Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə48/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

Dunyo bo‘yicha 
14 
29 
48 
50 
1.
Manbalar: Kopilov V.A. Geografiya naseleniya. Uchebnoe posobie. -M.: Marketing, 1999.-
s.119. World Urbanization Prospects: The 2002 Revi-sion.-www. Un.org/. http://Population
Reference Bureau. 2009 World Population Data Sheet
o‘rni. Makrodarajadagi o‘rin shaharlar rivojlanishida, yuqori bosqichlarga
chiqishida alohida ahamiyatga ega. Biroq, bu o‘rin shaharlar taraqqiyotida ijobiy
xususiyat kasb etmasa, ular hayot faoliyati o‘zgarishsiz qolaveradi. Ko‘plab
kadimiy shaharlarning geografik o‘rni ular umrini belgilashga xizmat qilgan, desak
xato bo‘lmaydi. Chunki, aynan shu geografik o‘rindagi noqulayliklar yer yuzidan
ko‘plab shahar va shaharchalarning yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lgan.


129
N.N.Baranskiy shaharlarning iqtisodiy geografik o‘rni ular uchun muhim iqtisodiy


ahamiyatga ega. Uni tabiiy geografik o‘rindan, ya’ni tabiiy ob’ektlarga nisbatan
tutgan o‘rnidan farqlay bilish kerak. Chunki, dengiz qirg‘og‘i, tog‘ tizmalari shahar
iqtisodiyotiga ta’sir etishi yoki etmasligi mumkin, deydi. Shaharlarning iqtisodiy
geografik o‘rni (IGO‘) birqancha komponentlardan tashkil topadi. Bular esa o‘z
navbatida yana bir necha elementlarga bo‘linib ketadi. Jumladan:
1.Shaharlarning tabiiy geografik o‘rni:
ü Tabiat zonalariga nisbatan o‘rni;
ü Tabiiy resurslarga nisbatan;
2.sanoat –geografik o‘rni:
ü xom ashyo manbalariga nisbatan, ya’ni elektro energiya, yoqilg‘i va
hakozo;
ü qayta ishlash sanoti markazlariga nisbatan;
3. shaharlarning agro-geografik o‘rni:qishloq xo‘jaligi xom ashyosi ishlab
chiqaradigan rayonlarga nisbatan;
ü oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi rayonlarga nisbatan;
4. transport-geografik o‘rni:
ü ichki muhim transport magistrallariga nisbatan;
ü xalqaro ahamiyatga ega transport tizimiga nisbatan;
5. bozor-geografik o‘rni:
ü maxsulot tayyorlashga ixtisoslashgan tarmoq rayonlariga nisbatan;
ü ist’emol mollari bilan ta’minlaydigan rayonlarga nisbatan;
6. geodemografik o‘rni:
ü aholi o‘sishi bilan bog‘liq rayonlarga nisbatan o‘rni;
ü fan, ta’lim va madaniyat markazlariga nisbatan
7. siyosiy-geografik o‘rni6
ü mamlakat poytaxtiga nisbatan;
ü davlat chegaralariga nisbatan;
8. harbiy-geografik o‘rni:
ü mudofaa ahamiyatiga ega ob’ektlarga nisbatan;
ü siyosiy (harbiy) konfilikt o‘choqlariga nisbatan.
Shaharlarning mazkur geografik o‘rinlari qulayligi ularning turli soha va
tarmoqlar bo‘yicha rivojlanishiga imkon beradi. Har bir shahar uchun eng muhim
geografik o‘rni bu transport tarmoqlariga nisbatan joylanishi bo‘lsa ham turli
hududlarda IGO‘ ahamiyati bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi.
Shaharlar hoh u yirik, hoh mayda bo‘lishidan qat’iy nazar har birining
bajaradigan o‘z funktsiyasi bor. Shaharlarning funktsiyasi-aholining shahar hosil
qiluvchi tarmoq va sohalardagi ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadi. Shaharlarni
shahar hosil qiluvchi funksiyasiga ko‘ra ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin:
II.
Ishlab chiqarish (industrial)
1) sanoat
2) transport
3) savdo-sotiq
III.
Noishlab chiqarish
1) harbiy


130
2) madaniy


3) kurort
Shuningdek, ba’zi olimlar shaharlarni quyidagi funksional tiplarga ajratishni
ma’qul ko‘radi.
Siyosiy-ma’muriy markazlar, poytaxt shaharlar.
Ko‘p funksiyali shaharlar-viloyat markazlari.
Ko‘p tarmoqli yirik sanoat markazlari.
Asosan bir yoki ikki sanoat tarmog‘iga ixtisoslashgan shaharlar.
Transport markazlari.
Agroindustrial shaharlar.
Tuman markazlari.
Rekreasiya shaharlari.
Ilmu-fan markazlari, universitet shaharlari va x.k.
Shaharlar mazkur yuqorida keltirilgan funksiyalari bo‘yicha bir-biridan ma’lum
darajada farq qilishadi. Masalan, dunyoda AQShdagi Detroyt, Rossiyadagi Tolyatti
shaharlari avtomobilsozlik, Fransiyadagi Dyunkerk, Ukrainadagi Odessa,
Rossiyaning Vladivostok, Murmansk transport, ya’ni port shaharlar; Angliyadagi
Kembridj, Germaniyaning Xaydelburg, Dubna o‘quv, ilmiy markazlar;
Hindistonning Varanasi, Saudiya Arabistonining Makkasi diniy markazlar
vazifasini bajarishi bilan ajralib turadi. Ko‘pgina shaharlar bitta emas, birqancha
funktsiyani bajaradi, bunday shaharlar “polifunktsional” shaharlar hisoblanadi.
2-jadval

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin