Antibiotikla r


HAYVONLAR ORGANIZMIDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR



Yüklə 38,18 Kb.
səhifə3/7
tarix04.01.2023
ölçüsü38,18 Kb.
#78432
1   2   3   4   5   6   7
A N T I B I O T I K L A R

HAYVONLAR ORGANIZMIDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR
Bu gruppa antibiotiklarga lizotsim, eritrin va ekmolin kiradi. Lizotsim. P. N. Lashchenkov 1909 yili tuxumning oqsilida bakteriyalarni erituvchi xususiyat borligini aniqlab, uning ta’sirini bir qator mikroorganizmlarda tekshirib ko’rgan. Keyinroq Fleming (1922 yili) lizotsimning xususiyatlarini to’liq aniqlagan. Lizotsim ko’z yoshi, so’lak balg’am, qon zardobi, leykotsitlarda, burun shilimshig’i, odam va hayvonlarning turli to’qima va organlarida (jigarda, taloqda, tog’ayda, buyrakda), baliq ikrasida, ona sutida, turli o’simliklarda, ayniqsa, tovuq tuxumining oqsilida ko’p bo’ladi.
Lizotsim, asosan, saprofit va ayrim patogen (vabo vibrioniga, kuydirgi tayoqchasi va boshqa) mikroblarga halokatli ta’sir etadi.
3.V.Yermoleva va N. Bo’yanovskaya lizotsimni tozalash va qontsentratsiya qilish usullarini kashf etib, lizotsimni meditsina va qishloq xo’jaligi sohasida ishlatish usulla­rini aniqladi. Keyingi yillarda lizotsimni kristall shaklida olish usuli ham aniqlangan. Lizotsim organizm uchun zaharsiz bo’lib, makroorganizmni tabiiy sharoitda qo’riqlovchi antibiotikdir.
Eritrin. Bu antibiotikni Zilber va Yakobsonlar 1946 yili har xil hayvonlar va odam qonidan topib, bir litr eritrotsitdan 10—12 g eritrin olish mumkinligini aniqlagan. Eritrinning 0,25% li eritmasi difteriya kasalligini davolashda va bakteriya tashuvchilarni sog’aytirishda yaxshi natijalar bergan. Eritrin difteriya qo’zg’atuvchi bakteriyaga, stafilokokk va streptokokklarga ham birmuicha ta’sir etadi.
Ekmolin. Bu antibiotik 3.V. Yermoleva boshchiligida baliqdan olingan. Ekmolin kam zaharli antibiotik bo’lib, organizmda qon tomirlarini kengaytirish va antigistominlik xususiyatiga ega. Ekmolin ichburug’ (ko’pincha yosh mollarda), paratif tayoqchalariga va vabo vibrioniga, stafilokokk, streptokokklarga hamda gripp kasalligini qo’zg’atuvchi viruslarga aktiv ta’sir etadi. Ekmolinni kasal molga ichirish, ingalyatsiya yoki muskullariga ukol qilish mumkin. Uni penitsillin yoki streptomitsin bilan birga qo’shib kasal molga berilsa, penitsillin va streptomitsinning kuchi yanada oshadi va penitsillinning qondagi miqdori ikki barobar ortib, uzoqroq vaqt ta’sir etadi.
Ekmolinning penitsillinga aralashtirib tabletka shak­lida yoki eritma holida ampulalarda tayyorlangan turi ekmonovotsillin deyiladi.

Yüklə 38,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin