Irsiyat nasldan-naslga o’tishini bilish uchun xujayra haqida ma’lumotga ega
bo’lish kerak. Barcha tirik organizm xujayralardan tashkil topgan. 1665 yilda R.Guk
tomonidan sodda mikroskop ixtiro qilinishi xujayra taminotining tug’ilishiga olib
keldi. U po’kakdan yupqa kesma tayyorlab, mikroskob ostida kuzatganida mayda
katakchalarni quradi va ularga hujayra deb nom beriladi. Elektron mikroskob kashf
etilishi bilan xujayraning tarkibi va undagi moddalar almashinuvi o’rganila
boshlanadi. Har bir hujayra sitoplazmatik membrana, sitoplazma, yadro va xujayra
organiodlaridan iborat. Xujayra organiodlariga maxsus tuzilishga ega bo’lgan va
ma’lum funksiyani bajaradigan tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik tur,
ribosomalar, Golji apparati, mikrokondriyalar, lizosomalar va sentrosomalar va
h.k.z.
Hujayra yadrosining bo’linishida kuzatiladigan va yaxshi qo’llaniladigan
tanachalarni 1888 yilda nemis olimi V.Vladeyner aniqlab, ularni xromosomalar deb
atagan. Xromosoma grekcha so’z bo’lib, “xromos” bo’yoq, rang “soma” tanacha
degan ma’noni bildiradi. Xromosomalar organizmning o’ziga hos bo’lgan barcha
biologik belgilarni irsiy yo’l bilan nasldan- naslga o’tkazadi, u oqsilar va nuqmin
kislotalarning yirik molekularidan tashkil topgan.
Xromosomalar ipsimon va
tayoqsimon shaklda bo’lib, uning soni turli o’simlik, hayvon hujayralarida turlicha
bo’ladi. Dastlab 1956 yilda ko’rsatib berilgandek odam hujayralarida 46 tadan
xromosoma bo’ladi. Jinsiy xujayralar boshqa hujayralardan farq qilib, 23 tadan
xromosoma tutadi. Erkak va ayol hujayralari bir-biri bilan qo’shilganda
xromosomalarning soni 46 taga yetadi. Xujayraning bo’linishi xromosomalarning
ipsimon 2 ta tuzilmagan ajratilinishidan boshlanadi. Xromosomalarning
dezoksiribonukleni (DNK) va riboklein (RNK) kislotalaridan
tashkil topganligi
aniqlanadi. Hozirgi vaqtda DNK orqali hujayradan - hujayraga, organizmdan -
organizmga irsiy axborot o’tkazilishi isbotlangan. DNK malekulasi qo’shaloq spiral
sturukturasiga ega. Buni 1953-yilda Uotson va kirk ko’rsatib berishdi. Ular
kashfiyotlari uchun Nobl mukofoti yetadi. Oqsil simtezida 20 amino kislata ishtirok
etib, ularning sintezlanishi 1,5 min. davom etadi.