toshma, yara yoki chandiqlari borligi ko‘zga tashlanadi. Bular ko‘z
kasalligining
patogenezini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Bemor bosh suyagining shakli boshqacha, juda katta yoki kichkina, ko‘z
kosalarining simmetriyasi o‘zgargan biri katta, ikkinchisi kichik, ko‘z soqqasi
noto‘g‘ri
joylashib, chaqchaygan kokz, yoki buqa ko‘zbo'lsa, bu turli umumiy
surunkali kasalliklar - toksoplazmoz, sil, zahm, bod, jigar, buyrak, alkogolizm va
boshqa kasalliklardan darak berishi mumkin. Chaqchaygan ko‘z qalqonsimon
bezning patologiyasidan, buqa ko‘z esa, ko*z kosasida o‘sma, o‘tkir yallig*lanish
borligidan yoki qon quyilganidan bolishi mumkin.
Agar bemorning ko‘zlari kam harakat, boqishi tikka yoki sal tepaga-yuqoriga
yo'nalgan bo'lsa, bu ko‘rish o‘tkirligining juda pasayganligidan, yoki u ko‘zini
yaxshi ocholmay, yorug* nurga qaray olmasa, bu ko‘zining o‘tkir yalligianganidan
darak beradi. Bemorning pastki jag‘i ostida yoki bo‘ynidagi chandiq ko'pincha
tuberkulyozga uchragan va u ko‘z pardalari yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.Bemor
shifokorning yoniga kelib o‘tirgach, avvalo uning ijtimoiy ahvolini aniqlash, so’ngra
shikoyatlarini diqqat bilan tinglamoq zarur. Uning
nutqi va muomalasiga ham
ahamiyat berish kerak. Agar u ko‘zim birdan og*rib qoldi, achishdi, qizardi,
yoshlandi desa ko‘z pardalarining yallig‘langani, ko'zimga kecha qum tushdi yoki
sim tegib ketdi desa, bu ko'zning shikastlanib yallig‘langanidan darak beradi. Bemor
2-3 oydan beri ko‘zim xira yoki ko‘p narsalarga ko‘zim o‘tmayapti yoki ko‘zim
butunlay ko‘rmay qoldi, lekin hech qizargani ham og‘rigani ham yo‘q desa, bu ochiq
burchakli glaukoma, ko‘rish nervi atrofiyasi, to‘r parda distrofiyasidan, yoki 3-4
haftadan beri ko ‘zimga mayda-mayda nuqtalar yaltirab k o ‘rinadi desa, bu
donachalar xorioidit, xorioretinitdan, yoki ko‘zimda bir nuqta paydo bo‘lgan,
qancha artsam ham ketmaydi yoki shu k o ‘zim bilan qaraganda elektr lampasi ikkita
ko‘rinadi desa, bu qarilik kataraktasi boshlanayotganidan darak beradi.
Nafasning rivojlanish ko’rsatkichlari
Reja
1. Nafas olish organlarining umimiy tavsifi
2.
Nafas olish va chiqarish
3. Gazlar almashinuvi
Organizmda tinimsiz ravishda oksidlanish jarayoni bajariladi. Atrof-muhitdan
tushayotgan kislorod hujayralarga yetkazib beriladi va u yerda sitoplazma tarkibiga
kiruvchi yuqori molekulyar organik moddalardan ajraladigan uglerod va vodorod
bilan birikadi. Organizmdan chiqarilishi kerak bo’lgan o’zgarishlarning oxirgi
mahsulotlari – karbonat angidrid gazi, suv va boshqa birikmalar organizmga tushgan
kislorodning katta miqdorini o’zlarida saqlaydi. Kislorodning kam qismi esa hujayra
sitoplazmasi tarkibiga kiradi.
Kislorod organizmni faoliyati uchun zarur bo’lgan energiyani ajratuvchi
bioximiyaviy jarayonlarning asosi hisoblanuvchi oksidlanish jarayonini ta’min
etadi. Shu sababli uning to’qimalarini kislorod bilan yetarlicha ta’minlamasdan
organizm hayotini tasavvur qilish mumkin emas. Hayvon qanchalik murakkab
darajada tuzilishga ega bo’lsa, u kislorod taqchilligini shunchalik qiyin yengadi.
Yuqori
darajada rivojlangan hayvonlar, ayniqsa odamlar oksidlanish jarayonlari
to’xtashi bilan bir necha daqiqa ichida o’ladi.
Nafas olish tiplarining evolyutsiyasi. Bir hujayrali organizmlarda – diffuzli
nafas olish mavjud – ya’ni gazlarning to’g’ridan-to’g’ri hujayra po’stlog’i orqali
o’tishidir.
Quyi tabaqali ko’p hujayralilarda, masalan chuvalchanglarda, quyi
hasharotlarda gazlarning almashinuvi tana yuzasidagi
hujayralar orqali bajariladi
(teri orqali nafas olish). Teri orqali nafas olish maxsus nafas organlari mavjud
bo’lgan quyi tabaqali umurtqalilarda (baliqlar, amfibiya, sudralib yuruvchilarda)
katta rol o’ynaydi. Bu organlar yashash sharoitiga qarab rivojlangan bo’ladi. Suvli
nafas organlari bo’lib turli tuzilishga ega jabralar hisoblanadi (jabralar bilan nafas
olish), havoli nafas olish organlari bo’lib – kekirdak va o’pka (kekirdakli, o’pkali
nafas olish) hisoblanadi. Barcha baliqlarda jabrali nafas olish mavjud, lekin ayrim
baliqlar teri hamda ichaklar orqali ham nafas oladilar.