Antibiotikla r



Yüklə 38,18 Kb.
səhifə2/7
tarix04.01.2023
ölçüsü38,18 Kb.
#78432
1   2   3   4   5   6   7
A N T I B I O T I K L A R

PENITSILLIN
Penitsillin — Renicillium mog’or zamburug’idan tayyorlanadigan antibiotikdir. 1928 yilda A. Fleming birinchi bo’lib mog’ordan penitsillin tayyorlagan. SSSRda 1941—42 yillarda 3. V. Yermoleva bir gruppa xodimlari bilan birlikda penitsillinni mog’or zamburug’idan tayyorlagan. Hozirgi paytda penitsillin Penicillium notatum, Penicillium chryzogenum, Penicillium crustosum mog’orlarndan tayyorlanadi. Penicillium mog’orining har bir turi bir necha tipdagi penitsillin hosil qiladi. Bu tiplar G, D, X, K bilan belgilanadi yoki inglizcha I—II—III—IV raqamlar bilan kursatiladi.
Penitsillinning bu tiplari ximiyaviy tuzilishn va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Xi­miyaviy tuzilishidagi farq shuki, har qaysi tipning radikali boshqa tipning radikaliga uxshamaydi.
Bir qator tekshiruvchilar penitsillinning G va X tiplarining ancha chidamli bo’lib kuchli ta’sir etishini isbotlashgan. Organizmda X tipi G tipiga qaraganda mikrokokklarga ancha kuchli ta’sir etadi. X tipi spiroxetalarga ham kuchli ta’sir etadi. K tipi boshqa tiplariga nisbatan organizmda tezda parchalanib ketadi va shuning uchun uning davolash kuchi 10 marta kamroqdir. G tipdagi peni­tsillin ayniqsa streptokokklarga kuchli ta’sir etadi. Keyingi vaqtlarda Penicillium mog’orini ustirishda uning muhitiga fenilsirkali kislota qo’shib, faqat G tipdagi penitsillin qancha lab olish metodi topilgan.
Penitsillinning ximiyaviy formulasi bor. Umumiy formulasi S3N11O4SNR bo’lib, R —uning radikalidir. Penitsillinni ajratib olish uchun mog’or zamburug’i maxsus suyuq oziqli muhitlarga eqilib, +20 –240 issiqda 5—6 kun ko’paytiriladi, shu vaqt ichida muhitda penitsillin to’planadi. Mog’ordan suyuqlik filtrlanib ajratiladi, keyin u maxsus ravishda qayta ishlanadi va ximiya­viy usulda tozalanadi. Penitsillin tozalangandan keyin qontsentratsiyalanadi va past temperaturali vakuumda quritiladi va uning aktivligi aniqlanadi. Davolash uchun ko’pincha penitsillinning natriy yoki kaliylik tuzi ishlatiladi. Ko’pincha flaqonda penitsillin 1 000 000, 2 000 000, 3 000 000, 5 000 000 ta’sir etish birlikda (YeD) chiqari ladi.
Penitsillin gramm-musbat mikroblarga ta’sir etib, gramm-manfiylarga ta’sir etmaydi. Unga streptokokklar, stafilokokklar va pnevmokokklar juda sezgirdir. Tayoqchasimon mikroblar koqklarga nisbatan penitsillin ta’siriga chidamlidirlar. Penitsillin juda tez (2 mino’tda) mikrob hujayrasiga kiradi va uning ta’sirida mikroblarning shakli cho’zinchoq, uzun zanjirsimon yoki sharga o’xshash bo’lib o’zgaradi, ayrim vaqtda erib ketadilar, ko’payishdan tuxtaydi, gramm usulida bo’yalishi o’zgaradi, oziq muhitidan ayrim aminoqislota va anorganik moddalarni o’zlashtirolmaydi. Penitsillin ta’sirida mikrob hujayrasining qobigi orqali moddalar almashinishi bo’ziladi, natijada hujayra protoplazmasi erib nobud bo’ladi.
Organizmda ko’pchilik patogen mikroblarning rivojlanishini tuxtata olish xususiyatiga ega bo’lishi tufayli pe­nitsillin meditsina va veterinariyada keng qo’llaniladi.
Masalan, meditsinada sepsis kasalliklarini, o’pka yalliglanishini, so’zakni, zaxmni, anaerob infektsiyalarni davolash uchun va veterinariyada qoramollarning streptokokkli mastitini, cho’chqa saramasini, otlarning soqov kasalligini va boshqa yuqumli kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Shu bilan birga, penitsillin qorin tifi, ichburug’, vabo vibrioni, kapsulalik bakteriyalar, ko’k yo’tal, sil, yosh mollarda uchraydigan kolibakterioz va paratif kasalliklarining qo’zg’atuvchilari va boshqa bir qator mikroblarga ta’sir etmaydi.
Penitsillin kaynatish natijasida yoki spirt, simob, mis, qo’rg’oshin, turli kislota va ishkorlar ta’sirida parchalanib o’z kuchini yo’qotadi. Penitsillin qon, qon zardobi va yiring ta’sirida o’z kuchini yo’qotmaydi.
Penitsillin ta’sirida kasallikni qo’zg’atuvchi mikrob organizmda mo’tlako yo’q bo’ladi. U kasalning isitmasini pasaytirish bilan birga, organizmning umumiy ahvolini ancha yengillashtiradi va leykotsitlarning faoliyatini kuchaytiradi.
Penitsillin teri ostiga yuborilsa, u organizmga sekinroq tarqaladi, qon tomirlariga yuborilsa organizmga tez tarqalib, qonda penitsillin ko’p to’planadi.
Penitsillinni ovqat bilan qo’shib ham iste’mol qilinadi, biroq bu usulda qonga uning oz qismi o’tadi, chunki oshqozondagi xlorid kislota ta’sirida uning ko’p qismi aktivligini yo’qotishi mumkin, shuning uchun keyingi vaqtlarda penitsillinning xlorid kislotaga chidamln xili — «fenoqsimetil penitsillin» ishlab chiqilmoqda. Qaysi usulda berilsa ham penitsillin qonga o’tadiyu, lekin qonda uzoq saqlana olmaydi, ya’ni 2—3 soatdan so’ng qonda u ko’proq qancha saqlanib qoladi.
Organizmga yuborilgan penitsillinning 70% i o’zgarmagan holda siydik bilan organizmdan chiqib ketadi. Penitsillinning shu xususiyatini hisobga olib, uni organizmda uzoqroq saqlab turish yo’llari topilgan. Agar penitsillin 0,5% lik novoqain eritmasiga aralashtirib organizmga yuborilsa, u organizmda 6—8 soatgacha saqlanishi mumkin. Keyingi vaqtlarda penitsillinning qo’yidagi xillari ishlatilmoqda:
1. Penitsillinning novakainli tuzlari; bu organizmga yuborilgandan so’ng u qonda ko’plab qancha parchalanib 18—23 soatgacha saqlanib turadi.
2. Panbiotik; bu preparat penitsillinning uch xil tuzidan iborat birikmasidir (kaliy tuzli penitsillindan 100 000, novoqainli penitsillindan 300 000 va debenzil etilendiolinlik penitsillindan 800 000 ta’sir etish birligida (YeD). Panbiotik preparat uzoq saqlanishi va qonda ko’proq qancha lanishi sababli davolash kuchi juda yaxshidir.
3. Bitsillin; bu penitsillinning kaliyli tuzidan iborat bo’lib, panbiotikka qaraganda bu tuz 3 barobar ko’p — 300 000 ta’sir birligida (YeD) yetkaziladi. Bir marta yuborilgan bitsillin organizmda uzoq muddat saqlanib turadi. Bitsillinning 3 turi bor: Bitsillin I, II, III; so’nggi turining organizmga ta’siri yaxshi bo’lib, ukol qilingandan keyin ogritmaydi.
4. Neopinil, astopen iliotsillin; bu dorilar penitsillinning dietilamino-etilenlik efiridir. Organizmga yuborilganda nafas yo’llariga o’tib qancha lanish xususiyatiga ega, shuning uchun bu preparat nafas yo’llarida sodir bo’ladigan kasalliklarni, ayniqsa, zotiljam kasalligini davolashda foydasi zurdir.
5. Fenoksimetilpenitsillin yoki «penitsillin-fau»; bu oshqozondagi kislotada erimaydi, shuning uchun uni suvga qo’shib ichirish mumkin. Bu dori organizmlar kasalliklarini davolashda ko’p ishlatiladi va yaxshi natijalar beradi.
6. Ekmonovatsillin; u penitsillinning ekmolin bilan birikmasidir. Qonda o’rtacha 18 soat saqlanadi, shuning uchun bu preparat 100 000 ta’sir birlikdan 2 marta berilsa yetarli bo’ladi.
Angliya olimi Erist Cheyn 1959 yilda penitsillinning uzagi 6 aminli penitsillin kislotasi (6 APK) ni olgan. U ko’pchilik ximiyaviy moddalar bilan reaktsiyaga kirishishi tufayli undan juda ko’p yangi sintetik penitsillinlar olinadi. Uzakning birgina o’zi bakteriyalarga kuchsiz ta’sir etadi, lekin uni aralashtirib olingan antibiotiklar yangi, juda sifatli bo’ladilar. Shu usul bilan penitsnllin-metitsillin olingan. Bu antibiotik oddiy penitsillinga nisbatan penitsillinaza fermentiga bir necha chidamlidir. Oqsatsillin ham kislotaga chidamli preparat bo’lib, suvga qo’shib ichirish mumkin.
Penitsillinning boshqa antibiotiklar yoki sulfanilamidlar va vitaminlar bilan birlashtirilgan xillari ham bor. Ko’pincha penitsillin streptomitsin va ekmolin bilan aralashtirilgan holda qo’llaniladi.
Streptomitsin. Bu antibiotik 1943 yili Shati va Vaksmanlar tomonidan kashf etilgan bo’lib, u Actinomyces glolisporus Streptomycini degan aktinomitsetdan olinadi. Streptomitsinning formulasi S21N39O12N7 dan iboratdir. Bu antibiotik suvda tez eriydi va ta’siri uzoq saqlanadi, oshqozonning xlorid kislotasiga chidamli, qonda, yiringda va organizmdagi boshqa suyuqliklarda uz kuchini kam yo’qotadi, keng antibakterial spektrga ega bo’lib, ko’pchilik gramm-musbat, gramm-manfiy mikroblarga va kislotaga chidamli bakteriyalarga ta’sir etadi.
Streptomitsin penitsillinga nisbatan mikrob hujayrasiga kechroq 4 soatdan so’ng kiradi va muhitda antibiotikning qontsentratsiyasi kanchalik yuqori bo’lsa, hujayraga shunchalik ko’p miqdorda kiradi. Mikrob hujayrasiga streptomitsin hujayra ichidagi turli birikmalar bilan birlashadi va natijada uning biologik aktivligi ortadi. Streptomitsin mikrob hujayrasining oqsidlanish protsesslarini kuchsizlantiradi va moddalar almashinishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, asosan bakteriya uchun muhim bo’lgan va strukturasi buyicha fosforli shakarga yaqin bo’lgan moddalarning sintezlanishi qiyinlashadi.
Streptomitsin sil kasalligining boshlang’ich davridagi turli shakllarida, sil meningiti, peritonit (qorin pardasining yalliglanishi), upka silining infiltratli (suyuqlik qancha langan) davrida, kekirdak, ovoz pardasi, suyak va ko’z silida yaxshi natija beradi.
Bulardan tashqari, streptomitsin tulyaremiya, ichak tayoqchasi gruppasi bakteriyasi qo’zgagan kolibakterioz kasalliklarida, ichburug’, kuydirgi kasalligida, ko’k yiring tayoqchasi qo’zgagan yiringli protsesslarda, brutsellyoz kasalligining boshlang’ich davrida yaxshi ta’sir etadi.
Streptomitsin patogen anaeroblardan qoqshal batsillasi va gazli gangrena kasalligini qo’zg’ovchi mikroblarga ta’sir etmaydi.
Streptomitsin ko’pincha muskullarga yuboriladi va shuningdek uni qon tomiriga yuborish ham mumkin.
Streptomitsin birmuncha zaharli antibiotikdir. Uning ta’sirida albuminuriya bo’lishi mumkin. Ayrim kasal qishilarda markaziy nerv sistemasiga ta’sir etib gandiraklash, tanani tik ushlab turolmaslik, bosh og’rigi, eshituv nervi shikastlanib karquloq bo’lish hodisalari yuz beradi. Ayrim hollarda nerv tarmoqlarida chala falajlanish hodisasi ham bo’lishi mumkin. Bunday hodisalarga barham berish uchun streptomitsinni katta dozada va uzoq ishlatib ko’p kasalliklarni davolash mumkin bo’ladi.
Gramitsidin. Qancha roqda yashaydigan sporali tayoqcha Vas. brevis dan olingan. 1942 yili sovet olimlari G. Gauze bilan M. Brashnikovlar Moskva atrofida Vas. brevis ni topgan va uning kulturasidan gramitsidin olishga muyassar bo’lganlar. Gauze bilan Brashnikovlarning top­gan gramitsidiniga Sovet gramitsidina (gramitsidin S) deb nom berilgan.
Gramitsidin S — kristall shaklida bo’lib, faqat spirtda eriydi. Shuning uchun gramitsidin S ampulada sterillangan 4% spirtli eritma shaklida tayyorlanadi. Davolash va oldini olish uchun gramitsidinning spirtli eritmasi 100 hissa sterilli suvga aralashtirib ishlatiladi, bunday holda u o’z kuchini uch kungacha saqlaydi.
Gramitsidin S gramm-manfiy mikroblarga kuchliroq ta’sir etadi, gramm-musbat mikroblarning (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk) ham ayrim turlariga ta’sir etadi, ayniqsa gazli gangrena kasalligini qo’zg’atuvchi anaerob batsillalarga, difteriya kasalligini qo’zg’atuvchi bakteriyalarga ta’sir etadi.
Gramitsidin S eaharli antibiotikdir, shuning uchun uni qon tomiriga yuborib bo’lmaydi, chunki u qizil qon tanachalarini eritadi. Grammitsidin S ni faqat yiringli yaraga surkash va u bilan og’izni chayish mumkin. U bilan sigirlarning yuqumli mastit kasalini davolash mumkin.
Keyingi paytlarda Gauze bilan Brashnikovlar gra­mitsidin S ning qizil qon tanachalarni eritmaydigan turini topishgan. So’nggi vaqtlarda undan yaxshiroq ta’­sir etadigan antibiotiklar topilishi natijasida grammitsidin S borgan sari kam qo’llanilmoqda.
Tetratsiklinlar: bu gruppaga ximiyaviy tarkibi bir-biriga o’xshash antibiotiklar: xlortetratsiklin, oqsitetratsiklin, tetratsiklin va boshqalar kiradi.
Xlortetratsiklin: (auromitsin, biomitsin, duomitsin, antibiotik A — 377) xlorid kislotali kristall shaklidagi antibiotik.
Auromitsinni birinchi bo’lib Dager qancharoqda yashovchi Ast. aureofaciens aktinomitsetdan topgan.
SSSRda auromitsin tipidagi yangi antibiotik kashf etilgan, u «biomitsin» deb nomlangan. Biomitsinning kristallari suvda eriydi va u ko’pchilik gramm-musbat va gramm-manfiy mikroblarga, sodda hayvonlarga, ba’zi yirik viruslarga (ornitozga) va rikketsiyalarga kuchli ta’sir etadi. Biomitsin leptospiroz, stafilokokk, pnevmokokk, meningokokk, paratif, cho’chqa saramasi qo’zg’agan kasalliklarini davolashda yaxshi natija beradi. Biomitsin zaharli antibiotik hisoblangani uchun katta dozasi ham jigarda mikroskopik o’zgarish hosil qilishi mumkin. Shuning uchun biomitsinni katta dozada ishlatmaslik lozim. Bu antibiotik har 4 soatda suv bilan qo’shib ichirilsa organizmda 16 soatgacha saqlanib, keyin siydik bilan chiqib ketadi.
Oqsitetratsiklin (tetratsiklin, oqsimikoin, niomitsin) — bular Astinom. rimosus aktinomitsetidan olinadi va ko’pchilik gramm-musbat va gramm-manfiy bakteriyalarga hamda viruslarga ta’sir etadi.
Tetratsiklin (ambramitsin, axromitsin, panimitsin, politsiklin, tetratsin, tsiklomitsin) xlortetratsiklinni hosil qiluvchi Astinom. aureofaciens dan ajratiladi va shu gruppaga kiradigan boshqa antibiotiklarga o’xshash tetratsiklin ham gramm-musbat va gramm-manfiy bakteriyalarga hamda kislotaga chidamli bakteriyalarga ta’sir etadi.
Ushbu gruppaga kiruvchi barcha antibiotiklar buzoq va cho’chqa bolalarining paratif kasalligini, cho’chqa saramasini va boshqa kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.
Kolimitsin — neomitsin gruppasiga kiradigan an­tibiotik bo’lib, Astinom. fradia dan olingan. U ichak tayoqchasiga, ichburug’ bakteriyasiga, paratif tayoqchasiga, stafilokokklarga kuchli ta’sir etadi.
Kolimitsin pnevmokokk, streptokokk va V. rgoteus vulgaris ga kamroq ta’sir qiladi. Bu antibiotik bir oz zaharli bo’lib, katta dozasi eshituv nervini shikastlab quloqni kar qiladi. Ba’zan buyrakka ta’sir etadi. Buning uchun dermatologiyada teriga surkash, xirurgiyada yaralarni yoki yalliglangan bo’shliqlarni chayish uchun ishlatiladi.
Levomitsetin va sintomitsin antibiotiklar sintezlash yo’li bilan tayyorlanadi. Bu preparatni SSSR Meditsina akademiyasining biologiya va meditsina ximiyasi instito’ti xodimlari sintez yo’li bilan tayyorlaganlar; u Streptomyces venezuella kulturasining tabiiy sharoitda hosil qiladigan xloromitsetinning ayni o’zidir.
Levomitsetin ko’pincha suvga qo’shib ichiriladi, qon tomiriga ham yuborilishi mumkin. Levomitsetin bakteriostatik ta’sir etadi. Bu antibiotikning enterokokklar, rikketsiy, spiroxetalar, bir qator viruslar va ba’zi gramm-manfiy (ichak tayoqchasi, paratiflarni qo’zg’ovchi va boshqalar) mikroblarga ta’siri bor.
Sintomitsin. Bu preparat dekstavitsin bilan levomitsetinning birikmasidan iborat bo’lib, uni Xanenya o’z yordamchilari balan kashf etgan. U levomitsitinga nisbatan ikki baravar kuchsiz ta’sir etadi. Sintomitsin ichirila­di, lekin u achchiq va zaharli bo’lganligi uchun uni molga ichirish ancha qiyinchilik tug’diradi.
Sintomitsin ichburug’ni qo’zg’ovchi bakteriyalarga kuchli ta’sir etadi. Qorin tifi, paratiflarda, yosh mollarda toqsik dispepsiya kasalliklariga qarshi qo’llanishi mumkin. Uning enterokokklarga ham ta’siri kuchlidir.

Yüklə 38,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin