ANTIBIOTIKLARNING TA’SIR ETISH MEXANIZMI Antibiotiklarning mikrob hujayrasiga har tomonlama ta’sir etishi to’liq o’rganilmagan. Antibiotiklar mikroblarning moddalar almashinishi protsessining ayrim bo’lagiga, nafas olishiga hamda ularning ko’payishiga to’sqinlik qiladi. Masalan, penitsillin mikroblarning, hujayra devoridagi polimerning sintezlanishini to’xtatadi, xlormitsetin esa oqsilning sintezlanishini to’xtatadi.
Antibiotiklarning mikroorganizmlarga halokatli ta’sir etishi mikrobga faqat to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilish bilangina chegaralanmasdan, balki u hayvon organizmining kasallikdan himoyalanish aktivligini ham oshiradi.
Antibiotiklarning mikroblarga ta’siri hayvon organizmining umumiy holatiga ham bog’liq bo’ladi. Yaxshi sharoitda boqilgan kasal hayvonlarga qo’llanilgan antibiotiklarning ta’siri yuqori bo’ladi va natijada organizmning fiziologik protsesslari hujayralarining nafas olishi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi va boshqalar kuchayadi.
Davolash uchun qo’llaniladigan ko’pchilik antibiotiklar organizmda mikroblarni uldirmaydi, balki ularni rivojlanishdan tuxtatadi. Mikroblarni yo’q qilish ko’pincha mikroorganizmning himoya kuchlariga — fagotsitoz va boshqalarga bog’liqdir.
Kasallik boshlanishi bilan antibiotiklar qo’llanilsa mikroblarga tez ta’sir etadi, chunki bu paytda organizmda mikroblar oz bo’lib organizmning fiziologik funktsiyalari va organlari mikrob ta’sirida deyarli uzgarmagan bo’ladi.
Keyingi paytlarda antibiotiklar faqat meditsina va veterinariyada keng turda qo’llanilibgina kolmasdan, zootexniya va agronomiyada, shuningdek qishloq xo’jaligida ekinlar hosildorligini, mol mahsulotini oshirish va hayvonlarni sun’iy kochirishda ham qo’llanilmoqda. Masalan, bukalarning spermasiga qo’shilgan penitsillin, yoki streptomitsin (1 ml spermaga 500 birlik) spermaning xususiyatiga ta’sir etmay turib, unga mikroblarning tushishiga va rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Antibiotiklarning ta’siri bir necha usul bilan aniqlanadi. 1.Antibiotikni turli darajada suyultirib test-mikrobda sinab ko’rish mumkin. Masalan, penitsillin stafilokokkda, streptomitsin Vast. subtilis da sinab kuriladi. Bu mikroblarga ta’sir etgan antibiotiklarning eng kam miqdori topiladi va o’sha miqdor shu antibiotikning ta’sir birligi deb hisoblanadi. 2. Antibiotiklarning kuchini nefolometrlar bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun bir necha probirkadagi suyuq oziq muhitiga sinaladigan antibiotik solinib, turli darajada suyultiriladi, so’ng shu probirkalarga test-mikrob eqiladi. Mikrob kanchalik ko’paysa, probirkadagi suyuqlik shuncha loykalanadi. Sinash uchun test-mikrob eqilgan bu probirkalar qontrol uchun avvaldan tayyorlab qo’yilgan probirkalar bilan solishtiriladi. Qontrol probirkalardagi antibiotikning miqdori avvaldan ma’lum bo’lgani uchun ular sinov uchun ekilgan probirkalar bilan solishtirib, har bir probirkadagi antibiotiklar miqdorini bilib olish mumkin. 3. Antibiotiklarning kuchi diffo’zion usul bilan aniqlanadi. Buning uchun test-mikrobi Petri kosachasidagi zich muhitga eqiladi. Sinalishi lozim bo’lgan antibiotik metall yoki shishadan yasalgan har xil xajmda tsilindrchalarga solinadi, so’ng ular oziq betiga botirib o’rnatiladi. So’ngra Petri kosachalari termostatga qo’yiladi. Antibiotik tsilindrchalar atrofidagi oziq muhitga diffuziyalanib mikrobni ustirmay kuyadi va u qancha kuchli bo’lsa, tsilindrchalar tevaragida mikrob o’smagan doira shuncha keng bo’ladi.
Kontrol uchun avvaldan kontsentratsiya miqdori aniqlangan antibiotikdan olinib, ular ham Petri kosachasidagi oziq muhit betiga tsilindr bilan diffuziya qildiriladi va bu kontrol tsilindrlar tevaragidagi mikrob o’smagan doiralarni sinash uchun ekilgandagi hosil bo’lgan doiralarni taqqoslab, antibiotikning kuchi aniqlanadi.
4. Diagnostik disklar bilan antibiotikning kuchi aniqlanadi. Buning uchun antibiotik eritmasiga filtrlovchi qog’oz botirilib, keyin u quritiladi va 0,5 sm diametrli doira (disk) shaklida kesiladi. Qog’oz diskdagi antibiotik bir sutka ichida oziq muhitga diffuziya qilinib, disk tevaragida mikrobning o’sishiga yo’l bermaydi. Qog’oz disk tevaragida usa olmagan doiraning diametri o’lchanib, antibiotikning mikrobga kuchli yoki kuchsiz ta’sir etganligi aniqlanadi. Agar qog’oz diskdan 15 mm narigacha mikrob o’sib chiqmasa antibiotikning mikrobga kuchsiz ta’sir etganligi ma’lum bo’ladi. Agar diskning diametri 15—25 mm gacha bo’lsa, antibiotik mikrobga ta’sir etgan, 25 mm dan oshiq diametrli doirada mikrob o’smagan bo’lsa, antibiotik kuchli ta’sir etgan deb hisoblanadi.
Kasallikni davolash va oldini olishda antibiotiklar maqsadga muvofiq ravishda qo’llanilmasligi natijasida ular organizmga yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, nerv sistemasiga streptomitsin va neomitsin gruppasiga kiradigan antibiotiklar, qonga streptomitsin va levomitsin, jigarga biomitsin va boshqa antibiotiklar qo’llanilsa yomon ta’sir etadilar. Antibiotiklar uzoqvaqt suvga aralashtirib ichirilsa hayvon ichak mikroflorasining odatdagi tarkibi keskin o’zgaradi va natijada disbakterioz yuz beradi. Disbakteriozda ichakdagi kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar bilan bir qatorda organizm uchun foydali bo’lgan sut kislotasi hosil qiluvchi mikroblar, ichak tayoqchasining foydali turlari va boshqalar rivojlanishdan tuxtaydi. Bunday holda hayvon ichagidagi shartli, ya’ni zaharli stafilokokklar, ko’k yiring tayoqcha kabi patogenli mikroblar aktivlashib, sekundar ikkinchi bir kasallikni infektsiyani qo’zgashi mumkin. Bunday hol ro’y bermasligi uchun qo’llaniladigan antibiotiklar aniq dozada berilishi, organizmning holati va antibiotikning mikrobga ta’siri aniqlanishi bilan bir qatorda, antibiotikni o’z vaqtida almashtirish yoki boshqa davolash usullarini qo’llanishi lozim.