘shiladi.
Masalan: HNO2 – nitrit kislota H3AsO3 –arsenit kislota
HNO3 – nitrat kislota H3AsO4-arsenat kislota
Agar element ikkidan ortiq kislota hosil qilsa, ularning nomlari valentligining ortib borishi tartibida “gipo”, “it”, “at”, “per” qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi.
HClO – gipoxlorid kislota HClO3 – xlorat kislota
HClO2 – xlorit kislota HClO4 – perxlorat kislota
Agar bitta angidridning o‘zi bir necha kislota hosil qilsa, kislota nomining oxiriga “meta” va “orto” qo‘shimchasi qo‘shiladi.
Masalan: HPO3 – metafosfat kislota H3PO4 – ortofosfat kislota
Kislorodsiz kislotalarning nomi kislota hosil qilgan element nomiga “id” qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi.
HBr- bromid kislota H2S – sulfid kislota H2Se – selenid kislota HCN – sianid kislota
Suvdagi eritmalarda bir negizli kislotalar bir bosqichda, ko‘p negizli kislotalar bir necha bosqichda ionlanadi;
a) HCl ↔ H+ Cl- b) H3PO4 ↔ H+ + H2PO4- H2PO4-↔ H+ + HPO42- HPO42- ↔ H++ PO43-
Kislotalarning turlari
a) Kislorodsiz kislotalar: HF, HCl, HBr, HJ, H2Se.
b) Kislorodli kislotalar: HNO2, HNO3, H2CO3, H2SO3, H2SO4, H3PO4, HClO3, HMnO4
Kislotalar negizligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:

Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin