-ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
-mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil qilish, bir
ish turini ikkinchisi bilan
almashtirib olib borish.
-muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish tufayli aqliy
mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda avtomatik malaka
hosil qilish.
Yuqoridagi omillarning ko’pchiligi o’quvchilarning ham ish qobiliyatini
aniqlaydi, ammo ularning eng muhimi o’quv kun tartibiga, va o’z
vaqtida dam
olishga rioya qilishdir.
Aqliy faoliyat uzoq, vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin
pasayib, ish
sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga nisbatan e’tibor
kamayadi, fanlarni o’zlashtirish pasayadi, talaba bo’shashadi, mudraydi. Bu holat
miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi asab hujayralari qo’zg’alish holatidan
tormozlanish holatiga o’tganligini, ya’ni ular charchaganligini ko’rsatadi.
Charchash bu tashqi muhit bilan miya po’stlog’idagi asab hujayralari o’rtasidagi
aloqaning vaqtincha uzilishidir. Charchash deganda, miya hujayralarining shu bilan
birga butun organizmning ishchanlik qobiliyatini pasayishi tushuniladi. Bu
fiziologik jarayon bo’lib, tormozlanishning oxirgi pog’onasi hisoblanadi.
Tormozlanish dastlab bosh miya po’stloq qismiga, so’ngra asab tizimining qo’yi
qismlariga tarqalib, organizmni bo’shashtiradi.
Darsda charchashning birinchi bosqichi faol tormozlanishning bo’shashi bilan
bog’liq, bu harakatlar o’zgacha ko’rinishda namoyon bo’ladi.
O’quvchilarning o’zlari faol o’quv holatidan to’xtagan bo’ladilar, sinfda ozgina
shovqin-suron ko’tariladi. Charchashning bundan keyingi ikkinchi bosqichi
qo’zg’alish jarayonining bo’shashi, bilan birga davom etadi.
Tormozlanish
jarayonlari qo’zg’alish jarayonidan ustun turadi.
I.P. Pavlov charchashda tormozlanish jarayonining ahamiyatiga to’xtalib o’tar
ekan: «Charchash tormozlanish jarayonining avtomatik ichki qo’zg’tuvchilaridan
biridir» - deb yozgan edi.